Ma`naviyat va ma`rifat iqtidorli talabalar bilan ishlash

Bo`lim boshlig`i Xidirov Abror Mo`minovich
Bo`lim boshlig`i,
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon
Faks
e-mail
Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o`rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug`lashga, jismonan sog`lom, aqlan etuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo`naltirilgan uzoq muddatli, keng ko`lamli ma`naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyruqlari hamda universitet ichki tartib-qoidasi va ushbu bo`lim Nizomiga binoan faoliyat ko`rsatadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma`naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g`oyalar ta`siridan himoya qilish hamda mustaqil O`zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Ma`naviy-ma`rifiy va tarbiya ishning asosiy yo`nalishlari:

talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O`zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas`uliyatni oshirish;
talabaning shaxs sifatidagi, o`ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o`qishga va kasbga bo`lgan hurmat va ijtimoiy mas`ullik hissini keng targ`ib qilish;
talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko`nikmalarni kengaytirish;
talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta`magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
talaba yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
manzillashgan ma`naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ`ib etish;
- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo`lga qo`yish;
- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ`ibotiga bag`ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
- talabalarning ma`naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko`maklashish;
- universitetda ma`naviy, ma`rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, bu borada zarur me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta`minlash;
- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste`dodini yuzaga chiqarishga ko`maklashish
- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
- yoshlar ma`naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko`maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
- Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining shahar, tuman bo`limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg`armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.

Universitetdagi ma`naviy-ma`rifiy ishlarni bevosita yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari