O'zMU » Yangiliklar » YOSHLARNI BARKAMOL SHAXS QILIB TARBIYALASH - DAVR TALABI

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi katta zalida joriy yilning 23 yanvar kuni “Yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalash - davr talabi”  mavzuida talaba-yigitlar bilan seminar o`tkazildi. Mazkur yig`ilishda universitetning barcha fakultetlaridan 700 dan ortiq talaba-yigitlar qatnashdi.

Yig`ilishni universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektori D.Djumabayev kirish so`zi bilan ochib berdi.

 

 

Mazkur seminarda Toshkent Islom universiteti katta o`qituvchisi, tarix fanlari nomzodi X.Yo`ldoshxadjayev, Respublika Dermotologiya ilmiy tekshirish instituti ilmiy hodimi, venerolog shifokor X.Isroilov, Sirg`ali markaziy poliklinikasi bosh urologi, oliy toifali shifokor O.Fozilov, universitet  xotin-qizlar qo`mitasi raisi L.Muhammadjonova, universitet Murabbiylar Kengashi raisi A.Xidirovlar o`zlarining qiziarli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

 

Seminarning asosiy maqsadi - hozirgi davrda yoshlar o`rtasida uchraydigan  salbiy illlatlar va ularni oldini olish, dunyoda bo`layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumotlar berish va ularga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdan iborat bo`ldi.

 

 

Seminarda talaba-yigitlar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.