Biologiya

Dekan Abdraxmanov Toxtasin
Dekan, Qishloq xo`jalik fanlari nomzodi
Qabul Dushanba-Juma, 14:00-15:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +99871-227-15-44
Faks
e-mail soilecology@yandex.ru
Biologiya fakulteti Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti tarkibidagi eng keksa, obro`li va nufuzli o`quv maskanlaridan biri hisoblanib, dastlab bu fakultet biologiya-tuproqshunoslik nomi bilan atalgan. Fakultet va uning kafedralari o`tgan asrning 30-yillarigacha fizika-matematika fakultetining bo`limi sifatida faoliyat ko`rsatgan. 1931 yildan boshlab esa universitetda alohida Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti tashkil etilgan.
Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti pedazoologiya ilmiy yo`nalishi va maktabini yaratgan professor A.L. Brodskiy,  umurtqali hayvonlar zoologiyasining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan olim, akademik T.Z Zoxidov,  botanika fanini rivojlantirishga xizmat qilgan olim I.A.Raykova, Gidrobiologiya va ixtiologiyaning etuk olimi N.A. Keyzer, genetika fanini rivojlantirishga va kadrlar tayyorlash bo`yicha sezilarli samaraga erishgan P.B. Azizov, zoologiya fanining rivojlanishiga katta xissa qo`shgan Q.N. Najimov, gidrobiologiya va ixtiologiya kafedrasini rivojlanishiga alohida xizmat qilgan G`.K. Komilov, odam va hayvonlar fiziologiyasi soxasini rivojlantirishga o`z hissasini qo`shgan olim H.Q. Hamroqulov, respublikamizda fitogelmintologiya soxasining rivojlantirgan olim A.T. To`laganov, shuningdek, G`.K. Komilov, M.N.Valixanov, B.Z. Zaripovlar dekan lavozimlarida faoliyat yuritgan. 
Shuningdek, odam va hayvonlar fiziologiyasi soxasini rivojlantirishga katta hissa qo`shgan olim M.S. Ergashev,  tuproqshunoslik va agroximiya soxalarini rivojlantirishda muhim xizmat qilgan olim T.A. Abdraxmonov, va umurtqasizlar zoologiyasi sohasini yanada rivojlanishiga katta hissa qo`shgan B.A. Mo`minov, O.K. Raximov, botanika va o`simliklar fiziologiyasi sohasi taraqqiyotida muhim o`rin tutgan A.S. Yo`ldoshev,  mikrobiologiya soxasini rivojlanishi uchun o`z xissasini qo`shgan V.B. Fayzievlar dekan lavozimlarida ishlaganlar va fanning alohida alohida tarmoqlarining rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shganlar.
2015 yildan Biologiya fakulteti deb nomlangan.  
2016 yildan hozirgi kungacha fakultetda P.N. Piraxunova dekanlik lavozimida ishlab kelmoqda
Bu maskandan ko`plab professorlar, akademiklar etishib chiqqan. Biologiya fakultetining tarixi undagi kafedralar bilan chambarchas bog`liq bo`lib, har bir kafedra o`zining tarixi va  ilmiy maktablariga ega. 
 Fakultet tashkil etilgandan beri Mustaqil O`zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari ilmiy muassasalari, tibbiyot maskanlari, xalq ta`limi va xalq xo`jaligi uchun 12 mingdan ortiq oliy ma`lumotli etuk biolog, ekolog  va tuproqshunos-agrokimyogar bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan respublikadagi etakchi fakultetlardan biri hisoblanadi.


FAKULTETDA FAOLIYaT KO`RSATGAN KAFEDRALAR: 

Biokimyo kafedrasi 1962 yil Yo.X.To`raqulov tashabbusi bilan O`zbekistonda ilk bor ToshDUda Biokimyo va biofizika kafedrasi tashkil etildi. Kafedra ilmiy-tadqiqot yo`nalishi: Hujayra metobolizmga  o`simlik tabiatli biologik faol modddalar ta`sir mexanizmini o`rganishga yo`naltirilgan.
Fiziologiya va biofizika kafedrasi 1929 yil A.I.Izrael asos solgan. Kafedra ilmiy-tadqiqot yo`nalishi: Organizmdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga biologik faol moddalarning ta`sir mexanizmini  o`rganish, Past chastotali elektr magnit maydonining o`simlik va mikroorganizmlarga boshqaruvchi ta`sir ko`rsatish mexanizmini o`rganishga yo`naltirilgan.
Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 1938 yilda universitetda Tuban o`simliklar kafedrasi sifatida akademik Raykova I.A. tomonidan tashkil qilingan. Kafedra ilmiy-tadqiqot yo`nalishi: Biologik faol moddalar olishning resurs tejovchi va raqobatdosh texnologiyalarini yaratish, ularning qo`llanilishining nazariy va amaliy aspektlari, Toshkent viloyati mikroflorasiga antropogen omillarni ta`sirini o`rganishga yo`naltirilgan.
Genetika kafedrasi 1920 yil P.A.Baranov tomonidan tashkil qilingan. Kafedra ilmiy-tadqiqot yo`nalishi: Marker selektsiyasi samarasini oshiruvchi usullarni ishlab chiqish maqsadida morfologik markerlar belgilarini  yuqori va sifatli tola hosili va tezpisharligi, g`o`zani kasalliklari va entomo zararkunandalarga immuniteti genetikasi ni o`rganishga yo`naltirilgan.
Zoologiya kafedrasi- 1920 yilda A.L Brodskiy tashabbusi  bilan tashkil etilgan. Kafedra ilmiy-tadqiqot yo`nalishi: O`zbekiston hayvonot olamining bioxilma-xilligi va ularni saqlash muoammolari ni o`rganishga yo`naltirilgan.
Botanika va o`simliklar fiziologiyasi kafedrasi 1924 yil M.G.Popov asos solgan. Kafedra ilmiy-tadqiqot yo`nalishi: G`arbiy Tyan-Shan o`simlik qoplami, yangi va noananaviy navlarning fiziologik va biokimyoviy xossalarini o`rganishga yo`naltirilgan.
Ekologiya kafedrasi- 1990 yildan boshlab Ekolog mutaxassislarini tayyorlash maqsadida Gidrobiologiya va Ixtiologiya kafedrasi,   keyinchalik  Ekologiya deb nomlangan. Kafedra ilmiy-tadqiqot yo`nalishi: Respublika sharoitiga texnogen buzilgan tuproqlar ekosistemalarni tiklash. O`simliklar tuzga chidamliligini ilmiy asoslash va tuproqni tuzsizlantiruvchi istiqbolli o`simliklarni o`rganish ga yo`naltirilgan.
Tuproqshunoslik kafedrasi 1935 yilda universitetning Geologiya-geografiya fakulteti tizimida tashkil topgan. Keyinchalik Biologiya tuproqshunoslik fakulteti tizimiga o`tgan. Kafedra ilmiy-tadqiqot yo`nalishi: O`zbekiston tuproqlarini genezisi, geografiyasi, evolyutsiyasi va agromeliorativ xossalari, ularni tiklash, saqlash yo`llari bilan unumdorligini oshirish va himoyalash ga yo`naltirilgan.
Hozirgi kunda fakultetda  jami 692 nafar (3 ta bakalavr talim yo`nalishlarida 537 nafar, 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha 101 nafar, sirtqi ta`lim bo`yicha 54 nafar) talabalar tahsil olmoqda.

ILMIY FAOLIYaT

Fakultet tarkibida hozirgi kunda 8 ta kafedra, 4 ta ilmiy laboratoriya va AGROEKOBIO texnologiya markazi, axborot pecupc markazi va o`quv zallari mavjud. Fakultet qoshida G`o`za genetik liniyalarining dunyoda yagona kollektsiyasi va Zoologiya muzeyi tashkil etilgan. Zoologiya muzeyining kollektsiyasi fondiga 22 mingdan ortik 600 turga mansub qushlar, 1,5 ming sut emizuvchilar namunasi, 700 dona qushlar uyasidan olingan tuxumlar va katta miqdordagi xasharotlar namunalari kiradi. 
  
Fakultet Mustaqil O`zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari uchun oliy ma`lumotli etuk biolog, ekolog, tuproqshunos-agrokimyogar, biokimyogar, biofizik, genetik va ixtiolog kabi mutaxassislar tayyorlaydi. Fakultetda hozirda 5140100-Biologiya (turlari buyicha), 5141000- Tuproqshunoslik, 5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta`lim yo`nalishlari va uning negizida 12 ta mutaxassislik bo`yicha magistrlar tayyorlanmoqda. 

ILMIY MAKTABLAR

Fakultetda bir qancha ilmiy maktablar shakllangan bo`lib, O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Yo.X.To`raqulov o`zining biokimyo ilmiy maktabini yaratish bilan respublikada biokimyo soxasining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan,  o`zinig serqirra faoliyatini hozirgi zamonaviy biologiya va tibbiyot fanlarining o`zaro uyg`unlashtirib samarali faoliyat yuritishni ta`minlab turgan biokimyo, molekulyar biologiya, endokrinologiya kabi o`ta muhim sohalarni rivojlantirishga baxshida etdi. Buning samarali natijasi ila O`zbekistonda biokimyo ilmiy maktabi shakllandi.

1963 yilda O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Oybekovich Toshmuxamedov o`zining ilmiy va pedagogik faoliyatini shu fakultetdan boshlagan. O`rta Osiyo zaharli ilonlarining zaharini  kimyoviy tadqiq etish va g`o`za biokimyosi hamda fiziologiyasiga oid ilmiy-amaliy mavzulardan iborat bo`lib, biokimyo maktabida ish boshlagan taniqli olim B.O.Tashmuhamedov o`tgan asrning 80-yillariga kelib O`zbekiston biofizika ilmiy maktabini yaratishga muvaffaq bo`ldi. Uning ilmiy maktabining davomchilari hozirda akademik T.F. Oripov  rahbarlik qilayotgan Bioorganik kimyo instituti biofizika guruhini xaqli ravishda ushbu maktabga kiritish mumkin. Unda professor B.A. Salaxutdinov va bir qator  iqtidorli olimlar- M.V. Ionov, R. Ziyatdinova, P.G.Kasimbetovlar samarali faoliyat ko`rsatmoqdalar. Biofizika maktabining vakillari Bioximiya institutida (L.Ya.Yukelson, E.E. Gussakovskiy, A.V. Shkinyov va boshqalar), Zoologiya va parazitologiya institutida xam (R.N. Axmerov, I. Kazakov, Sh.R. Madiyorov) o`z tadqiqotlarini olib borib, hozirgi kunda munosib shogidlar  tayyorlashmoqda.

1935-1981 yillardan Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasiga  zoolog- olim,  Tesha Zoxidovich Zoxidovning   ilmiy maktabi xozirgachan davom etib kelmoqda. T.Z.Zoxidov O`zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Beruniy nomli Davlat mukofoti sovrindori, Respublikada Xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi. Juda ko`p ilmiy asarlar muallifi, jumladan Priroda i jivotny mir Sredney Azii Toshkent, 1969. Tom 1; Priroda i jivotny mir Sredney Azii Toshkent, (1906-19811971. Tom 2;Biotsenoz pustni Kzlkum Toshkent, 1971;EntsiklopediyaSutemizuvchilar 1960.Tom1;Sudralib yuruvchilar 1969. Tom 2; Baliqlar 1979. Tom 3; Qushlar 1987. Tom 1;Zoologiya entsiklopediyasi kabi  darsliklari avval kirill, keyin lotin alifbosida bir necha marotoba chop etilgan.
Jo`ra Azimboevich Musaev  asos solgan g`o`za genetikasi ilmiy maktabi g`o`za genetikasining fundamental va amaliy muammolari bo`yicha olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo`nalishlaridan biri xisoblanib,  G.hirsutum L. g`o`za turiga mansub genetik kollektsiya liniyalarida sifat-nishonli belgilarning irsiylanishi va rivojlanishini ta`min etuvchi genlar faoliyati va o`zaro ta`siri qonuniyatlari o`rganildi.
 
Mirzaatxam Mirzaxakimovich Raximov fermenget geterogen fermentativ katalizining fundamental va amaliy aspektlarini o`rganish bo`yicha ilmiy maktab yaratgan olim. 1969 yilda  M.M.Raximov Geterogen va membrana tizimlarida faoliyat ko`rsatuvchi fermentlarning faol markazlari, oddiy gomogen katalizda faolligini namoyon etadigan fermentlarning faol markazidan farq qiladi degan gipotazani ilgari surgan va keyingi ishlarida bu fikrlarning eksperimental tasdig`ini olishga muyassar bo`lgan. Professor M.M.Raximov O`zbekistonda Biotexnologiya fanini kirib kelishiga asos solgan olimlardan biri bo`lib, O`zbekiston Milliy universitetida  Biologiya fakultetida ko`p yillar faoliyat olib borgan. Toshkent Farmatsevtika Institutida, Toshkent Davlat Agrar Universitetilarida,  Biotexnologiya kafedralarini ochilishiga bosh bo`lgan olim.
Universitetda 1920 yilda Geobotanika va tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining  tashkil topishi ilmiy maktablarga asos bo`ldi va professorlar N.A.Dimo, M.A.Orlov, tadqiqotchi olimlar N.B.Bogdanovich, M.A.Pankov, D.M.Klavdienkolar  ishtirokida O`zbekiston, Qoraqalpog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston kabi mamlakatlarning sug`oriladigan erlari mukammal o`rganildi, tuproq xaritalari tuzildi va o`sha davrda qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratilgan dehqonchilik tizimini vujudga kelishiga asos bo`ldi.
M.A.Orlov,  S.N.Rijov, X.A.Abdullaev, L.T.Tursunov, T.S.Zakirov, V.U.Sayfutdinova, J.S.Sattarov, X.X.Tursunov, B.D.Mixaylov, Q.G`ofurov, V.V.Valiev, L.Salkova, N.Kavxoyants, N.Yakubov, A.Niyozov, A.Nazarovlar  cho`l zonasi va bo`z tuproq poyasi xududi erlari unumdorligini madaniy holatini baholashda,   tuproqlar va tuproq hosil qiluvchi yotqiziqlarining mineralogik tarkibi, tog` va tog` oldi tuproqlarining eroziyaga uchrashi va unga qarshi kurashishda fizikaviy, suv-fizikaviy, fizik-mexanik xossalar va gumus holati ta`siri kompleks o`rganishga katta xissa qo`shib, qator ilmiy maktablarga asos solingan.
Ayni vaqtda ilmiy maktablarning davomchilari sifatida   akademiklar  M.Mavloniy, A.Abdullaev, R.Sobirov, J.Azimov, J.S.Sattarov,  B.A.Toshmuxamedov, T.Aripov, A.Abdukarimov, B.Z.Zaripov, professorlar  S.Dolimova, M.Abdullaeva, L.S.Kuchkarova, Q.D.Davronov, L.G`afurova,  Q.S.Davronov, X.X.Tursunov, A.Vaxobov, S.A.Abdullaev, U.Z.Mirxodjaev, dotsentlar T.Abdraxmanov, R.Igamnazarov, X.Eshova M.Faxrutdinova, B.Mo`minov va boshqalar faoliyat yuritishmoqda.

MA`NAVIY-MA`RIFIY FAOLIYaT

Tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida ajdodlarimiz ma`naviy merosini o`rganish bilan bir qatorda, yoshlarimizga o`z zamondoshlarimizning hayot yo`li bilan tanishtirish uchun uchrashuvlar o`tkazilib, ularga havas qilish, namuna olishga o`rgatmoqda. Har oyda fakultetda va biriktirilgan talabalar turar joyida respublikaning mashhur san`atkorlari, olimlari, shoir va shifokorlari bilan turli mavzularda davra suhbatlari o`tkaziladi.  
  
Shuningdek talabalarning Quvnoqlar va Zukkolar ko`rik tanlovi, Zakovat musobaqasi, Gullar bayramitadbirlarini o`tkazish an`anaga aylangan. Fakultetda har yili Navro`z bayrami nishonlanadi. Shuningdek xotin-qizlar kengashi ham talaba qizlarning urf-odatlarga rioya qilishi, odob-axloqi bo`yicha tadbirlar o`tkazadi. Ilgari fakultetda ishlagan ayni paytda nafaqadagi professor o`qituvchilarning Mehr ko`zda ruknida uylariga boriladi. Ularning ahvolidan xabar olinadi.

HAMKORLIK ALOQALARI

Fakultetning xorijiy universitetlar bilan aloqasi ham keng yo`lga qo`yilgan. Jumladan, Tuproqshunoslik kafedrasida Erasmus Mundus dasturi doirasida 2010-2017 yillarga mo`ljallangan Central Asia Student International Academic exchange with European Union - CASIA xalqaro loyihasi bo`yicha universitetning  professor-o`qituvchilari, magistr talabalari Evropaning nufuzli Wageningen University, The Netherlands, Universitat fiir Bodenkultur, Austria, University of Hohenheim, Germany, Czech University of Life Sciences, Czech Republic, Slovak University of Agriculture, Slovak Republic, The Swedish University of Agricultural Sciences, Sweden, Universidad de Granada. Spain universitetlarida o`qish va stajirovkada bo`lib qaytishdi. 
  
Ayni vaqtda esa Evropa loyihasi a`zosi Erasmus + Key  Aktion 1-Mobilitey for learners  and staff Higher Education Student and Staff  Mobility xalqaro granti doirasida Evropa universitetlari bilan akadem almashinuvga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. Bundan tashqari Rossiya, Polsha, Chexiya, AQSh kabi davlatlarning nufuzli universitetlarining olimlari fakultetga kelib ilmiy ma`ruzalar o`qishlari yo`lga qo`yildi. 

YO`NALISh MUTAXASSISLIK VA IXTISOSLIKLAR

Bakalavriyat -  o`qish muddati 4 yil

Yo`nalishlar:

5140100- Biologiya
5141000- Tuproqshunoslik
5630100- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Magistratura o`qish muddati 2 yil 

Mutaxassisliklar:

5A140101- Biologiya (fan  yo`nalishlari bo`yicha)
5A140102- Mikrobiologiya va virusologiya
5A140103- Ixtiologiya va gidrobiologiya  
5A140104- Biotexnologiya
5A140105-  Biofizika 
5A140106-  Biokimyo 
5A140107-  Genetika 
5A141001-  Tuproqshunoslik 
  5A141002-  Eksperimental agrokimyo  

Doktorant va tayanch doktorant o`qish muddati -3 yil

Ixtisosliklar:
03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya
03.00.05 - Botanika
03.00.06 - Zoologiya
03.00.09 - Umumiy genetika
03.00.10 Ekologiya, 03.00.13 - Tuproqshunoslik

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari