Marketing va talabalarni ishga joylashtirish

Bo`lim boshlig`i Dumaev Fayzulloxon Suvanxanovich
Bo`lim boshlig`i,
Qabul Seshanba-Payshanba, 10:00-12:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +998712468343
Faks
e-mail marketing_nuuz@mail.ru
  Bo`lim o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Milliy Universitetining 2007 yil 27 martdagi 01-155-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan Marketing bo`limi to`g`risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

-universitetda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlar ehtiyojlarini o`rganish;

ta`lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko`maklashish, yosh mutaxassislarga bo`lgan talab ko`rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlari uchun real buyurtmalar portfelini shakllantirish;

mehnat bozori konyukturasini o`rganish, qabul ko`rsatkichlariga taklifni iste`molchilarning bitiruvchilarga bo`lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontengenti, talabalar to`lov-kontraktini rasmiylashtirish va monitoringini olib borish;

yangi yo`nalishlar yoki mutaxassislikalar bo`yicha takliflar va aksincha vaqt talabiga, bozor iqtisodiyotiga javob bermaydiganlarini tugatish va boshqa universitet bilan bog`liq sohani rivojlantirishda ishtirok etish.

2018-2019 o`quv yilida 1881 nafar bitiruvchilar, shundan 1458 nafari (429 nafar grant va 
1029 nafar to`lov kontrakt asosida) bakalavriat yo`nalishlari bo`yicha hamda 423 nafari (139 nafar grant va 284 nafar to`lov-kontrakt asosida) magistratura mutaxassisliklari bo`yicha tamomlaydi.

2017-2018 o`quv yilida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini bitirgan yosh mutaxassislarni ish bilan bandligi ko`rsatkichlari tarmoqlar va sohalar kesimidaga statistik ma`lumot.

2018-2019 o`quv yilida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining yo`nalishlar va mutaxassisliklar bo`yicha yillik to`lov kontrakt summalari.

Marketing va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo`limi tarkibi:

1.      Bo`lim boshlig`i;
2.      Iqtisodchi;
3.      Yosh mutaxassislar bilan ishlash bo`yicha 1-toifali mutaxassis;
4.      To`lov-kontrakt bilan ishlash bo`yicha inspektorlar;
5.      Kompyuter texnologiyalari bo`yicha 1-toifali muhandis.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari