O'zMU » Savol-javob » Fuqarolar murojaati

Bu sahifa orqali siz o'z qiziqtirgan savollaringizni qoldirishingiz mumkin.

Kerakli maydonlarni to'ldiring va jo'natish tugmasini bosing.

Ishonch telefoni: 246-78-53

Savol qoldirish
Umarov Begzod
Sana: 14 iyun 2012 08:21
4-kurs talabalariyam lizingga netbook olishsa bo'ladimi?

Javob:Yo'q, sababi lizing minimum 12 oyga beriladi, bu muddat ichida 4-kurs talabalari o'qishni tugatishadi, shuning uchun berilmaydi. Axborot texnologiyalari markazi.
Дурдона
Sana: 20 iyun 2012 22:44
У меня вопрос насчет факультета журналистики. Я знаю, что главный предмет на экзамене это история, а какой предмет на втором месте? И сколько баллов нужно для бюджета? Заранее спасибо.

Ответ: 1. Родной язык. 2. Иностранный язык. 3. История.
Баллы за 2011 год: узб. грант - 202.8, контракт - 167.1, рус. грант - 198.1, контракт - 155.2. Отдел маркетинга.
Nikita
Sana: 20 iyun 2012 23:06
Men akademik litseyni bitirdim. Bu yil 2012-2013 o'quv yiliga O'zMU ning Amaliy matematika va informatika yo'nalishiga hujjat topshirmoqchiman. Shu haqida davlat granti va shartnomasi qanday. Va yo'nalish haqida to'liq ma'lumot bersangiz.

Javob: 2011 yil uchun o'tish ballari: o'zb.guruh grant - 200.6 ball, kontrakt - 167,8 ball, rus.guruh grant - 169.2 ball, kontrakt - 121.8 ball. Yo'nalish haqidagi to'liq ma'lumotni qabul komissiyasidan olishingiz mumkin. Marketing bo'limi.
Nizom
Sana: 22 iyun 2012 15:56
Magistrlik diplomni olish uchun qanday xujjatlar kerak?Tugatganimga 3 yil buldi.Grand asosida uqiganman.

Javob: Taqsimot komissiyasi yuborgan yerda 3 yil ishlash kerak. Shu haqida tasdiqlovchi mehnat daftarchasini nusxasi va ish joyidan ma'lumotnoma. Kadrlar va ish yuritish bo'limi, yosh mutaxassislar bilan ishlash sektor.
Kamola
Sana: 29 iyun 2012 11:43
Assalomu aleykum.Men O'zMU ning bioinformatika yo'nalishini shartnoma asosida bakalaviatura bosqichini 2009-2010 o'quv yili tugatdim. 2009-2010 o'quv yilida menga iyul va avgust oylari uchun stipendiya to'lanmadi negaligini bilolmadim. Va 2010-2011 o'quv yilida O'zMu ning Bioinformatika yo'nalishiga magistratura bosqichiga shartnoma asosida o'qishga qabul qilindim. 2011-2012 o'quv yili magistratura bosqichini tugatdim. Men endi bakalavr va magistratura bosqichidagi iyul va avgust oyi uchun stipendiya olishga haqim bormi?

Javob: Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligining 2004 yil 10 martdagi 2-П, 43-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibi" to'g'risidagi yo'riqnomaning 17-bandiga asosan pullik-kontrakt asosida o'qitishning o'quv yili uchun qiymatiga kiritilgan har oyda to'lanadigan stipendiya summasi talabalar davomatining reyting ko'rsatkichidan qat'iy nazar qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarilmaydi. Huquqshunos maslahatchi G.X.Yaxyayeva.
Aziz
Sana: 5 iyul 2012 17:46
Men akademik litseyni bitirdim. Xozirda biologiya, ximiya va rus tili bo'yicha tayyorgarlik ko'rib kelmoqdaman. Ushbu Universitetning Falsafa fakulteti Psixologiya yo'nalishiga hujjatlarimni topshirmoqchiman. Savolim quyidagicha: qaysi fanlardan imtihon bo'ladi?

Javob: 1. Tarix. 2. Ona tili. 3. Chet tili.
Abduqahhor
Sana: 5 iyul 2012 22:10
falsafa fakultetiga kirish ballari nechi bo'lgan.

Javob: O'zb.guruh grant - 212.3 ball, kontrakt - 198.5 ball, rus.guruh grant - 191.1 ball, kontrakt - 161.9 ball.
Zarina
Sana: 7 iyul 2012 11:26
Xorijiy til ingliz tili fakulteti imtixon fanlari haqida ma'lumot berib otsangiz. Oldindan raxmat!

Javob: 1. Chet tili (ingli, nemis, fransuz, rus). 2. Ona tili. 3. Tarix.
Alisher
Sana: 9 iyul 2012 21:07
Добрый день! Скажите, когда именно можно получить диплом магистра по окончании трехлетней отработки - в июне? С какого конкретно месяца идет отсчет отработки?

Ответ: Срок отработки считается с месяца поступления на работу.
Chingis
Sana: 15 iyul 2012 06:47
У меня был перерыв между бакалавриатом и магистратурой - после бакалавриата работал 3 года преподавателем. В этом году оканчиваю магистратуру. Могу ли я подавать документы в аспирантуру вашего университета?
Заранее спасибо.

Ответ: Да.
whiteangel
Sana: 17 iyul 2012 13:16
mani savolim quydagicha:
1). lizingga notebookni faqat talabalar oladilarmi va agar o'qishga kirsam man ham olsam boladimi 1- kursda?
2) nega hujjat topshirishda o'zbek millatiga qarashli abitryentlarga rus (yevro)gruppaga hujjat topshirish mumkin emas? man 2 yildan beri yevra guruhga topshirdim boshqa universitetlarda manga ruxsat berishmadi....bunday cheklashga qabul komissiyani haqqi bormi? va qaysi ta'lim qonuniga ko'ra?

Javob: 1. Ha.
2. Millatidan qat'iy nazar, ta'lim olgan tili (o'rta maktab, KHK, akademik litsey) rus bo'lsa, rus guruhlariga hujjat topshirishi mumkin. Qabul komissiya mas'ul kotibi Sharipov A.
Shams
Sana: 13 avgust 2012 14:46
Imtihon natijalarini bilishning bir qancha yo`llari bor. Internetda natijalar qaysi saytda e'lon qilinadi? Boshqa usullar haqida ham ma'lumot bersangiz. Men shu unversitetga topshirganman. Javob varaqasi kodi : 7284073

Javob: dtm.uz saytidan bilishingiz mumkin.
Nurmanova madina
Sana: 15 avgust 2012 11:27
assalomu aleykum qachon test natijalari chiqadi 2012-2013 uchun

Javob: natijalar 16.08.2012 da chiqadi
Shuxratjon
Sana: 30 avgust 2012 13:26
Mening bir tanish opam 1994-yilda Milliy Universitetning "O'zbek filologiyasi" fakultetini tamomlagan. Diplom nomer 013127. Sobirova Inoyat O'rmonovna. Xozirgi kunda farg'ona viloyati Buvayda tumani prokuraturasining 123-sonli buyrug'iga asosan ushbu diplom haqiqiy yoki soxtaligini tekshirish uchun sizlar bilan bog'lanishimiz kerak ekan. Shunga amaliy yordam bera olasizlarmi? Oldindan katta raxmat.

Javob: O'zMU rektori G'.I Muxamedovga Farg'ona viloyati Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan so'rovnoma yuborilishi kerak. Quyidagi telefon nomerlari orqali to'liq ma'lumot olishingiz mumkin: 246-0222, yoki fax: 246-0224
Nasiba
Sana: 3 sentabr 2012 10:16
Assalomu alekum. Savolim shundan iborat.
Men internetni judda yaxshi koraman shu sababli internetda imtixon topshirib o'qishga kirsa boladimi?. Qaysi insitutga? Javobingiz uchun oldindan raxmat.

Javob: Bunday imkoniyat O'zbekiston xududida yo'lga qo'yilmagan. Har qanday Oliy o'quv yurtiga faqat to'g'ridan-to'g'ri imtixon topshirish orqali kirish mumkin.
timur
Sana: 9 oktabr 2012 09:53
lizinga netbook qayerdan olinadi

Javob: Lizingga netbook berish boshlanmagan. Boshlanganda fakultetlarga xabar qilinadi.
Bekzod
Sana: 26 yanvar 2013 14:25
Falsafa fakultetiga qaysi fanlardan imtihon topshiriladi?

Javob:
Ijtimoiy ish yo'nalishiga: ijodiy imtihon, tarix, chet tili
Qolgan yo'nalishlarga: tarix, ona tili, chet tili
Shams
Sana: 29 may 2013 23:17
Bu yilgi imtihonlarga faqat biometrik passportga ega abuturiyentlar qabul qilinadimi yoki eski turdagi passportlar ham amaldami?

Javob: Eski turdagi passportlar ham amalda. Marketing bo'limi.