O'zMU » Yangiliklar » Nazm va navo kechasi

      Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududida «Navoiyxonlik» kechalari bo’lib o’tmoqda. 

      Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Nazm va navo» kechasida universitet professor-o’qituvchilari, talabalar, ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

      O’zbekiston Milliy universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov va boshqalar istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida Alisher Navoiy ijodini har tomonlama chuqur o’rganish va keng targ’ib etish, ulug’ shoir ilgari surgan ezgu g’oyalarni yoshlarga tushuntirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

      Xalqimizning ma’naviy xazinasiga aylangan Navoiy asarlarida tarannum etilgan ezgu g’oyalar Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlashga, yoshlar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirishga xizmat qilmoqda.

      Kechada shoirning asarlaridan parchalar, namunalar o’qildi. Navoiy g’azallariga bitilgan kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

 

Davron Sunnatov, O’zA