Devonxona

Devonxona OzMUda ish yuritishning asosiy boshqaruv bolimi hisoblanadi. OzMU hujjatlari hisoboti, ularning yuritilishini belgilangan talablar asosida boshqa bolimlar, fakultetlar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash (rasmiylashtirish, korib chiqish, nazoratdan olish) tartibini olib boradi. Devonxona tarkibiga arxiv kiradi. Devonxona universitet tarkibiga kora togridan togri rektorga boysunadi. 

Devonxonaning asosiy maqsadi ish yuritishning yagona davlat tizimi, xizmat hujjatlarini tayyorlash tartibi haqida amaldagi qollanmalarga asosan OzMU bolim va fakultetlarida tezkor va madaniy ish yuritishning yagona tartibini ornatish hamda ijrosini taminlash; 

Yagona davlat xizmatlari portalidan kelgan nazoratga olinishi kerak bolgan hayat qarorlari, farmoyishlar buyruq va topshiriqlarni royxatga olgandan song, 1b, 2b, 4b kerakli kartochkalar ochish uchun JFS dasturiga kiritib kartochkalar ochish va nazoratga qoyish. Kartochkalarni ijrochilarga tarqatish va muddati kelganda nazoratdan olish, kartochkalarni yigma jildiga tikib borish;

OzMU bolimlaridan, fakultetlardan taqdim etilayotgan hujjatlarning asosliligini, amaldagi qonun va qoidalarga mosligini tekshirish, ularning ijrosini taminlash; 

Devonxona ish faoliyatida toplangan hujjatlar yigma jildi (buyruqlar, farmoyishlar, kirish va chiqish xatlari, qayd qilish kitoblari) tolaligi holda belgilangan muddatda arxivga sifatli holda doimiy saqlash uchun topshirishni taminlash. 

Oz faoliyatini Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining buyruqlari, hayat qarorlarini bajarish va bajarilishining nazoratini tashkil qilishni amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirish; Devonxonaga kelib tushayotgan korrespondentsiyalarni oz vaqtida, ularni toliqliligini tekshirib belgilangan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va rahbariyatga yoki xat yuboriluvchiga etkazish; rahbar rezolyutsiyasidan song hujjatlarning nusxa kopaytirish kerak bolganlarini kopaytirib, nazoratga olish uchun ichki nazorat va monitoring bolimiga yoki ijrochiga etkazib berish; 

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan yozma murojaatlarni qabul qilish, ularni kompyuterda JFC dasturiga kiritib, nazorat kartochkasi ochib, rektorga rezolyutsiya uchun berish, songra ijrochiga ijro uchun etkazish, uning nazoratini olib borish va har oylik murojaatlarni hisobot jadvaliga kiritib borish hamda har chorak yakuni boyicha vazirlikka hisobot berib borish; 

OzMUda ish yuritishning davlat tilida olib borilishini nazorat qilish; 

OzMUdan chiqish xatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va ularni jonatish (aloqa bolimi, kurer orqali, faks va boshqalar orqali); 

Hujjatlar yigma jildini doimiy saqlash uchun arxivga topshirish; 

Ommaviy axborot vositalari bilan rahbariyat va bolimlarni taminlash. 

Qabul kuni: Har kuni 9.00 dan 17.00 gacha, Tushlik 13.00 dan 14.00 gacha, Shanba 9.00 dan 15.00 gacha, yakshanba dam olish kuni 
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari