O'zMU » Xalqaro madaniy aloqalar va san'atshunoslik
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil maxsus qaroriga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti qoshida San'atshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha ilk marotaba san'atshunos-tadqiqotchi, san'atshunos-pedagog, san'atshunos-jurnalist, xalqaro madaniy aloqalar ixtisosliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan bo‘lim tashkil qilindi.
Kafedrada 6 ta asosiy va 0,5 ta o‘rindosh shtatlari mavjud. Ulardan 1 nafari fan doktori, professor; 6 nafari fan nomzodi, dotsent.
Kafedraning kasbiy faoliyati – to‘rt yillik o‘qish muddatida tayyorlanadigan "San'atshunos" bakalavrlik darajasini egalashdan iborat. "San'atshunoslik" yo‘nalishidagi ixtisoslik doirasi faqat san'at olamini har tomonlama, ilmiy-nazariy tahlil etish va targ‘ib etishga qodir mutaxassislar tayyorlash bilan cheklanmay, balki O‘zbekiston Respublikasi milliy madaniyati, san'at turlari bilan bog‘liq xalq milliy qadriyatlarini jahonga tanitish, xalqaro madaniy- ma'rifiy munosabatlar va madaniy aloqalar diplomatiyasi, san'at jurnalistikasi mutaxassislari hamda shu soha bo‘yicha tarbiyachi-murabbiylarni yetishtirib berishdan iborat.
Kafedra tayyorlaydigan mutaxassislik-san'atshunoslik shifri-5210200.
Kafedrada insoniyat ma'naviy-estetik dunyosi bilan uzviy bog‘liq san'atning shakllanish tarixidan tortib, uning XX1 asr odamlari ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi fan predmetlari o‘qitiladi. Chunonchi, badiiy adabiyot, jahon va o‘zbek teatri, musikasi, tasviriy san'ati, amaliy-bezak san'ati, xalq og‘zaki ijodi, etnomadaniyat, o‘zbek va xorijiy tillar, milliy tomosha san'ati kabi an'anaviy predmetlardan tashqari, sahna madaniyati, muzey ishi, tasviriy san'at texnologiyasi singari qator fanlardan bilim-ko‘nikma beriladi.
""Xalqaro madaniy aloqalar va san'atshunoslik" kafedrasida madaniyat va san'atning turli sohalarida ilmiy izlanish olib borayotgan malakali mutaxassis-pedagoglar mehnat qilishmoqda. Kafedraning kelajagi porloq ekanligi jahon hamjamiyatida endigina o‘z mavqyeiga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston madaniyati, san'ati va milliy-ma'naviy qadriyatlariga chet mamalakatlarda ham qiziqishning ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Zero kafedra faqat xalqimiz madaniy hayotini rivojlantirishga xizmat qiladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan cheklanmay, elimizning betakror madaniy-ma'naviy boyligi, milliy qadriyatlar merosini har tomonlama ilmiy-nazariy tadqiq etuvchi olimlar, marabbiylar yetkazishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Kafedrada «San'at jurnalistikasi» ixtisosligi bo‘yicha magistratura ochilgan.
Aspirantura va doktarantura tashkil etilgan.

Kafedrada Oliy o‘quv yurtlari uchun quyidagi o‘quv qo‘llanmalar tayyorlangan:
  1. Абдураҳимов Б. Художественная культура Узбекистана: ХХ век. – Т.,2000.
  2. Абдураҳимов Б., Расултоев Ж., Норбўтаев Й. Ўзбек эстрада қўшиқчилиги: тақлид ва талқин. – Т.,2006.
  3. Абдураҳимов Б. Самарқанд. Альбом. – Т.,2000.


Kafedra iqtidorli talabalari:
  1. Yakubova Malika – A.Navoiy nomidagi stipendiya sovrindori bo’lgan.
  2. G‘oipova Gulshoda – «Fond forum» jamg‘armasining tasviriy va amaliy-bezak san'ati nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rin sohibasi bo’lgan.
  3. Qayumov Hasan – Oliy o‘quv yurtlari orasida qo‘l to‘pi bo‘yicha sport musobaqalarining Oltin medal sohibi bo’lgan.