O'zMU » "Manbashunoslik va arxivshunoslik" kafedrasi
 
Mazkur kafedra universitetning tarix fakulteti tarkibida 1991 yili tashkil topgan va dastlab unga Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik kafedrasi degan nom berilgan. Kafedra professor-o'qituvchilari talabalarga manbashunoslik va maxsus tarix fanlarining nazariy va amaliy masalalari bo'yicha dars o'tib kelmoqdalar, bevosita respublika arxivlari, muzeylari va Sharq qo'lyozmalari fondlarida amaliyot darslari o'tiladi. O'quv jarayonida darslar o'zbek va rus guruhlarida ikki tilda - o'zbek va rus tilida olib boriladi. Talabalarga asosiy fanlar bilan bir qatorda, eski o'zbek yozuvi, Sharq tillari (arab, fors) tillari ham ushbu kafedra yuklamasidan o'rin olgan.
Kafedraga 1991-1993 yillarda dots. Ergashev F.R., 1993-1998 yillarda dots. Toshmuhamedov O.M., 1998 yilda dots. (hozirda prof.) Choriev Z.U, 1998-2001 yillarda prof. Vohidov Sh.H., 2001-2004 yillarda dots. Bo'riev O., 2005-2005 yillarda prof. Kamaliddinov Sh., 2006 yildan esa dots. Saidboboev Z.A. rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada t.f.d. Shodmonova S.B., t.f.n., dots. Bo'riev O., t.f.n., dots. Rahmonqulova Z.B., t.f.n. Ismoilov M.S., t.f.n. Hamidova M.S., t.f.n. Isakova M.S., t.f.n. Lutfullaev X., dots.v.b. Iofe V.G., o'qituvchilar Jo'raev Z.M., Choriev Sh.Sh., Jumaev U.lar mehnat qilishmoqda.
Kafedrada faxriylardan dotsent Toshmuxamedov O.M. (marhum), dots. F.Ergashev, prof. Abdurahimovalar uzoq yillar davomida faoliyat ko'rsatganlar.
Respublika ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashda yangi tizim bakalavriat va magistratura tizimi joriy etishi munosabati bilan Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasida oquv va oquv-uslubiy jarayonlarda hamo'zgarishlar bo'ldi.
Bundan tashqari 3-kursda muzeyshunoslik va arxivshunoslik fanlaridan amaliy mashgulotlar o'tkaziladi.
Bakalavriat tizimida talabalar kafedra yo'nalishi bo'yicha bitiruv ishlari yozadilar. Magistratura tizimida kafedraning imkoniyatlari doirasi ancha keng: har yili 8-10 kishi Manbashunoslik, tarixshunoslik, Arxivshunoslik kabi sohalar bo'yicha ta'lim oladilar. Bir guruh magistrantlar Respublika Davlat Arxivida ishlab, arxiv materiallari asosida ilmiy tadqiqotishlari yozadilar.
Kafedra tarkibida etuk tarixchi va manbashunos mutaxassis olimlar, fan doktorlari, professor va fan nomzodlari ishlaydi. Oqituvchilar dars berish bilan bir qatorda ilmiy ish bilan ham shugullanadilar. Keyingi yillarda kafedra oqituvchilari tomonidan bir qancha asarlar (monografiya, oquv-qollanma, risola, ilmiy maqola) chop etildi. Ayrim ilmiy maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda bosilgan. Manbashunoslik va tarixshunoslikka oid dissertatsiyalarning muhokamasini o'tkazish va ularga ilmiy taqrizlar yozish hamkafedra ilmiy faoliyatining bir qismidir.
Oquv rejalarida ko'rsatilgan mutaxassislik fanlaridan ma'ruza matnlari mavjud. Kafedra talabalarga asosiy fanlar bo'yicha ma'ruza matnlari va oquv, tarqatma materiallari tayyorlagan va tarqatilgan. Masalan, Tarixiy geografiya, Xronologiya va metrologiya, Arxivshunoslik, Muzeyshunoslik, Tarixiy atamashunoslik.
Mutaxassislar tayyorlovchi kafedralarda bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari mavzularning, talabalar va magistrantlar bo'yicha taqsimoti va ilmiy rahbarlarga biriktirilishini aks ettiruvchi jadvallar ishlab chiqilgan.
Kafedrada o'tilayotgan darslar maxsus jurnallarda rasmiy lashtirilgan. O'zaro darslarga va ochiq darslarni o'tkazishga ahamiyat berilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.
Kafedra katta ilmiy salohiyatga ega bo'lib, unda ikkita tarix fanlari doktori, sakkizta dotsent, ikkita dotsent vazifasini bajaruvchi, to'rtta oqituvchi oquv-uslubiy va ilmiy tadqiqotishlarini olib bormoqdalar. Umumiy shtat birligi 11 ta. So'nggi yillar davomida kafedraga magistratura va aspirantura bitiruvchilaridan jalb etishga katta ahamiyat berilmoqda.
Professor-oqituvchilarning o'rtacha yoshi 31,3.
Kafedrada oquv jarayonini takomillashtirish va saviyasini oshirish maqsadida turli tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan (O'zbekmuzey, O'zarxiv agentligi).
Kafedrada iqtidorli talabalarning ilmiy ishlari tasdiqlangan va reja asosida olib borilmoqda. Rejaga asosan sentyabr oyida kafedradagi har bir iqtidorli talaba uchun yillik oquv, ilmiy ish rejalari tasdiqlangan. Hozirgi kunda har bir talaba shu rejaga binoan ish olib bormoqda.
Fakultetning iqtidorli talabalari ishlarining natijalari universitet iqtidorlari talabalarining ilmiy to'plamlarida chop etilgan. Masalan: Mahammadieva S., Nazarov A., Boboqulov Q., Muhammadiev R., Jabborova Z.
O'tgan uch yil davomida quyidagi fanlar bo'yicha ma'ruza matnlari qayta ishlanib, oquv-uslubiy qollanmalar chop etildi.
  1. O'rta Osiyo tarixiy atamashunosligi
  2. Tarix fanlarning ilmiy tadqiqotasoslari
  3. Mutaxassislikka kirish
  4. Muzeevedenie
  5. Arxivovedenie
  6. Xronologiya


Kafedrada chop etilgan adabiyotlar
  1. Abdurahimova N.A. Mustamlakachilik siyosati va Turkistonning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli.
  2. Iofe V.G. Muzeevedenie
  3. Iofe V.G. Arxivshunoslik
  4. Rahmonqulova Z.B. Xronologiya
  5. Rahmonqulova Z.B. O'rta Osiyo xonliklari va Usmoniylar o'rtasidagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy munosabatlar
  6. Isakova M.S. Davlat muassasalari tarixi
  7. Isakova M.S. Arxivshunoslik
  8. Saidboboev Z.A. Mutaxassislikka kirish
  9. Saidboboev Z.A. O'rta Osiyo tarixiy atamashunosligi
  10. Ismoilov M.M. A.Samarqandiy. Bo'ston-ul-Orifiyn (arabchadan tarjima)
  11. Ismoilov M.M. Bayozi Fahiriy
  12. Jumaev U. O'rta Osiyo va O'zbekistonda arxiv ishi tarixi va O'zbekistonning asosiy arxivlari. Oquv qollanma. T., 2010.
  13. Saidboboev Z.A. Tarixiy geografiya Darslik. Toshkent.: Noshir nashriyoti, 2010.
  14. Saidboboev Z.A. Istoricheskaya geografiya, Darslik. - T.: Cho'lpon, 2011.
  15. Raxmonqulova Z.B. Arxeografiya Oquv qollanma. T., 2011
  16. Jo'raev Z.M. Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti va boshharuvni me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlash. Oquv qollanma. T., Tafakkur bo'stoni 2011.
  17. Ismoilov M.M. hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatikasi. Oquv qollanma. Toshkent: Akademnashr, 2010.
  18. Ismoilov M.M. Eski o'zbek yozuvi va fors tili. Oquv qollanma. Toshkent: Akademnashr, 2010.

Ilmiy tadqiqotishlari
1. Kafedra O'zarxiv agentligi, O'zbekmuzey, O'zR FA Tarix va Sharqshunoslik institutlari bilan faol ilmiy-pedagogik hamkorlikda ish olib bormoqda.
Kafedrada bajarilayotgan magistrlik dissertatsiyalariga ayni shu muassasalar olimlari bilan hamkorlikda (magistrlik dissertatsiyalariga taqriz berish) amalga oshirilmoqda.
2. Kafedrada har yili yosh olimlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy konferentsiyalariga faol qatnashadi.
3. 2003 yilda Z.Rahmonqulova, 2004 yilda Z.Saidboboev, 2005 yilda M.Isakova, 2006 yilda M.Ismoilov, 2011 yilda X.Lutfullaevlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajalarini olishdi.
4. Birgina 2003 yilda kafedra professor-oqituvchilarining 1 ta monografiyasi, 12 ta ilmiy maqolasi, 18 ta tezislari nashr etildi.
Kafedra 2008 yilning 25 aprelida O'zMU tashkil topganligining 85 yillik yubileyiga bagishlab universitet bosh binosida Tarixiy manbashunoslik muammolari mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini o'tkazdi. Unda Toshkent shahri va viloyatlardagi ilmiy muassasa hamda oquv dargohlaridan etuk manbashunos olimlar va yosh tadqiqotchilar o'z ma'ruzalari bilan qatnashdilar. Ma'ruzalar matnlari (jami 66 ta) alohida ilmiy shaklida Universitet nashriyoti tomonidan chop etilgan (15 bosma taboq).
5. 2004-2005 oquv yilida esa 2 ta monografiya, 24 ta ilmiy maqolalari turli nashrlarda chop etildi.
6. Joriy oquv yilining birinchi yarmida esa kafedra professor-oqituvchilarining 18 ta ilmiy maqolalari xalharo, respublika ilmiy jurnal va to'plamlarida nashr etildi.
7. 2010-2011 oquv yilida esa 2 ta darslik, 5 ta oquv qollanma nashr etildi.
8. Kafedrada xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalar rivojlantirilmoqda.
Dots. Z.A.Saidboboev 2003 yilning dekabrida Yaponiyada YUNESKO homiyligida o'tkazilgan II Xalqaro Buyuk ipak yo'li simpoziumida Katta chizma kitobidagi O'rta Osiyoga oid ma'lumotlar nomli maqolasi bilan qatnashdi. 2005 yilning iyun oyida esa Marokash qirolligida SEPHIS tashkiloti tomonidan o'tkazilgan xalqaro seminarda O'rta Osiyo tarixiy kartalarida o'zbeklar tarqalgan hududlar mavzuida ma'ruza o'qidi.
2003 yilning aprel oyida dots.v.b. Z.Rahmonqulova Osh (Qirgiziston)da o'tkazilgan davlatchilik tarixiga doir konferentsiyada O'rta Osiyo xalqlarining Turkiya bilan madaniy aloqalari nomli maqolasi bilan ishtirok etdi.
Professor Sh.Kamoliddinov 2005 yilning mart-aprel oylarida Shveytsariya konfederatsiyasi va Buyuk Britaniyada ilmiy safarda bo'lib qaytdi.
Professor N.Abduraximovaning YUNESKO nashriyoti tomonidan Chor Rossiyasi va O'rta Osiyo. O'rta Osiyoning tsivilizatsiya tarixi mavzuidagi maqolasi 2005 yilda tashkilotning 6-doimiy jildida nashr etildi. Olima o'tgan 2005 yilda Almati (Qozogiston) da bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiyada Novie podxodi k istorii problem kolonizatsii Turkestana nomli maqolasi bilan ishtirok etdi.
Dots. Z.A.Saidboboev AQSh Geografiya jamiyati kutubxonasining grantida ishtirok etib golib bo'ldi. 2006 yilning dekabr-2007 yil yanvarida mazkur grant asosida AQSh da bo'lib qaytdi.
Dots. Z.A.Saidboboev rahbarligidagi Garbiy Evropa va Rossiyadagi tarixiy-geografik va kartografik manbalarda O'rta Osiyo (XVI-XX asr boshlari) mavzusidagi loyihasi fan va texnologiyalar markazining 2007-2008 yillarga mo'ljallangan konkursi golibi bo'ldi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi XVI-XX asr boshlarida Garbiy Evropa mamlakatlari va Rossiyada yaratilgan tarixiy-geografik va kartografik manbalardagi O'rta Osiyoga oid ma'lumotlarni ilmiy tadqiq etish va O'zbekiston tarixi uchun ilmiy-amaliy ahamiyatini ko'rsatishdan iboratdir. Kafedradan ikki nafar dotsent ilmiy jamoa sifatida qatnashmoqda.
Fakultet oquv-uslubiy kengashida kafedra faoliyati
Oquv-uslubiy kengashda kafedra pofessor-oqituvchilari tomonidan tayyorlangan oquv-uslubiy ishlanmalar muntazam muhokama etib boriladi. Jumladan, dots. Z.Saidboboev tomonidan tayyorlangan. Mutaxassislikka kirish, O'rta Osiyo tarixiy atamashunosligi dots. Z.Rahmonqulova tomonidan tayyorlangan Xronologiya O'rta Osiyo xonliklari va usmoniylar davlati o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiyo munosabatlar nomli oquv-uslubiy qollanmalari muhokama etilib nashr qilindi.

Kafedraga biriktirilgan talabalar hayotidan.
Kafedra professor-oqituvchilari 3-kurs o'zbek va rus guruhlariga Ustoz-shogird tizimi bo'yicha ish olib boradi. har bir oqituvchi o'ziga biriktirilgan talabalar haqida ma'lumot yigishib, unda talabalar bilan olib borgan ishlari haqida hisobotlarga ega.
Kafedra har oquv yili boshida talabalar bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasini tasdiqlab olib, shu asosida muntazam ish olib boradi. Jumladan, joriy oquv yilining sentyabr oyida kafedra professor oqituvchilari 3-kurs talabalari bilan yangi oquv yili boshlanishi munosabati bilan suhbat uyushtirishib, o'tgan oquv yilidagi talabalarnig o'zlashtirish ko'rsatkichlari, yutuq va kamchiliklari to'grisida o'zlarining xolis fikrlarini bildirishdi. Ularga foydali maslahatlarini berishdi.
Oktyabr oyida esa til bayrami munosabati bilan o'tkazilgan kechada esa o'zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo'lishi xalqimizning o'zligini, milliyligini anglashda muhim siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy voqea ekanligi uqtirildi. Kechada talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy qism ham namoyish etildi.
Noyabr oyida esa Diniy ekstremizm, fundamentalizm, uning jamiyatga tugdirayotgan xavfi mavzusida o'tkazilgan davra suhbatida kafedra a'zolari N.Abdurahimova, Z.Saidboboev, Z. Rahmonqulova, M.Ismoilovlar ishtirok etishdi. Ular mazkur illatlarning oqibatdagi turli salbiy ko'rinishlarini qoralashib, talabalarni ogohlikka, ilmiy jihatdan etuk bo'lishga chaqirishdi. Talabalar bu mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirishib, diniy ekstremizm va fundamentalizmga harshi ekanliklarini bayon etishdi.

Professor-oqituvchilarning malakasini oshirish
Kafedra professor-oqituvchilari belgilangan reja asosida o'z malakalarini O'zMU qoshidagi Oliy Pedagogika institutida o'tkazadi. O'tgan davrda Z.Saidboboev, Z.Rahmonqulova, M.Jo'raev, M.Ismoilovlar mazkur institutda o'z malakalarini oshirib qaytishdi.
Etakchi oqituvchilarning malaka oshirishi MDH davlatlaridagi ilmiy muassasalarda hamamalga oshiriladi. Dots. v.b. V.Iofe 2004 yilda Moskva Davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika instituti va Rossiya markaziy arxivlarida malaka oshirib qaytgan.
2003 yilning sentyabrida Toshkentda Evropa Ittifoqi TASIS dasturi doirasida o'tkazilgan yozgi maktabda prof. N.Abdurahimova, dots. Z.Saidboboev, dots.Z.Rahmonqulovalar ishtirok etishib, sertifikatlar olishgan.

Tashqi aloqalar
Keyingi yillarda kafedra respublikamiz va xorijiy mamlakatlarining ilmiy markazlari bilan keng ko'lamdagi aloqalarni yo'lga qo'yilgan. Jumladan, O'zbekmuzey, O'zarxiv agentligi bilan shartnomalarga muvofiq kafedra yuklamasidagi muzeyshunoslik va arxivshunoslik fanlariga doir amaliyotlar respublikamizning davlat va uy-muzeylari hamda etakchi arxivlarida olib borilmoqda.
Kafedra olimlari O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan magistr talabalarni o'qitish yuzasidan hamkorlikni yo'lga qo'yishni va kafedra filialini ochishni rejalashtirgan.

Kafedra magistrlari hayotidan
Kafedrada Manbashunoslik, tarixshunoslik va maxsus tarixiy fanlar metodlari yo'nalishi bo'yicha 1-kursda 12 ta, 2-kursda 9 ta magistrant talaba tahsil olmoqda. Ular tarixnavislik, manbashunoslik va tarixiy fan usullari bo'yicha magistrlik dissertatsiyalari ustida tadqiqotlar olib borishmoqda. Yangi Arxivshunoslik yo'nalishi bo'yicha 2007-2008 oquv yilida 6 ta magistr qabul qilindi.