Buyuk Britaniyaning London shahrida 12 avgust kuni XXX yozgi Olimpiya o‘yinlari yakunlandi.

Mustaqilligimizning 21 yilligiga katta tayyorgarlik ko‘rilayotgan shu kunlarda O‘zbekiston sportchilari XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, erkin va obod Vatanimizning eng ulug‘, eng aziz bayramiga munosib tuhfa hozirladi. London Olimpiadasida murakkab saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 53 nafar olimpiyachimiz sportning o‘n besh turi – badiiy gimnastika, trampolin, velosport, suzish, yengil atletika, og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, taekvondo, erkin va yunon-rum kurashi, o‘q otish, qilichbozlik hamda tennis bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etdi.

To'liq o'qish

"London - 2012" mustaqil yurtimiz sportchilari uchun oltinchi Olimpiada. O’zbekiston jamoasi vakillari bungacha Barselona (1992 yil), Atlanta (1996 yil), Sidney (2000 yil), Afina (2004 yil), Pekin (2008 yil) shaharlarida bo’lib o’tgan olimpiya o’yinlarida ishtirok etishgan. 2012 yil London shahrida bo’lib o’tadigan ХХХ yozgi Olimpiada o’yinlarida esa 60 nafar sportchilarimiz yo’llanmani qo’lga kiritdi. Bular orasida sportning o’q otish turi bo’yicha O’zbekiston Milliy universitetining Horijiy filologiya fakulteti 4-kurs talabasi MAMEDOVA SAKINA RAFIKOVNA ham ishtirok etmoqda. Biz barcha sportchilarimiz qatori talabamiz Sakina Mamedovaga ham "London – 2012" Olimpiadasida g’olib bo’lish uchun omad tilaymiz.

To'liq o'qish

XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun kelgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahridagi Olimpiya shaharchasiga joylashdi.
Umumiy maydoni qariyb 40 gektarni egallagan Olimpiya shaharchasida 2818 bino qad rostlagan. Olimpiadaga kelgan 205 mamlakatning sport delegatsiyalari shu yerda yashaydi. Olimpiya shaharchasida tunu kun ishlaydigan ovqatlanish hududi, banklar, bankomatlar, kafelar, go‘zallik va salomatlik markazlari, zamonaviy trenajyor xonalari, ko‘ngilochar markazlar musobaqa ishtirokchilari xizmatida.

To'liq o'qish

2012/2013 o'quv yilidan boshlab Respublika oliy ta'lim muassasalarida ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha bir talabani bir yillik o'qitish qiymati miqdorlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda tassarrufida oliy ta'lim muassasalari bo'lgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tastiqlandi.

Tolov kontrakt miqdorini shu yerdan ko'rishingiz mumkin.

To'liq o'qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

El-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saxovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida

To'liq o'qish

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2012 yil 11 iyuldagi buyruq va ilovalar saytga joylandi.

1- va 2- ilovalar

3-ilova

4-ilova

To'liq o'qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

 

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:
1. 2012 yilning 1 avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar oshirilsin.

To'liq o'qish

Shu yil 19 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida“gi qarori qabul qilindi. 20 iyun kuni bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasining mazkur qaror ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, respublika vazirlik va idoralari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

To'liq o'qish

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 7 майдаги “2012/2013 ўқув йилида Ўзбекистон Республикасининг олий таълим муассасаларига қабул тўғрисида”ги ПҚ-1751 сонли қарори ижросини таъминлаш ва Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2012 йил 17 майдаги  1-сонли баёнига биноан 2012/2013 ўқув йилида Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетининг бакалавриат босқичига 35 та йўналиш бўйича 1535 талаба қабул қилиниши, уларнинг 510 нафари давлат гранти ва 1025 таси тўлов-шартнома асосида таҳсил олиши режалаштирилган.

To'liq o'qish

2012/2013 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur komissiya a’zolari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshliqlari qatnashdi.

To'liq o'qish