O'zMU » Yangiliklar » FAN OLIMPIADA G`OLIBLARI TAQDIRLANDI!

 

       Respublika fan olimpiadasida universitetimizning 2,3,4 - bosqich talabalaridan 29 nafari ishtirok etdi. Shulardan 15 nafari faxrli o`rinlarni egallashdi.

Shuningdek, Respublika fan olimpiadasi g`oliblarini taqdirlash bo`yicha Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2015 yil 16 iyundagi 212-sonli buyrug`i va universit rektorining 2015 yil 20 iyundagi 01-308 sonli buyrug`iga asosan           6 nafar 1-o`rinni egallagan talabaga yuqori stipendiyaning besh karra, 2 nafar         2-o`rinni egallagan talabaga yuqori stipendiyaning to`rt karra, 7 nafar 3-o`rinni egallagan talabalarga yuqori stipendiyaning uch karra miqdorida pul mukofoti bilan hamda olimpiada g`oliblarining ilmiy rahbarlari bir oylik lavozim maoshi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

2015 yil Ruspublika fan olimpidasida g`olib bo`lgan quyidagi talabalar   2015 yil 30 sentabr kuni universitet Kengashida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining maxsus diplomlari bilan taqdirlandilar:

1. Narzulloyev Baxtiyor Murodovich - Fizika fakulteti 3-bosqich talabasi. Fizika (mutaxassislik) fani bo`yicha 1-o`rin sohibi. Ilmiy rahbari:                   fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Polvonov Satimboy Rajabovich.

 

2. Abduhamidova Lobar Athamboy qizi – O`zbek filologiyasi fakulteti          3-bosqich talabasi. O`zbek tili va adabiyoti (mutaxassislik) fani bo`yicha 1-o`rin sohibasi. Ilmiy rahbari: filologiya fanlari doktori, professor Xolmanova Zulxumor Turdiyevna.

3. Egamberganov Xakimboy Qudrat o`g`li - Mexanika-matematika fakulteti 1-bosqich talabasi. Matematika (mutaxassislik) fani bo`yicha 1-o`rin sohibi.      Ilmiy rahbari: o`qituvchi Raximov Karim Xoshimovich

4. Hamroqulova Mohinur O`ktam qizi - Geologiya va geografiya fakulteti  4-bosqich talabasi. Geografiya (mutaxassislik) fani bo`yicha 1-o`rin sohibasi. Ilmiy rahbari: geografiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. Sharipov Shavkat Muxamadjonovich.

5. To`xtayev Bexzod G`aybulluyevich - Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi. O`zbekiston iqtisodiyoti (umumkasbiy) fani bo`yicha 1-o`rin sohibi.  Ilmiy rahbari: iqtisod fanlari doktori, professor Vaxobov Abduraxim Vasiqovich.

6. Kirgizbayeva Xulkar Mukimjanovna - Ijtimoiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi. Psixologiya (mutaxassislik) fani bo`yicha 1-o`rin sohibasi.                   Ilmiy rahbari: psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ruxiyeva Xolida Arifjanovna

7. Xamdamov Aslbek Sultonali o`g`li - Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi. Moliya va kredit (mutaxassislik) fani bo`yicha 2-o`rin sohibi.                 Ilmiy rahbari: katta o`qituvchi Raxmatova Nargiza A`zamxonovna.

8. Nuriddinova Sayyora Iskandar qizi - Geologiya va geografiya fakulteti      3-bosqich talabasi. Gidrologiya-gidrometriya (umumkasbiy) fani bo`yicha 2-o`rin sohibi. Ilmiy rahbari: geografiya fanlari doktori, professor Hikmatov Fazliddin Xikmatovich.

9. Xasanova Nozima Abduvaxob qizi - Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi. Ingliz tili va adabiyoti (mutaxassislik) fani bo`yicha 3-o`rin sohibi.        Ilmiy rahbari: o`qituvchi Abdurashitova Elvira Tafkilevna.

10. Zokirov Sardor Orif o`g`li - Kimyo fakulteti 1-bosqich talabasi. Kimyo (mutaxassislik) fani bo`yicha 3-o`rin sohibi. Ilmiy rahbari: o`qituvchi Mirzaqulov Umid Jo`raboyevich

11. Akramxonov Zoxirjon Rustamjon o`g`li - Xorijiy filologiya fakulteti       2-bosqich talabasi. Nemis tili va adabiyoti (mutaxassislik) fani bo`yicha 3-o`rin sohibi. Ilmiy rahbari: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Imyaminova Shuxratoy Solijonovna

12. Xan Lyudmila Igorevna - Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi. Rus tili adabiyoti (mutaxassislik) fani bo`yicha 3-o`rin sohibi. Ilmiy rahbari: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Soy Alla Pavlovna.

13. Keldiyerov Shuxrat Rizoqul o`g`li - Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi. Fransuz tili (umumkasbiy) fani bo`yicha 3-o`rin sohibi. Ilmiy rahbari: katta o`qituvchi Li Yuliya Valerevna.

14. Djo`rayev Dilshod Olimovich - Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi. Fransuz tili (umumkasbiy) fani bo`yicha 3-o`rin sohibi. Ilmiy rahbari: iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Olimjanova Shoira Olimjanovna.

15. Sidorov Aleksandr Yurevich - Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (umumkasbiy) fani bo`yicha 3-o`rin sohibi. Ilmiy rahbari: iqtisod fanlari nomzodi, dotsent v.b. Razikova Gulnora Xikmatovna.

Respublika fan olimpiadasi g`oliblarini muborakbod etamiz. Universitetimiz talabalari doimo yuqori cho`qqiralarga yetishib yurishingizni tilaymiz.

 

 

                                                                     

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yusubov Jaloliddin Qadamovich

O`zMU iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`yicha mas`ul