Tibbiy bo`lim

Bo`lim boshlig`i Rustamova Ra`no Parpievna
Bo`lim boshlig`i,
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +9993 1717010
Faks
e-mail Tibbiyot@nuu.uz

Tibbiy bilim asoslari- bu inson salomatligi to`g`risidagi fan bo`lib ,  inson kamolatining muxim tarkibiy qismini,  xuquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini o`rganadi. Tibbiy bilim asoslari fanining o`quv dasturi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universitetida barcha bakalavriat yo`nalishi uchun ishlab chiqilgan.  



O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov salomatlikni shaxs kamolatidagi axamiyatini ta`kidlab :  Sog`lom avlod deganda,  shaxsan men ,  eng avvalo,  sog`lom naslni,  nafaqat jismonan baquvvat,  shu bilan birga,  ruxiy,  fikri sog`lom,  iymon-e`tiqodi butun,  bilimli,  ma`naviyati yuksak,  mard va jasur,  vatanparvar avlodni tushunaman.  Buyuk davlatni faqat sog`lom millat,  sog`lom avlodgina qura oladi ,  - degan edi.  Prezidentimizning bevosita tashabbusi va raxbarligida mustaqillik e`lon qilingan kundan boshlab uzluksiz ravishda ma`naviy va jismoniy sog`lom avlodni dunyoga keltirish,  tarbiyalash,  xar tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish g`oyasi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.  



Mazkur g`oya sharofati bilan davlat miqyosida bosqichma bosqich maqsadga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazilmoqda.  Bugungi kunda mustaqil O`zbekiston Respublikasi ta`lim siyosatida sog`lom avlod g`oyasini amalga oshirishda quyidagi yo`nalishlarga aloxida e`tibor qaratilmoqda: 

- milliy genofondni saqlash,  milliy mentalitetni kuchaytirish ? 

- jismoniy va ma`naviy jixatdan sog`lom avlodni tarbiyalash ? 

- erkin va mustaqil,  kuchli va sofdil avlodni o`stirish ? 

- iqtidorli va sog`lom fikrli ,  to`g`ri muloxaza yurituvchi erkin yoshlarni tarbiyalash. 



Bu g`oyalar O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan siyosatga ,  ya`ni talabani jismoniy,  psixologik salomatlik asosida sog`lom turmush tarzi ko`nikmalariga o`rgatish ,  organizmining umumiy va reproduktiv salomatligi bilan tanishtirish,  bundan tashqari shaxs va millat salomatligini saqlash va mustaxkamlash yo`nalishiga mos keladi.  Tibbiy tayyorlov fani asosida talabaga inson salomatligiga konstruktiv yoondoshishni o`rgatish orqali salomatlikni saqlash va mustaxkamlashning faol strategiyasini shakllantirish imkoniyati yuzaga keladi.  Tayyorlangan mutaxassislar yuqori ma`naviy fazilatga, ular zimmasiga yuklatilgan mas`uliyatni his qilishga,  tibbiy yordamni ko`rsatishi uchun doimiy tayyorgarlikga ega bo`lishi shart.  



Tibbiy tayyorgarlik kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga bakalavr diplomi bilan birga favqulodda vazziyatlarda tibbiyot hamshirasi malaka unvoni ko`rsatilgan guvoxnoma beriladi. Tibbiy bilim asoslari fanining maqsadi inson xayoti faoliyati irsiy mexanizmlari va zaxiralarini oqilona tadbiqi va muxit ichki va tashqi sharoitlariga uning moslashuvchanligi imkoniyati yuksak darajasini ta`minlashdan iborat. Nazariy jixatdan mazkur munosabatda tibbiy tayyorlovning maqsadi sifatida salomatlikni shakllantirish qonuniyatlarini o`rganish va sog`lom turmush tarzini muvaffaqiyatli modellashtirish yo`llarini ishlab chiqish aks etadi.  Amaliy jixatdan esa tibbiy tayyorlovning maqsadi salomatlikni shakllantirish ,  saqlash ,  mustaxkamlash yo`llari va chora tadbirlarini belgilash bo`lib,  salomatlikni saqlashga mas`uliyatli munosabatni shakllantirishdir.  



Tibbiy tayyorlov fanining predmeti aloxida inson salomatligini oliy xayotiy qadriyat sifatini bildiruvchi kategoriya tarzida o`rganib,  boshqa fanlardan farqli ravishda,  u inson sog`lig`iga moxiyati,  darajasi va sifatini aniqlash mumkin bo`lgan,  anatomik ,  fiziologik,  psixologik va ijtimoiy bashorat qilinadigan mustaqil kategoriya sifatida qaraydi. 

Tibbiy tayyorlov fanining vazifalari quyidagilardan iborat : 

- talabalarda salomatlik darajasi xamda sifatini baxolash metodlariga oid amaliy,  tadqiqotchilik bilim va malakalarini shakllantirish ? 

- salomatlik va sog`lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish ? 

- salomatlikni saqlashga qaratilgan muxit yaratish ? 

- talabalarda tibbiy gigienik madaniyatga oid bilim va malakalarni tarkib toptirish

- onalik va bolalikni muxofazasi ? 

- yoshlarni sog`lom oila qurishga tayyorlash ? 

-favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordamni bera olish ? 

O`zbekiston Respublikasida axoliga tibbiy yordam ko`rsatish va sog`liqni saqlash eng muhim vazifalardan biri xisoblanadi.  Bu davlat va jamoat tadbirlari inson uchun qulay muxit,  mexnat va turmush sharoiti yaratish.  Aholini salomatligini himoya qilish ho`jaligida globalashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida hal qiluvchi ahamiyatga kasb etmoqda.  Shu yo`nalishlariga bog`liq amaliy faoliyat uchun nazariy uslubiy va ilmiy asoslarni mustahkamlashga xizmat qiladi.  



Bu esa ushbu fani o`rganishning amaliy ahamiyatini o`zida aks etiradi.  Ushbu fan Oliy o`quv yurtlari talabalaridan Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi uchun tibbiy hamshiralarini tayyorlashga mo`ljallangan.  Unda odam anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari,  bemorlarni umumiy parvarish qilish,  zaxarlovchi moddalardan,  radiatsiya nurlaridan zararlanish va ulardan himoyalanish,  yuqumli kasalliklar va epidemiologiya asoslari,  jarrohlik kasalliklarida va jaroxatlanishda tibbiy yordam asoslari va ichki kasalliklarda shifokorgacha yordam ko`rsatish yo`llari,  onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bayon etilgan. 
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari