Xujjatlar ruyxati

Abiturient oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

- ta`lim yo`nalishi, o`quv tili, shakli ko`rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta`lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma`lumoti yo`qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo`lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta`lim muassasasi, ta`lim yo`nalishini ko`rsatishlari hamda test sinovlarini o`tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to`g`ri to`ldirish bilan tanishganligi ko`rsatiladi); 
- umumiy o`rta ta`lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi; 
- 086-U-shakl bo`yicha tibbiy ma`lumotnoma;
- pasport (pasport yoshiga etmaganlar uchun tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- maxsus sirtqi bo`lim abiturientlari uchun mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma. 

Qabul komissiyasi
Asosiy korsatkichlar
899 -
6078 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
35 Talim yonalishlari