O'zMU » Yangiliklar » OZBEKISTON BELGISI KOKRAK NISHONI SOVRINDORLARINI TABRIKLAYMIZ!

“O‘ZBEKISTON BELGISI” KO‘KRAK NISHONI SOVRINDORLARINI

TABRIKLAYMIZ!

 

 

 

 

 

 

 

NASRIDINOV DONIYOR RUSTAM O‘G‘LI

Kimyo fakulteti 2-bosqich magistranti

2015 yil – “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori

 

2010 – yil Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida o‘tkazilgan                44-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘lgan.

2011, 2012, 2013 – yillarda Respublika fan olimpiadasida kimyo fanidan 1-o‘rinni egallagan.

2011-2012 va 2012-2013 o‘quv yilida “O‘zMU stipendiyasi” sovrindori.

2013 - yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi.

2013 - yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan 47–xalqaro Mendeleyev olimpiadasining “Eng yosh iqtidorli hakam” nominatsiyasi diplomi bilan taqdirlangan.

4 ta ilmiy maqola va 10 dan ziyod tezisi respublika va xalqaro miqiyosda chop etilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


SALOXOJAEVA FARANGIZ AMONXO‘JAEVNA

Xorijiy filologiya fakulteti 1-bosqich magistranti

2015 yil – “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori

 

2009 - yil Birlashgan millatlar tashkilotining xalqaro yoshlar tarmog‘i tomonidan reparadutiv sog‘lomlik va teatr ko‘nikmalari bo‘yicha trenerlik sertifikati berilgan.

2010 - yil “Dilema” Respublika yoshlar munozara forumining                   3-darajali diplomi sohibasi bo‘lgan.

2012 - yil iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi g‘olibi bo‘lgan.

2013 - yil Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibi.

2014 - yil Chexiya davlatining Praga shahrida o‘tkazilgan “Zamonaviy ta’lim muammolari” xalqaro ilmiy konferensiyada diplom bilan taqdirlangan.

31 ta ilmiy maqola va metodik ishlanmasi, 37 ta publitsistik maqolasi chop etilgan.

 

 

 

EGAMBERGANOV XAKIMBOY QUDRAT O‘G‘LI

Mexanika-matematika fakulteti 2-bosqich talabasi

2015 yil – “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori

 

2014 yil 10-xalqaro Jautikov olimpiadasi oltin medal sohibi.

2014 yil kollej va litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasi g‘olibi.

2015 yil matematika fani bo‘yicha talabalarning Respublika fan olimpiadasi g‘olibi.

2015 yil talabar uchun Bolgariyada o‘tkazilgan 22-Xalqaro olimpiadaning oltin medal sohibi.

2015-2016 o‘quv yili “O‘zMU stipendiyasi” sohibi.

 

 

O‘zMU iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi