Bahorning dastlabki kunlaridan boshlab Yurtimizda bayram kayfiyati hukmronlik qiladi. shodiyona kunlar bir- biriga ulanadi, ayniqsa, ayollarimiz, qizlarimiz uchun ushbu fasl o`zgacha ahamiyat kasb etаdi. Universitetimizda an`anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “O`zMU malikasi” ko`rik tanlovining maqsadi esa lobar, latoatli qizlarimizning har jabhada ilg`or, faolliklarini ta`minlashdir. Joriy yilgi tanlov 3-mart kuni  Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti bosh binosi axborot-resurs markazida o’tkazildi.

To'liq o'qish

Бугун пойтахтимизнинг Олмазор туманида жойлашган «Тинчлик» тантаналар саройида 8-март халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан Ўзбекистон Миллий университети аёллари учун “Сизга таъзим азиз аёллар” дея номланган байрам кечаси ташкил этилди. Унда таълим муассасасининг профессор-ўқитувчилари, иқтидорли қизлари, илмий ва техник жамоаси иштирок этди.

To'liq o'qish

Халқаро илмий ҳамкорликлар таълим тизимини янада такомиллаштиришга хизмат қилади.

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети ректори Авазжон Мараҳимов билан Германиянинг Мюнстер университети таркибидаги Германистика институти доценти Кордула Шулце хоним ўртасида илмий ҳамкорлик алоқаларини янада ривожлантириш юзасидан дўстона мулоқот бўлиб ўтди. 

To'liq o'qish

Вазирлик тизимидаги олий таълим ва илмий-тадқиқот муассасаларида ўтказиладиган илмий-амалий анжуманлар ахборот хати.

To'liq o'qish

Mashhur kishilar, atoqli olimlar bilan suhbatlashsangiz birinchi galda avvalo qaysi ustozlardan saboq olganlari haqida faxr bilan so‘zlaydilar.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyat ko‘rsatishayotgan yoshi ulug‘ matematik ustozlar bir paytlar Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov kabi allomalardan saboq olganlaridan faxrlanib so‘zlasalar, bugungi talabalar shu oliy dargohda akademik Azimboy Sadullaevdan fan sirlarini o‘rganayotganlaridan g‘ururlanadilar. 

To'liq o'qish

Мирзо Улуғбек номидаги ЎзМУ Геология ва география факультети 2017 йил 7-8 апрель кунлари бўлиб ўтадиган “ЕР ҲАҚИДАГИ ФАНЛАР: ИСТИҚБОЛ ВА МУАММОЛАР” мавзуидаги республика илмий-амалий конференцияга таклиф этади.

Yuklab olish

To'liq o'qish

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bu yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda to‘kin dasturxonlar atrofida o‘tkazila yotgani barcha onalarga, opa-singillarga g‘oyat xushnudlik baxsh etmoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti olimalari va professor-o‘qituvchi ayollari bayramni to‘kin dasturxon atrofida nishonladilar. 

To'liq o'qish

 

ЎЗБЕКИСТОН  РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

 

МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ

 

“ЁШ ТУПРОҚШУНОС ТАЛАБАЛАР КЛУБИ”

 

22 апрель- Халқаро Ер кунига бағишлаб «Ўзбекистон тупроқшунослик фанининг долзарб муаммолари ва истиқболлари: озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашда ерларнинг мелиоратив ҳолатини яхшилаш ва замонавий агробиотехнологияларни қўллаш » мавзусидаги ёш олимлар илмий-амалий семинари доирасида ўтказиладиган талабаларнинг илмий- амалий ишлари

 

ТАНЛОВИ

To'liq o'qish

 Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida har yili 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami oldidan ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazish o’ziga xos an’anaga aylangan.

Ushbu sana munosabati bilan bir guruh olimalarning Ijtimoiy fanlar va Xorijiy filologiya fakultetlari talabalari bilan ijodiy uchrashuvi bo’lib o’tdi.

To'liq o'qish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Talabalar turar-joylarida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida to‘rt kun mobaynida o‘tkazilgan sport musobaqalari bugun nihoyasiga yetdi.

To'liq o'qish