O'zMU » Yangiliklar » “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – islohotlarning huququiy asosi”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan universitet “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda iqtidorli talablar bilan ishlash bo`lim tomonidan 2015 yil 11 dekabr kuni madaniyat saroyi kichik zalida “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – islohotlarning huququiy asosi” mavzusida yosh olimlar, magistrlar va iqtidorli talabalar konferensiyasi b`olib o`tdi. Konferensiya materiallari to`plam shakliga keltirildi va 60 ortiq maqolalar jamlandi. 

 

 

Konferensiyada universitetimizda tahsil olayotgan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni sovrindorlari, xalqaro va respublika fan olimpiada g`oliblari, Prezident va nomdor stipendiya sovrindorlari, “O`zMU stipendiyasi” sohiblari, turli ko`rik-tanlovlar g`oliblari va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Konferensiyani universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektor Djumabayev Davlatbay Xalillayevich ochib berdi. Universitet ilmiy tadqiqot b`olimi boshlig`i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Toshpo`latov Akrom Ikromovich “Konstitutsiya va sud-huquq sohasidagi islohotlar” , Ijtimoiy fanlar fakulteti milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 3-bosqich talabasi, “O`zMU stipensiyasi” sohibi Quvondiqov Ozodbek O`ktamovich “Konstitutsiya – farovon kelajagimiz poydevori”, Xorijiy filologiya fakulteti fransuz tili yo`nalishi 2-bosqich talabasi, “O`zMU stipendiyasi” sovrindori Azimova Dilnoza Shuhratbekovna “Konstitutsiya – adolat va taraqqiyot mezoni” mavzularida maruza qilishdi. Talaba-yoshlar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili y`onalishi 2-bosqich talabasi, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Jonuzoqova Chaman Murodulla qizi o`z ijodidan “Qomusim”  she’rini konferesniya ishtirokchilariga taqdim etdi.

Konferensiya so`nggida faol ishtirok etgan bir guruh talaba-yoshlar diplom bilan taqdirlandilar.

Yusubov Jaloliddin Qadamovich

O`zMU iqtidorli talabalar bilan ishlash sektori rahbari