E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Umumiy ma`lumotlar

universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar

Abiturientlar uchun

yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari

Talabalar uchun

talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik

O`qituvchilar uchun

shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar

Ilmiy faoliyat

ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar

Xalqaro aloqalar

jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish

Madaniy-ma`rifiy faoliyat

madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari

Axborot resurslari

darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari

Internet resurslar

o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari

Bizning faxrimiz

akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar

Universitet muzeylari

noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari

Yangiliklar

fakultetlar va universitet yangiliklari

Yangiliklar
 
|
barcha yangiliklar
Ekologiya va yoshlar

27, 2010


Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlar ishtirokiga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda senatorlar, olimlar, mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari, professor-o`qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar va jurnalistlar ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi raisi H.Razzoqov, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi N.Umarov, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti rektori G`.Muhamedov va boshqalar ekologik muvozanatni barqarorlashtirish va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb vazifalarni hayotga tatbiq etish mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo`nalishini tashkil etishini alohida ta’kidladilar.

Bu yo`nalishda qabul qilingan harakat dasturlari, loyihalar va rejalarda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilishi natijasida atrof-muhitni muhofazalash, bioxilma-xillikni asrash, chiqindilarning tabiatga va inson salomatligiga zararini kamaytirish, iqlim o`zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish borasida sezilarli natijalarga erishilayotir.

Mutaxassislar qayd etganidek, o`tgan asrda tabiatdan foydalanishda yo`l qo`yilgan xatoliklar, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilgani talay ekologik muammolarga sabab bo`ldi. Ushbu noxushliklarni bartaraf etish, tabiatni muhofazalashning samarali usullarini izlab topish va hayotga tatbiq etish ulg`ayib kelayotgan avlod zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklaydi. Bunday vazifalarni hal etishda yuqori malakali, zamonaviy texnologiyalar sirini egallagan, tabiatga mehri baland, zaminimizni e’zozlaydigan iqtidorli, izlanuvchan va tashabbuskor kadrlarning alohida o`rni bor.

O`zbekiston Milliy universiteti ana shunday malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ta’lim maskanlaridandir. Universitetda ushbu yo`nalishda tahsil olayotgan talabalarga o`z sohasiga oid nazariy va amaliy ko`nikmalarni chuqur o`rgatish bilan bir qatorda mamlakatimizda tabiatni muhofazalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish va ekologik muammolarni hal etishda talabalarning faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu maqsadda olimlar va talabalar, mutaxassislar ishtirokida doimiy ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilayotir.

Mazkur anjumanni tashkil etishdan ko`zlangan maqsad ham talabalarning nazariy bilimini amaliy tajriba bilan boyitish, yoshlarni ekologiya yo`nalishida parlamentimiz, tegishli davlat, jamoat, xalqaro tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishtirish va bu sohadagi xayrli harakatlarga ularni jalb etishdan iborat.



 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû