Маданият саройи катта залида ўтказилган “Мустақиллик дарси”да Ўзбекистонда хизмат кўрсатган санъаткорлар ҳамда етук хонандалар иштирок этишди. Улардан Сардор Рахимхон, Хилола Хамидова, Абдурашид Йўлдошевлар мустақиллик йилларида эришган ютуқлари ҳақида гапириб, шу билан бирга бугунги кунда ёшларга яратилаётган имкониятлар улардан оқилона фойдаланиш кераклигини талаба-ёшларга таъкидлаб ўтдилар.

 

“Мустақиллик дарси”да соҳа проректорлари, факультет деканлари, профессор-ўқитувчилар ҳамда География, Геология, Биология-тупроқшунослик, Хорижий филология, Тарих, Механика-математика ва Кимё факультетлари 1-курс талабалари қатнашдилар. Дарс сўнггида санъаткорлар мустақиллик берган имкониятлар, эришган ютуқлари ҳақида фикрлар билдириб, ўзларининг Ватан ҳақидаги қўшиқларини талаба-ёшларга тақдим этдилар.

Расмлар галереясини кўриш

To'liq o'qish

Тадбирда Ўзбекистон Миллий университети ректори Ғ.И.Муҳамедов, Академик М.Салоҳиддинов, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси спикер ўринбосари И.Саифназаров, Ўзбекистон Халқ шоири Маҳмуд Тоир, Ўзбекистон халқ артисти Э.Комилов ва “Зулфия” номидаги Давлат мукофоти совриндори 1-курс талабаси Л.Орзиевалар сўзга чиқишди. Улар барчани Мустақиллигимизнинг 21 йиллиги билан қутлаб, ўзларининг самимий тилакларини билдиришди ва университетнинг 1-курсига қабул қилинган талаба-ёшларни Ўзбекистон Миллий университети талабаси бўлишдек бахтга мушарраф бўлганликлари билан муборакбод этдилар.

Тадбир сўнггида бошловчи Ўзбекистон миллий университетига қабул қилинган 1-курс талабаларини жадвал асосида бириктирилган жойларга “Мустақиллик дарси”да иштирок этишга таклиф этди.

 

Расмлар галереясини кўриш

To'liq o'qish

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va xotin-qizlar terma jamoalari Turkiyada o‘tkazilayotgan jahon shaxmat olimpiadasini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

Istanbul shahri mezbonlik qilayotgan bu galgi jahon shaxmat olimpiadasida 151 mamlakatdan 1300 nafardan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun raqobatlashmoqda. O‘n bir turdan iborat olimpiadaning har bir uchrashuvida terma jamoalarning to‘rttadan o‘yinchisi ishtirok etadi. G‘olib to‘rt partiyaning umumiy natijasi bo‘yicha aniqlanadi. Shuningdek, o‘z mamlakati terma jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli dona surib, eng ko‘p ochko jamg‘argan uch nafar shaxmatchiga shaxsiy birinchilik yakuni bo‘yicha medallar topshiriladi.

To'liq o'qish

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”

Muhamedov G‘afurjon Isroilovich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori

To'liq o'qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida” 1992-yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq...

To'liq o'qish

Oliy o'quv yurtlariga kirish imtixoni natijalarini dtm.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Ushbu ssilka orqali o'z dtm nomeringizni kiritib va natijani ko'rishingiz mumkin.

To'liq o'qish

Buyuk Britaniyaning London shahrida 12 avgust kuni XXX yozgi Olimpiya o‘yinlari yakunlandi.

Mustaqilligimizning 21 yilligiga katta tayyorgarlik ko‘rilayotgan shu kunlarda O‘zbekiston sportchilari XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, erkin va obod Vatanimizning eng ulug‘, eng aziz bayramiga munosib tuhfa hozirladi. London Olimpiadasida murakkab saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 53 nafar olimpiyachimiz sportning o‘n besh turi – badiiy gimnastika, trampolin, velosport, suzish, yengil atletika, og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, taekvondo, erkin va yunon-rum kurashi, o‘q otish, qilichbozlik hamda tennis bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etdi.

To'liq o'qish

"London - 2012" mustaqil yurtimiz sportchilari uchun oltinchi Olimpiada. O’zbekiston jamoasi vakillari bungacha Barselona (1992 yil), Atlanta (1996 yil), Sidney (2000 yil), Afina (2004 yil), Pekin (2008 yil) shaharlarida bo’lib o’tgan olimpiya o’yinlarida ishtirok etishgan. 2012 yil London shahrida bo’lib o’tadigan ХХХ yozgi Olimpiada o’yinlarida esa 60 nafar sportchilarimiz yo’llanmani qo’lga kiritdi. Bular orasida sportning o’q otish turi bo’yicha O’zbekiston Milliy universitetining Horijiy filologiya fakulteti 4-kurs talabasi MAMEDOVA SAKINA RAFIKOVNA ham ishtirok etmoqda. Biz barcha sportchilarimiz qatori talabamiz Sakina Mamedovaga ham "London – 2012" Olimpiadasida g’olib bo’lish uchun omad tilaymiz.

To'liq o'qish

XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun kelgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahridagi Olimpiya shaharchasiga joylashdi.
Umumiy maydoni qariyb 40 gektarni egallagan Olimpiya shaharchasida 2818 bino qad rostlagan. Olimpiadaga kelgan 205 mamlakatning sport delegatsiyalari shu yerda yashaydi. Olimpiya shaharchasida tunu kun ishlaydigan ovqatlanish hududi, banklar, bankomatlar, kafelar, go‘zallik va salomatlik markazlari, zamonaviy trenajyor xonalari, ko‘ngilochar markazlar musobaqa ishtirokchilari xizmatida.

To'liq o'qish

2012/2013 o'quv yilidan boshlab Respublika oliy ta'lim muassasalarida ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha bir talabani bir yillik o'qitish qiymati miqdorlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda tassarrufida oliy ta'lim muassasalari bo'lgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tastiqlandi.

Tolov kontrakt miqdorini shu yerdan ko'rishingiz mumkin.

To'liq o'qish