Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 7 майдаги “2012/2013 ўқув йилида Ўзбекистон Республикасининг олий таълим муассасаларига қабул тўғрисида”ги ПҚ-1751 сонли қарори ижросини таъминлаш ва Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2012 йил 17 майдаги  1-сонли баёнига биноан 2012/2013 ўқув йилида Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетининг бакалавриат босқичига 35 та йўналиш бўйича 1535 талаба қабул қилиниши, уларнинг 510 нафари давлат гранти ва 1025 таси тўлов-шартнома асосида таҳсил олиши режалаштирилган.

To'liq o'qish

2012/2013 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur komissiya a’zolari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshliqlari qatnashdi.

To'liq o'qish

Qurolli Kuchlar qismlari va bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berishda tegishli tartib o‘rnatish, shuningdek, ularga berilayotgan imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi omillarini kuchaytirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son qarorining 1-bandi o‘zgartirilib, 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar;

To'liq o'qish

Правительство издало постановление «О мерах по упорядочению пользования мобильными телефонами в образовательных учреждениях Республики Узбекистан».

Постановлением утверждено Положение о порядке пользования мобильными телефонами в образовательных учреждениях, целью которого является «создание условий для достижения эффективности организации образовательно-воспитательного процесса и утверждения здорового образа среди учащейся молодежи».

To'liq o'qish

"Elektron ta'lim" loyihasini amalga oshirish doirasida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  topshirig’iga binoan "O'zbektelekom" AK tomonidan Respublika oliy ta'lim muassasalari talabalarini mobil kompyuterlar (netbook) bilan ta'minlash loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu netbooklar CDMA-450 modemi bilan jihozlangan va "O'zbektelekom" tomonidan Internet tarmog’iga ulangan maxsus tariflar bilan 1-3 kurs talabalari uchun 12 oydan 18 oygacha lizingga beriladi.

 

To'liq o'qish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida uzluksiz ekologik ta’lim tizimining ilmiy asoslari va uni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Ekologik harakati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

To'liq o'qish

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 16-may kuni an’anaviy “BestSoft – Uzbekistan – 2012” milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan Kompyuterlashtirishni rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqa bir qator tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.

To'liq o'qish

2012 yil 17-18 oktabr kuni O'zbekiston Milliy Universiteti Mexanika-matematika fakultetida "Statistika va uning tadbiqlari" mavzusidagi ilmiy amaliy anjuman bo'lib o'tadi.

To'liq o'qish

Toshkentda 1-may kuni “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Hayot uchun!” ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasi, Syuzen Komen nomidagi saraton kasalligiga qarshi kurashish xalqaro fondi (AQSh) va “Ayollar kengashi” respublika jamoat birlashmasi tomonidan “Hayot uchun!” xayriya forum-marafoni o‘tkazildi.

To'liq o'qish

24 aprel kuni mexanika-matematika fakulteti  “TEMPUS” auditoriyasida Evropa ittifoqi ta’lim sifati komissiyasi  ENQA  eksperti Barselona universiteti professori  Gemma Rauret hamda TEMPUS dasturi UNIQTOOL loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

 

To'liq o'qish