Fakultetlar

  • Matematika
  • Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining Matematika fakultetiga 1918 yilda asos solingan. V.I. Romanovskiy (1879-1954), T.A. Sarimsoqov (1915-1995), S. X. Sirojiddinov (1920-1988) va M.T. O`rozboev (1906-1980) kabi olimlar fakultet faoliyatida, jumladan, ilmiy tadqiqot ishlarining shakllanishida katta xizmat qilganlar.

  • Fizika
  • Universitet tashkil etilgan dastlabki yillardayoq fizika fanini o`rganishga asos solingan bo`lib, fizika-matematika fakulteti tarkibida fizika, astronomiya, mexanika, geofizika yo`nalishlarida talabalarga ta`limi bo`yicha tahsil berish bilan bir qatorda fizikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. O`rta Osiy Davlat universiteti rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyrug`iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajralib, fizika fakulteti mustaqil faoliyat ko`rsata boshladi.

  • Biologiya
  • Biologiya fakulteti Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti tarkibidagi eng keksa, obro`li va nufuzli fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet o`tgan asrning 30-yillarigacha fizika-matematika fakultetining bo`limi sifatida faoliyat ko`rsatgan. 1931 yildan boshlab esa universitetda alohida biologiya-tuproqshunoslik fakulteti tashkil etilib, 2015 yildan Biologiya fakulteti deb nomlangan.

  • Kimyo
  • 1921 yilda Turkiston davlat universiteti qoshida kimyo instituti tashkil etilgan va bu institut universitetning beshta fakultetiga kimyo fanlaridan dars olib borgan. 1926 yilga kelib ushbu institut kimyo bo`limiga, 1930 yilda esa O`rta Osiyo dalat universiteti tarkibida kimyo fakulteti tashkil etilishiga asos bo`ldi.

  • Iqtisodiyot
  • O`zbekiston Milliy universitetiIqtisodiyot fakulteti yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo`lgan infratuzilmaga, ya`ni, o`quv binolari va auditoriya fondi, o`quv laboratoriya bazasi, o`qitishning texnik vositalari, kompyuter zallari, talabalar turar joyi, 35 mingdan ortiq nusxada kitob fondi bo`lgan kutubxonaga ega.

  • Ijtimoiy fanlar
  • Ijtimoiy fanlar fakulteti (1991 yilgacha Falsafa-iqtisod fakulteti, 1991-2014 yilgacha Falsafa fakulteti) 1979 yilda tashkil etilgan va 2014 yildan Ijtimoiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlagan. Fakultet tarkibida dastlab falsafa, psixologiya, iqtisod, siyosatshunoslik bo`limlari faoliyat olib borgan.

  • Tarix
  • Tarix fakulteti 1935 yilda tashkil etilgan bo`lib, unda Qadimgi dunyo tarixi, O`rta asrlar tarixi va Yangi zamon tarixi kafedralari faoliyat olib borgan. Uning tarkibiga keyinchalik "Arxeologiya", "O`rta asrlar va yangi tarix"(keyinroq "Jahon tarixi"), Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik, Etnologiya kafedralari ham kirdi.

  • Geologiya va geoinformatsion tizimlar
  • Dastlab geolog mutaxassislar 1918-1919 yillarda Musulmon Halq dorilfununining keginchalik Turkiston Xalq universitetining tabiiy bo`limidagi Geologiya kabinetida tayyorlangan. 
    1920-yilning sentyabr oyidan boshlab geolog mutaxassislar fizika-matematika fakultetining tabiiy bo`limida tayyorlandi.

  • Geografiya va tabiiy resurslar
  • Fakultet 1920 yilda Turkiston davlat universitetining Harbiy fakulteti tarkibida Turkiston geografiyasi va Geodeziya kafedralari sifatida o`z faoliyatini boshlagan.
    Universitetda oliy ma`lumotli geograf-mutaxassislar tayyorlash, garchi 1935 yildan boshlangan bo`lsada, o`lkamiz tabiati, aholisi hamda xo`jaligini geografik jihatdan o`rganish muammolari bu universitet faoliyatining ilk davridanoq muvaffaqiyatli hal etila boshlagan.

  • Xorijiy filologiya
  • Xorijiy filologiya fakulteti Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining nufuzli fakultetlaridan biri. Xorijiy filologiya fakultetiga 1962 yilda asos solingan. Fakultetning nomi Roman - german filologiyasi deb yuritilgan,Rus filologiyasi fakulteti 1943 yilda universitetning o`zbek filologiyasi fakulteti tarkibida tashkil topgan.

  • Jurnalistika
  • 1949 yilda O`rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida jurnalistika bo`limi ochildi. 1967 yilda bo`lim fakultet maqomiga ega bo`ldi. Tarix fanlari doktori, professor To`g`on Ernazarov Jurnalistika fakultetining birinchi dekani etib tayinlandi. 1999 yilda fakultetning bakalavriat yo`nalishidagi ilk bitiruvchilari o`qishni tamomladilar. 2001 yilda fakultetning magistratura mutaxassisligi ilk bitiruvchilari o`qishni bitkazdilar. 2001 yilda fakultetda raqamli va analog teleradiostudiya va mini-tipografiya, axborot-resurs markazi ochildi.

  • Taekvondo va sport faoliyati
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi Mirzo Ulug`bek nomidagi Milliy universiteti tarkibida Taekvondo va sport faoliyati fakultetini tashkil etish to`g`risidagi PQ-3390-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 yanvardagi 78-F farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tashkil etildi.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari