Insonning tirikligini, hayotda yashayotganini, ich-ichidagi o’zligini belgilab beradigan muqaddas va daxlsiz qadriyatlardan biri – uning ona tilidir.

      Til – olamni idrok qilish jarayonidir. Til – ruhdir. Tilda millatning borlig’i nafas oladi. Xalq o’z ona tilini qadrlasa, e’zozlasa, asrab-avaylasa, shubhasiz, uning ma’naviy olami, tafakkur sarhadlari keng bo’ladi.

      O’z ona tilini chuqur bilgan, undagi So’zlarni tomirlarida oqayotgan qon, ko’ksida urayotgan yurak, vujudini tutib turgan nafas ila tuygan insongina mutafakkir darajasiga ko’tariladi. Shuning uchun bobomiz Alisher Navoiy yozadi:

To'liq o'qish

      Talaba-yoshlar chet tillarini mukammal o`rganmoqdalar.

      O`zMU Xorijiy filologiya fakultetining ingiliz filologiyasi yo`nalishida tahsil olayotgan yoshlar 4-8 aprel kunlari GREAT CHARITY EVENT deb nomlangan xayriya tadbirini o`tkazdilar. Ular mehribonlik uylarida yashayotgan o`smirga sovg`a-salomlar ulashdilar. Abduahmad Qodirov, Nozima Husanova, Ilyos Matlabov kabi talabalar bu ezgu ishda faollik ko`rsatdilar. 

To'liq o'qish

      San'at - insonni ma'nan kamol topishida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. 
      Teatr san'ati - aktyorlar (va havaskorlar)ning sahnadagi jonli ijrolari bilan tomoshabinlarga olam-olam zavq ulashadi. Shunday ekan, yoshlar dunyoqarishini munosib shakllantirish, ularni ma'nan kamol toptirish maqsadida iste'dodli talabalarning ijodiy jamoalari tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

To'liq o'qish

      Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti katta o‘qituvchisi Zokir Kanakov 1978 yil O‘zbekiston Milliy universiteti (o‘sha paytda ToshDU) ni a'lo bahoga bitirib, o‘z ilmiy faoliyatini Fizika texnika instituti va Yadro fizikasi institutida davom ettirgan. Diplom ishini Tomsk politexnika instituti qoshidagi yadro fizikasi institutining elektron tezlatkichlar laboratoriyasida bajargan.

To'liq o'qish

      Fasllar kelinchagi bo`lmish – bahor hamisha yangilanish, yasharish fasli bo`lib hisoblangan.

Negaki, aynan bahor faslida butun tabiat - o`simliklar va hayvonot dunyosi g`aflat uyqusiday davom etgan qishki uyqudan uyg`onishadi. Qir va adirlarda asta - sekinlik bilan chechaklar va qizg`aldoqlar nish ura boshlaydi. Hayvonot olami ham anchayin faollashadi. Bunday ijobiy o`zgarishlar o`z o`rnida biz -insonlarga ham ko`tarinki ruh bag`ishlaydi. Axir, hammayoq yam-yashil maysalar bilan qoplangan, tog`larimiz alvon tusga kirgan, daraxtlarga go`yo dur-u marjonlar qadab chiqilganday ko`rinadi. Yurtimizga ozodlik elchisi sanalgan oppoq laylaklar, xonadonlarimizga esa oilamiz barakasi bo`lmish qaldirg`ochlar tashrif buyurishadi.

To'liq o'qish

       Zahiriddin Muhammad Bobur 1507-yil qishida o`z kichik qo`shini, beklari bilan tog` yo`li orqali Hirotdan Kobulga borayotganda juda qalin qor va bo`ron hujumiga duch keladi. Ana shu qorli dovonni bir hafta davomida bosib o`tishga to`g`ri keldi. Bobur boshliq 15-20 kishi oldinda borib, tayoqlar, belkuraklar bilan qorni tepkilab yo`l ochadilar va odamlar qadamba-qadam ilgari siljiydilar. Bu haqda Bobur o`z xotiranomasida yozadi: 

To'liq o'qish

      So`nggi temuriy shahzodalardan Zahiriddin Muhammad Boburning jozibador shaxsi, jo`shqin hayoti va faoliyati, insoniy fazilatlari, jahon faniga qo`shgan hissasi hamda avlodlariga bag`ishlab ko`plab ilmiy-tarixiy, badiiy asarlar yaratilgan. Ta’bir joiz bo`lsa, jahon tarixnavislik ilmida “Eng ko`p va xo`p” o`rganilgan vatandoshimiz ham Boburdir. Ayni kunga qadar o`zbek yozuvchilaridan tashqari Bobur haqida asar yaratgan bir necha o`nlab chet ellik mualliflarning nomlari tanish. Jumladan, 1995-yili “Cho`lpon” nashriyotida ingliz tarixchisi U.Erskinning “Bobur Hindistonda” asari, hind tarixchisi L.P.Sharmaning 1988-yili Dehlida bosilgan “Boburiylar saltanati” asari, amerikalik olim S.M.Berkning “Akbarshoh – boburiylarlarning eng buyugi” (Berk Akbarshoh shaxsiyati va faoliyati misolida Hindistonga Bobur asos solgan, jahon tarixiga, “Buyuk mo`g`ul imperiyasi” nomi bilan kirgan saltanatning mustahkam tomir yozish jarayonini tasvirlaydi) asarlarida Boburga zamondosh tarixchilarning qo`lyozmalari, Hindiston tarixiga oid tadqiqotlar, XX asrning jahonga mashhur olim va tarjimonlarining asarlarida Boburning butun hayot yo`li, bolalik, o`spirinlik, yigitlik yillari, tashvishli kunlari, hukmronlik faoliyati, diniy-falsafiy qarashlari, davlatni boshqarish usuli, madaniyat va san’atga munosabati singari masalalar tasvirlangan.

To'liq o'qish

   Ezgu niyatlarimizga erishsak, yashashdan murodimiz hosil bo‘ladi.

   Donishmandlarning “Ko‘ngilni pok tut, tama, g‘arazu badniyatlilikni o‘zingga yo‘latma” degan hikmati amalda isbotini topgan haqiqatlardan. Jamiyatda kechayotgan jarayonlar, o‘zgarishlar, yangilanishlar zamiridagi ulkan mashaqqat, mehnat, zahmat borligini yurtning yosh vakili maqomida kuzatib, o‘tgan yillardan ulushlarimizni to‘liq, kam-ko‘stsiz olayotganimizni sezaman. Istiqlolning yigirma beshinchi zinasida turib, ortda qolgan yo‘laklarga xotirjam nazar tashlash, keyingi marralarga dadil qadam bosish mumkin. Axir, yurt taraqqiyoti, dunyoga bo‘ylashayotgan davlat siyosati, iqtisodiyoti, ta’limi rivoji quvonishga arziydi-da! 

To'liq o'qish

   Bugun dunyoning ko`plab xalqaro ekspertlari va mutaxassislari butun yer sharini qamrab olgan jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi davom etayotgan bir paytda O`zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotganini e’tirof etishmoqda.

   Mustaqillikning ilk yillaridanoq muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan O`zbekiston kuchli ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo`lini tanlab oldi. Buning samarasini bugun hayotimizning har jabhasida ko`rishimiz mumkin. 

To'liq o'qish

         Ta`lim olish, oliy o`quv yurtini tamomlab, jamiyat uchun kerakli kadr, atrofimizdagilar uchun ahamiyatli inson bo`lish barchamizning maqsadimiz. Aynan shunday ezgu maqsadlarimiz nafaqat o`zimizning, balki butun mamlakatimizning hayotida, taraqqiyotida qanchalik katta ahamiyat kasb etishini tasavvur qila olasizmi?

Tarix bizga takror va takror tasdiqlagan haqiqatlar bisyor. Ulardan biri shuki, har qanday davlatning chin ma`noda ravnaq topishi uchun avvalambor o`sha mamlakatda ilmu-fan, ta`lim-tarbiya taraqqiy etishi zarur. Bugun bu haqiqat butun bo`y basti bilan namoyon bo`lmoqda.

To'liq o'qish