Nicopa




NICOPA: Aniq qishloq xo`jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar

NICOPA loyihasining asosiy maqsadi aniq qishloq xo`jaligida Geografik axborot tizimi (GIS), BigData, masofaviy zondlash kabi yangi texnologiyalarni qo`llagan holda o`quv dasturlarini modernizatsiya qilishdan iborat. 

Innovatsion o`quv dasturlarini sinovdan o`tkazish va natijalarni tarqatish bo`yicha belgilangan tadbirlar:

Ta`lim dasturlari bo`yicha mavjud o`quv dasturlarini tahlil qilish va yangilash
sohadagi yangi yutuqlar, mehnat bozori talablari va Boloniya jarayoni bo`yicha yangi sertifikatlangan o`quv dasturlarini ishlab chiqish
Loyihadan  kutilayotgan natijalar:
Aniq qishloq xo`jaligida mavjud joriy o`quv dasturlarini ko`rib chiqish va tahlil qilish 
Yangi o`quv texnologiyalaridan foydalanishni o`z ichiga oladigan, jumladan, bakalavriat va magistrlik o`quv rejalari bo`yicha o`quv strategiyasi va ko`rsatmalariga oid kelishuv
Innovatsion ta`lim vositalarini o`z ichiga olgan yangi o`quv dasturlari va transferli modullar to`plami
Boloniya talablariga va amalga oshirilayotgan o`zgarishlarga muvofiq aniq qishloq xo`jaligidagi joriy (bakalavtratura va magistratura) o`quv reja va dasturlarini yangilash
ECTS ni o`z ichiga olgan yangi amaliyotga yo`naltirilgan  transferli o`quv dasturlari ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish va akkreditatsiyadan o`tkazish.
hamkor-davlat oliy ta`lim muassasalarini mehnat bozori bilan aloqasini kuchaytirish. Innovatsion o`quv jihozlari bilan bir qatorda: PAL jihozlangan o`quv laboratoriyasi, VCR sinfi, aniq qishloq xo`jaligini yuritish uchun PASO xizmat ko`rsatish bo`limi. 

Hamkorlar

NICOPA konsortsiumini 16 hamkor tashkilot tashkil etadi. Hamkorlarning tajriba, ko`nikmalari va ishbilarmonliklari loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga asos bo`ladi.

Hamkor

Tashkilot nomi

Akronim

Shahar / Mamlakat

P1

Saken Seyfullin nomidagi Qozog`iston agrotexnika universiteti

KazATU (Koordinator)

Ostana / Qozog`iston

P2

Berlin texnika universiteti

TUB

Berlin/Germaniya

P3

Plovdiv  qishloq xo`jalik universiteti

AU

Plovdiv, Bolgariya

P4

Chexiya agrotexnika universiteti

ČZU

Praga, Chexiya

P5

Kosmik texnologilarni boshqarish va injenering konsalting  byurosi (ECM space technologies GmbH)

ECM

Berlin/Germaniya

P6

 Shokana Ualixanova nomidagi Kokchetov davlat universitet

KDU

Kokchetov / Qozog`iston

P7

M. Kozbaev nimidagi Shimoliy Qozog`iston davlat universiteti

ShQDU

Petropavlovsk / Qozog`iston

P8

S. A. Niyazov nomidagi Turkmaniston qishloq xo`jaligi universiteti

TQXU

Ashxobod / Turkmaniston

P9

Turkmaniston davlat arxitektura-qurilish instituti

TDAQI

Ashxobod / Turkmaniston

P10

Turkmaniston qishloq xo`jaligi instituti

TQXI

Dashovuz / Turkmaniston

P11

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti

O`zMU

Toshkent / O`zbekiston

P12

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

TATU

Toshkent / O`zbekiston

P13

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

TIQXMMI

Toshkent / O`zbekiston

P14

Ilm va fan vazirligi

 

Ostana / Qozog`iston

P15

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi

 

Toshkent / O`zbekiston

P16

Turkmaniston ta`lim vazirligi

 

Ashxobod / Turkmaniston


Loyiha organigrammasi




Qo`shimcha ma`lumot olish uchun ushbu havolani bosing. 



Xalqaro loyiha va grantlar
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari