O'zMU » Yangiliklar » ONA YURTNI MARD O`G`LONLAR QO`RIQLAYDI

14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi kichil zalida Ma’naviyat va ma’rifat markazi va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi hamkorligida “Ona yurtni mard o`g`lonlar qo`riqlaydi” mavzusida ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

 

 

Tadbirda universitetning Harbiy kafedra ofitserlari, kursantlari universitetimizga harbiy imtiyoz bilan kirgan bir guruh talabalar hamda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, universitetninbg iqtidorli talaba-qizlari ishtirok etdi.

 

 

Tadbir universitetimiz rektori Sh.Sirojddinovning ofitserlarga, kursantlarga va universitetimizga harbiy imtiyoz bilan kirgan bir guruh talabalarga o`zining tabrigi bilan boshlandi. Ustoz o`z so`zida barcha yigitlarni, vatanga sodiq mard o`g`lonlarni bayram bilan qutladi. Shundan so`ng, universitet xotin-qizlar qo`mitasi raisi L.Muhammedjanova ham o`zining tilaklarini bildirdi.U o`z so`zida Prezidentimiz I.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidladilar: “Bugun O`zbekiston farzandlari, professional asosdagi milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan jasur, mard va intellektual salohiyatli o`g`lonlarning har biri sadoqatda, fidoiylikda tengsizdirlar”.

 

 

Tadbirda universitetning iqtidorli talaba-qizlar tomonidan tabriknomalar, gul va estalik sovg`alar jasur va mard o`g`lonlarga bayram sovg`asi sifatida berildi.

 “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari Chaman Jonuzoqova, Maxzuna Abdurasulova, Nafosat Jo`rabekova va Sitora Toshmatovalarning tabrik so`zlari, she`rlari tadbirga yanada ko`tarinki ruh bag`ishladi.

Tadbir so`ngida Harbiy kafedra boshlig`i Sh.Urinov tadbirni tashkil qilgan tashkilotchilarga, universitet rahbariyati va iqtidorli talaba-qizlariga o`zining minnatdorchiligini bildirdi.

 

 

DILNOZA NISHONOVA

Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi, “O`zMU stipendiyasi” sovrindori