Hayot faoliyat xavfsizligi

Bo`lim boshlig`i Oxunov Ravshan Zafarovich
Bo`lim boshlig`i,
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon 3152952
Faks
e-mail oxunov_rz@nuuz.uz

“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” BO’LIMINING ASOSIY VAZIFALARI

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv-ta‘lim jarayonida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta‘lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining, me‘yoriy xujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti rektorining buyruq va ko’rsatmalarining ijrosini ta’minlash;
Bo’lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo’qotish usullarini, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni; aholini tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlardan, hamda boshqa halokatlardan himoyalanish usullarini; favqulodda vaziyatlardan zararlangan shikastlanish o’choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o’tkazish usullarini; elektr, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini; favqulodda vaziyatlarda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish qoida va usullarini o’rgatish.
O’zbekiston Milliy universiteti fuqaro muhofazasi bo’yicha rejalarini ishlab chishda va ularni amalga oshirishda, universitet professor-o’qituvchilari va hodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini avariya-qutqaruv ishlarini bajarishga tayyorlashda ishtirok etish.
Oliy ta‘limning davlat ta‘lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani bo‘yicha belgilangan ma‘ruzalar, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta‘lim sifatini ta‘minlash.
Talabalar bilimini nazorat qilish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash.
Darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni va ko‘rgazmali vositalarni tayyorlash.
Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma‘ruzalar bilan ishtirok etishini ta‘minlash.
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta‘minlashda qatnashish.
Bo‘lim o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma‘naviy-ma‘rifiy va tashkiliy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilgor tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish.
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashgulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta‘lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish.
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xissa qo‘shish.
Talabalarning qiziqishlarini e‘tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazilishini ta‘minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta‘minlash, hamda bo‘limni zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlash bo’yicha choralar ko’rish.
Universitet axborot-resurs markazini faoliyat xavfsizligini ta‘minlashga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini monitoring qilish.
Xorijiy hamda respublika ilmiy va ta‘lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” bo’limiga “Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to’g’risidagi Nizom” va “Îliy ta’lim muassasalarining kafĺdralarida ish yuritish tizimini takîmillashtirish yuzasidan Yo’riqnoma”da ko’rsatilgan boshqa vazifalar ham yuklatiladi.


Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari