Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mainz Johannes Gutenberg universiteti  professorlari O’zMUda

Joriy yilning 13-aprel kuni Germaniyaning Mainz Johannes Gutenberg universiteti (1477-yilda tashkil topgan, THE reytingida 251-300 va QS reytingida 464-o‘rinlarda turadi) professorlari Julian Rinch va Petr Kucheralar o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari va tadqiqotchilariga ma’ruza o‘qishdi. Professor Julian Rinch tomonidan o‘zbek va uyg‘ur tillarining morfologik qurilishiga bag‘ishlangan o‘zbek tilida o‘qilgan ma‘ruza barcha qatnashchilarga juda manzur bo‘ldi.  Xorijlik professor, shuningdek, dars so‘ngida Maynz universiteti haqida ma’lumot berdi. 

Ta’kidlash joizki, professor Julian Rinch mazkur universitetning turkologiya bo‘limida uzoq yillardan beri  o‘zbek tilidan dars beradi, shuningdek, o‘zbek tilining ilmiy  tadqiqi bilan shug‘ullanib keladi.