SHu yil 10-11 noyabrь kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkaziladigan“Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar” mavzuida xalqaro simpoziumiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

To'liq o'qish

    Go‘zal hayotimizga sovuq ko‘lanka solib turadigan illatlardan biri – giyohvandlik hisoblanadi.

Bunday illatlarga qarshi kurashning yorqin yo‘llaridan biri – tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borishdir. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan davra suhbati “Giyohvandlik moddasi va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish” mavzusiga bag‘ishlandi.

      – Endigina kamolot yoshiga etayotgan soddadil yoshlar ongini zaharlash yo‘li bilan ularni to‘g‘ri yo‘ldan adashtiradigan kimsalar ham uchrab turadi,– dedi O‘zMU Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Davlatboy Jumaboev.– Har qanday insonning ongini zaharlaydigan, tuzalmas balolarga giriftor etadigan illatlardan biri – giyohvandlik ekanini talabalarimiz ham yaxshi tushunadilar. Bunday botqoqqa botganlardan har qanaqa yovuzlik kutsa bo‘ladi.

To'liq o'qish

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KONFERENSIYA TASHKILOTCHISI: MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING: IJTIMOIY 
 FANLAR FAKULЬTETI VA FALSAFIYTADQIQOTLAR ILMIY MARKAZI
«TA’LIM VA FAN BARQAROR RIVOJLANISH MANFAATLARI YO‘LIDA»
MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-NAZARIY KONFERENSIYA
Konferensiyaning maqsadi: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida ijtimoiy-ma’naviy rivojlantirishning tajribasini ta’lim va fan taraqqiyoti nuqtai nazardan o‘zaro bog‘langan holda tahlil etish, ushbu sohadagi ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar natijalari muhokomasi.  Tegishli taklif, tavsiyalar ishlab chiqish.
“Ta’lim va fan barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida” mavzudagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyada ishtiroq etishga taklif etamiz. Konferensiya 2016 yil, 15-16 dekabrda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.

 

To'liq o'qish

   Talabalik – oltin davr, deydilar. 

Bu davrning qanchalik oltinga tengligi – o‘qish, bilim olish bilan bir qatorda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa voqeliklar bilan izohlanadi. 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan yigit-qizlar hayotida unutilmas voqealar ko‘p bo‘ladi. Kunda-kunora universitetda, talabalar turar-joylarida va boshqa maskanlarda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar ularning qalblariga bir umrga muhrlanib qolayotgan bo‘lsa ajabmas. 

 

To'liq o'qish

Taraqqiyotning beqiyos cho‘qqilarini ko‘rayotgan zamondoshlarimizbaxt va baxtsizlik “chegarasi”da odam savdosidek mudhish jinoyatlarga ham guvoh bo‘lib turishibdi. Kimlardan uning qurboniga aylanmoqda…Bunday jinoyatlarning oldini olish uchun keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish maqsadga muvofiqdir. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida shu yil 6 oktyabrь kuni o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusiga bag‘ishlandi.

To'liq o'qish

  Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish – etuk kadrlar tayyorlash jarayonining muhim omillaridan biri hisoblanadi. 

Ayni paytda bu borada qator vazifalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Mintaqaviy markazi tashkil etilgan. 

To'liq o'qish

Har kuni samoga parvoz qilayotgan samolyotlar xavfsizligini ta’minlash uchun avvalo etuk kadrlar tayyorlash lozim.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Abdurahim Abdushukurov Eropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasida bajarilayotgan Flight safety and airworthiness – a master programme (FSAMP) loyihasining hamkor mamlakatlar bo‘yicha loyiha menejeri Deyvid Kempbel (David Campbell) bilan suhbatida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. 

To'liq o'qish

Hayotimizda har bir qonunning o‘z o‘rni bor. Ularni puxta o‘rganganlar avvalo o‘z haq-huquqlarini yaxshi biladilar. Huquqiy madaniyati yuksak inson shunga yarasha farovon hayot kechiradi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 26 sentyabrь kuni “O‘zbekiston Respublikasining “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni – talaba-yoshlar hayotining huquqiy kafolatlari” mavzuiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumanida bu haqda atroflicha fikr yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “YOshlik” Talabalar shaharchasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan tashkil etilgan anjumanda professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. 

To'liq o'qish

Ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi hisoblanmish talaba-yoshlar yangi qonunlar mazmun-mohiyatini puxta o‘rganib borishlari lozim.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida navbatdagi “Axborot soatlari” mashg‘ulotlari mavzui O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri)mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlandi.

To'liq o'qish

Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ularni amalga oshirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 22 sentyabrь bo‘lib o‘tgan “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston ta’lim tizimi: islohotlar, yutuqlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida asosiy e’tibor ana shu masalalarga qaratildi. 

To'liq o'qish