O'zMU » Talabalar ijodidan » O‘zMU talabalarining “Humo” teatrida yangi sahna asarlari

      San'at - insonni ma'nan kamol topishida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. 
      Teatr san'ati - aktyorlar (va havaskorlar)ning sahnadagi jonli ijrolari bilan tomoshabinlarga olam-olam zavq ulashadi. Shunday ekan, yoshlar dunyoqarishini munosib shakllantirish, ularni ma'nan kamol toptirish maqsadida iste'dodli talabalarning ijodiy jamoalari tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
      Shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi qoshida havaskor talabalarning “Humo” teatri tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasining 2016 yil 12 fevraldagi “Oliy ta'lim muassasalarida talabalar teatr studiyalari festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorida ham bunday teatrlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid qator vazifalar belgilangan. 
      O‘zbekiston Milliy universiteti iste'dodli talabalarining “Xumo” teatri ayni kamolot yoshidagi yigit-qizlarni ona Vatanga muhabbat ruhida kamol toptirishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda u havaskor yoshlar uchun o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarishga ham xizmat qiladi. 
      - Ushbu teatr studiyasida Milliy universitetimizning fakultetlaridan 30 ga yaqin iqtidorli talabalar uchun sahna madaniyati, teatr san'ati, notiqlik, rejissyorlik yo‘nalishlarida mahorat dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda,- deydi O‘zMU Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Jaloliddin Yusubov.- Hozirgi kunda teatr jamoasi yozuvchi Volterning “Tartyuf” asariga spektakl sahnalashtirmoqda. Spektakl aprel oyida talabalarga namoyish etiladi. Sahna asari muvaffaqiyatli chiqsa, joriy yilda Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Talabalar teatr studiyalari festivali”da ham ishtirok etish umididamiz. 
Dilnoza Abdullayeva, 
O‘zMU Jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi