O'zMU » Yangiliklar » TAQDIMOTLAR TANLOVI

Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning 2015 yilda chop etilgan “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asari mazmun-mohiyati, undagi ezgu va bunyodkorlik g‘oyalarini aholining turli qatlamlariga, xususan talaba-yoshlar ongiga singdirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Ushbu kitobda davlatimiz rahbarining mamlakatimizni siyosiy va iqtisodiy rivojlantirish, jumladan, ijtimoiy sohalar – ta’lim-tarbiya, ilmu fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, mamlakatimiz rivojida ayollar, keksalar va yoshlarning o‘rni, ularga yanada qulay shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalar, ustuvor  loyihalar, qadimiy va yangi tariximiz haqida, sobiq sovetlar tuzumi mohiyatini fosh etish, bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida bu tuzumni tiklashga bo‘layotgan harakatlar haqidagi fikr-mulohazalari hamda  O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasi to‘g‘risidagi qarashlari har tomonlama puxta asoslangan holda bayon qilingan.

Ushbu kitobning bosh g‘oyasi “Biz o‘tgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik?” degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o‘zimizga chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda “Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday yangi marrralarni egallashimiz kerak?” degan savol ustida o‘ylashimiz, nafaqat o‘ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim” – deydi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov mazkur asarlarida.

Shu ma’noda, Prezidentimiz Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” asari bo‘yicha universitetimizda “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi va Ijtimoiy fanlar fakulteti bilan hamkorlikda taqdimotlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov 2015 yil 30 sentabr kuni universitet Kengashining 2-majlisida tasdiqlangan Nizom va universitetning 2015 yil 22 oktabr kuni 01-150 sonli buyrug‘iga asosan barcha guruhlarda, fakultetlarda o‘tkazildi.

 

 

Ushbu ko‘rik tanlovning asosiy maqsadi mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni talaba-yoshlarga etkazish, kamolotning asosiy mezoni hisoblangan yuksak ma’naviy fazilatlarni mustahkamlash, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talabalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka etkazishdir.

Ko‘rik-tanlovning 1-bosqichi joriy yilning 25-30 oktabr kunlari guruhlarda o‘tkazilib, 1000 ga yaqin talabalar ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlovning 2-bosqichi joriy yilning 5-10 noyabr kunlari fakultetlarda o‘tkazildi. 100 dan ortiq talabalar ishtirok etib, fakultet bosqichida g‘olib bo‘lgan va faol qatnashgan talabalar fakultet Kengashilarida 1,2,3-darajali diplom hamda “Eng yaxshi notiq”, “Eng yaxshi sharxlovchi”, “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng zukko talaba” nominatsiyalari bilan taqdirlandilar.  

Joriy yilning 27 noyabr universitetimizda asarni o‘rganish bo‘yicha taqdimotlar ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovning  3-yakuniy bosqichiga (universitet bosqichiga) fakultetlardan g‘olib bo‘lgan iqtidorli, faol va bilimli talabalarimizdan quyidagi 12 nafari ishtirok etishdi:

 

 

  1. 1.      Ubaydullaev Asilbek Xasan o‘g‘li – Kimyo fakulteti 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Yarmatov Sardorbek Sobirjonovich – universitet ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i v.b.

  1. 2.      Ro‘ziev Shuhrat Abdug‘ani o‘g‘li – Ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Abdurahmonov Muxammadjon - Ijtimoiy fanlar fakulteti “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori

  1. 3.      Azimova Dilnoza Shuxratbekovna – Xorijiy filologiya fakulteti fransuz tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Yusubov Jaloliddin Qadamovich - universitet iqtidorli talabalar bilan ishlash sektori rahbari, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi

  1. 4.      Umarov Dilyorjon Salohiddinovich – Geologiya va geografiya fakulteti geologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Abduvaxobov AbduraximGeologiya va geografiya fakulteti “Umumiy geologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi

  1. 5.      Ramazonov Azizbek Murodullo o‘g‘li – Jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Jurnalistika fakulteti “Matbuot” kafedrasi o‘qituvchisi Usmonov Dilmurod Jamoldinovich

  1. 6.        Jonuzoqova Chaman Murodilla qizi – Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Sagdullaeva Nilufar Azimbaevna – Xorijiy filologiya fakulteti “Ingliz filologiyasi” kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari nomzodi

  1. 7.      Saidrasulova Muqaddamxon Saidvalixon qizi – Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich – Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori

  1. 8.      Abduhamidova Lobar Athamboy qizi – O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Xolmanova Zulxumor Turdievna – O‘zbek filologiyasi fakulteti “Til nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori

  1. 9.      Xudoynazarov Sarvar Avlanazarovich – Tarix fakulteti tarix yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Yunusova Xurshida Erkinovna – Tarix fakulteti “Tarix” kafedrasi mudiri, professor v.b., tarix fanlari doktori 

10.  Ismoilova Nurxon Adhamjon qizi – Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Agzamova Dildora Baxadirjanovna - Xorijiy filologiya fakulteti “Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari nomzodi

11.  Raxmatullaeva Gulira’no Valijon qizi – Fizika fakulteti fizika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Nishanbaeva Enaxon Zaripbaevna  - Ijtimoiy fanlar fakulteti “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi

12.  Axmadaliev Boburbek Jahongir o‘g‘li – Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti biologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari: Raxmanov Azizbek Abdullajonovich – Ijtimoiy fanlar fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, “Etika va estetika” kafedrasi o‘qituvchisi.

 

 

Taqdimotlar ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi (universitet bosqichi)da talabalar  “O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak”, “Keksalarni e’zozdash – eng oliy qadriyat”, “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart”, “Kim edigu kim bo‘ldik? Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Ko‘rik-tanlovda Jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi Ramazanov Azizbek birinchi, Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi Ro‘ziev Shuhrat ikkinchi, Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Jonuzoqova Chaman uchinchi o‘rinni egallashdi. Shuningdek, g‘olib talabalarga 1,2,3-darajali diplom va estalik sovg‘alar hamda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

Yusubov Jaloliddin Qadamovich

O‘zMU iqtidorli talabalar bilan ishlash sektori rahbari