O'zMU » Yangiliklar » Hayotbaxsh g’oyalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarini talabalar katta qiziqish bilan o’rganmoqdalar

      Davlatimiz rahbari Islom Karimovning “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko’tarishdan iborat” hamda “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” ma’ruzalari mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida 2016 yil 8-10 fevral kunlari O’zbekiston Milliy universiteti Talabalar turar joylarida davra suhbatlari o’tkazildi.

 

 

      O’zMU “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur davra suhbatlarida Yurtboshimizning ma’ruzalaridagi hayotbaxsh g’oyalar, belgilagan reja va vazifalar, so’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari hamda ularning samarlari haqida teran fikrlar yuritildi.

 

 

      Ayniqsa, “Pedagogika va umumiy psixologiya”, “Sosiologiya va ijtimoiy ish”, “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik”, “Etika va estetika” kafedrasi, “Falsafa tarixi va mantiq”, “O’zbekiston tarixi”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Milliy g’oya va ijtimoiy falsafa” kafedralari professor-o’qituvchilarining ma’ruzalari hamda ko’rgazmali vositalari talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.

      Interfaol usulda tashkil etilgan davra suhbatlarida iqtidorli talabalar ham o’z fikrlarini bayon etdilar.

 

O’g’iloy Eshmo’minova,

O’zMU Geografiya va geologiya fakulteti 3-kurs talabasi