2012/2013 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur komissiya a’zolari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshliqlari qatnashdi.

To'liq o'qish

Правительство издало постановление «О мерах по упорядочению пользования мобильными телефонами в образовательных учреждениях Республики Узбекистан».

Постановлением утверждено Положение о порядке пользования мобильными телефонами в образовательных учреждениях, целью которого является «создание условий для достижения эффективности организации образовательно-воспитательного процесса и утверждения здорового образа среди учащейся молодежи».

To'liq o'qish

"Elektron ta'lim" loyihasini amalga oshirish doirasida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  topshirig’iga binoan "O'zbektelekom" AK tomonidan Respublika oliy ta'lim muassasalari talabalarini mobil kompyuterlar (netbook) bilan ta'minlash loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu netbooklar CDMA-450 modemi bilan jihozlangan va "O'zbektelekom" tomonidan Internet tarmog’iga ulangan maxsus tariflar bilan 1-3 kurs talabalari uchun 12 oydan 18 oygacha lizingga beriladi.

 

To'liq o'qish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida uzluksiz ekologik ta’lim tizimining ilmiy asoslari va uni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Ekologik harakati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

To'liq o'qish

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 16-may kuni an’anaviy “BestSoft – Uzbekistan – 2012” milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan Kompyuterlashtirishni rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqa bir qator tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.

To'liq o'qish

2012 yil 17-18 oktabr kuni O'zbekiston Milliy Universiteti Mexanika-matematika fakultetida "Statistika va uning tadbiqlari" mavzusidagi ilmiy amaliy anjuman bo'lib o'tadi.

To'liq o'qish

Toshkentda 1-may kuni “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Hayot uchun!” ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasi, Syuzen Komen nomidagi saraton kasalligiga qarshi kurashish xalqaro fondi (AQSh) va “Ayollar kengashi” respublika jamoat birlashmasi tomonidan “Hayot uchun!” xayriya forum-marafoni o‘tkazildi.

To'liq o'qish

24 aprel kuni mexanika-matematika fakulteti  “TEMPUS” auditoriyasida Evropa ittifoqi ta’lim sifati komissiyasi  ENQA  eksperti Barselona universiteti professori  Gemma Rauret hamda TEMPUS dasturi UNIQTOOL loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

 

To'liq o'qish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarning an’anaviy III media-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Axborot texnologiyalarining jurnalistika sohasidagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan mazkur anjuman O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, “Sarkor Telecom” internet provayderi, “UzInfoCom” markazi, “Ucell” kompaniyasi, Respublika Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi. Media-konferensiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

To'liq o'qish

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2012 йил 2 мартдаги 87-сонли буйруғига асосан Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетида 2012 йилда ўтказиладиган халқаро илмий ва илмий-техник анжуманлар рўйхати.

To'liq o'qish