Magistratura

Bo`lim boshlig`i Majidov Nurali Maxmudovich
Bo`lim boshlig`i, iqtisodiyot fanlari nomzodi
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +99871 227-17-23
Faks
e-mail nmajidov70@mail.ru
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida magistratura ta`limi 1999-yildan yo`lga qo`yilgan bo`lib, dastlab Magistratura markazi sifatida faoliyat yuritgan, keyinchalik Magistratura bo`limiga aylantirilgan. Bugungi kunda Magistratura bo`limi ikki shtat birligida (bo`lim boshlig`i va uslubchi) faoliyat yuritmoqda.
Magistratura bo`limi universitetda magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtiradi, u kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:
magistrlar tayyorlash bo`yicha o`quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta`lim va o`qitish sifatini nazorat qilishga ko`maklashishni; 
o`quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
barcha fakultetlarning magistrlar tayyorlash bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
magistrlarni o`qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta`minlaydi.
Magistraturada ta`lim jarayoni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to`g`risida Nizom, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan magistratura mutaxassisliklari o`quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etilib kelinmoqda.
O`zbekiston Milliy universiteti magistrantlariga yuqori malakali professor-o`qituvchilar: akademiklar, fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo`lgan olimlar, shuningdek, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida boy ish tajribaga ega bo`lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan.
O`zbekiston Milliy universiteti magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari banki O`zMUning etakchi professor-o`qituvchilari, O`zFAning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari tavsiyasi asosida yaratilgan bo`lib, zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish muammolariga bag`ishlangan dolzarb mavzulardir.
Magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovka o`tash O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirining 30.11.2015 yil 9-2015 sonli Oliy ta`lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o`tash tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash to`g`risidagi buyrug`i asosida tashkil etilmoqda. 
O`qitishning zamonaviy texnik vositalarga muvofiqligi va ilmiy adabiyotlar bilan ta`minlashni yo`lga qo`yish, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o`quv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etish, ta`lim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushini oshirish maqsadida magistrlik dissertatsiya ishlari himoyalarini aksariyat qismini O`zFA va buyurtmachi tashkilotlarda o`tkazish rejalashtirilgan.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari