Geodinamika va tektonika kafedrasi

Geodinamika va tektonika kafedrasi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi Ozbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisi dagi PQ 2527-son Qarori hamda Universitet Kengashining navbatdan tashqari majlisining 2016 yil 14 maydagi 10-sonli qarori asosida 2016 yil 28 avgustda tashkil etilgan. Kafedra Ozbekiston Respublikasining ilmiy markazlari va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi 5140800- Geologiya va 5140900-Geofizik tadqiqot usullari ixtisosligi boyicha kadrlar tayyorlashda quyidagi fanlardan;

bakalavriatlar 5140800-Geologiya yonalishi Geologiya kafedrasi talabalari uchun umumiy geologiya, stratigrafiya asoslari, geotektonika, geotektonika va Orta Osiyo geologiyasi, strukturaviy geologiya va geologik xaritalash, yirik miqyosli geologik xaritalash, tortlamchi davr geologiyasi va geomorfologiyasi, Geologiyada razvedka ishlari va xavfsizlik texnikasi, geologiyada aerokosmik usullari;

5140900-Geofizika yonalishi Geofizika tadqiqot usullari kafedrasi talabalari uchun strukturaviy geologiya va geologik xaritalash, geotektonika va Orta Osiyo geologiyasi fanlaridan maruza, amaliyot va laboratoriya mashgulotlarini olib borishi belgilab qoyilgan.

5A140801-Umumiy va xududiy geologiya, 5A140806-Geologik semka va foydali qazilma konlarini qidirish mutaxassisliklari boyicha magistratura talabalariga Geodinamik tadqiqot usullari, maxsus fanlarni oqitish metodologiyasi fanlari boyicha yuqori malakali professor-oqituvchilar maruza va amaliy mashgulotlar olib boradi.

            Xalqaro ilmiy markazlar bilan aloqalarni jonlashtirish taraddudlari korilyapti. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari boyicha yigirmadan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar elon qilindi. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari geologik oquv jarayonida ham tadbiq qilinib kelinmoqda.

Kafedra professor-oqituvchilari tarkibi togrisida malumot.



F.I.Sh.

Lavozimi

Ilmiy darajasi

Shtat



1

Ashirov M.B.

dotsent v.b. kaf.mud

g.-m.f.n.

1.0

2

Toychiev X.A.

prof.

g.-m.f.d.

1.0

3

Abduvaxobov A.

K.oqituv

-

1.0

4

Moyliev M.Sh

oqituvchi

-

0.75

5

Nurxodjaev A.Q.

dotsent

g.-m.f.n.

0,5

Jami

4.25


Geodinamika va tektonika kafedrasining oquv-yordamchi xodimlar royxati. Komilova H.H.kabinet mudiri vazifasi kafedradagi barcha meyoriy va boshqa ish yuritilishi hujjatlari bilan ishlash,  kompyuterda ishlash, kafedra faoliyatiga taaluqli xar xil jadvallarni rasmiylashtirish, buyruqlar va topshiriqlarni bajarish, kafedra mudirining turli topshiriqlarini bajarish va kafedra mudirining xonasidagi tartib va tozaligiga javob berish.

Geodinamika va tektonika kafedrasi talabalarining oquv-dala va ishlab-chiqarish amaliyotlari

         Kafedramiz professor-oqituvchilari talabalarining oquv dasturlarida korsatilgan amaliyotlarini otashida faol ishtirok etishadi. Jumladan; 1 kurs talabalari uchun umumiy geologiya fanidan oquv-dala amaliyoti 2017 yil  16 iyundan 14 iyulgacha va 2 kurs talabalari strukturaviy geologiya va geologik xaritalash fanidan  oquv-dala amaliyotini 2017 yil 17 iyundan 29 iyulgacha Oqsoq-Ota dala amaliyot poligonida 144 soat hajmida  otkazadilar. 3 kurs talabalari  ishlab chiqarish amaliyotini Ozbekiston Respiblikasi Geologiya Davlat qomitasi tasarrufidagi geologik tashkilotlarda, NTKMK tarkibidagi Qimmatbaxo metallar va uran geologiyasi IIM tasarrufidagi karxonalarda va OTKMK korxonalarida otkazadilar. Kafedra professor-oqituvchilari asosan Geologiya kafedrasi bakalavr va magistr mutaxassisligi yonalishi talabalariga mustaqil ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashlariga ilmiy rahbarlik qilishadi.  Kafedra professor-oqituvchilari rahbarligida  yiliga 20 nafar talabalar Bitiruv malakaviy ishlarini hamda 2 nafar magistr dissertatsiya ishlarini ximoya qiladilar. Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda talabalar Ozbekiston Davlat Geologiya Qomitasi tasarrufidagi korxonalar,  Navoiy tog-kon metalurgiya kombinati NTKMK DK, Olmaliq tog-kon metalurgiya kombinati OTKMK DK va Geologiya va gafizika institutlarida ishlab chiqarish amaliyoti  malumotlari va boshqa materiallari hamda fondlar xisobotlaridan foydalanishadi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarining umumiy tafsifi

        Yuqorida qayd qilingan ilmiy tadqiqotlarning ustivor yonalishlariga mos holda kafedra va laboratoriyada xisobot yilida umumiy summasi 150 mln. bolgan 1 ta davlat granti boyicha ish olib borilmoqda: 

OT-F8-03. Izuchenie evolyutsii i otsenki stepeni izuchennosti sovremennx i iskopaemx pochv chetvertichnogo perioda Uzbekistana magnitometricheskim metodom s tselyu vrabotki prakticheskix rekomendatsiy v geologicheskix i pochvovedcheskix otraslyax. Srok 2017-2020gg.  Rukovoditel prof. X.A.Toychiev.  Umumiy summasi 150000000 som.

            Kafedrada xorijiy davlatlar bilan ham hamkorlik yolga qoyilmoqda. Jumladan, Opredelenie mejregionalnx geofizicheskix (magnitometricheskix) reperov dlya raschleneniya i korrelyatsii lessovo-pochvennx razrezov Vostochno-Evropeyskoy ravnin Rossii i Chatkalo-Kuraminskogo regiona Uzbekistana mavzusi boyicha  Rossiya Fanlar akademiyasi geografiya instituti bilan hamkorlikda yangi loyiha rejalashtirilmoqda. Loyiha rahbari prof. Toychiev X.A. Bundan tashqari kafedradagi professor-oqituvchilar Geologiya kafedrasida olib borilayotgan xojalik shartnoma ishlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

ITI natijalarining ijtimoiy samaradorligi va oquv jarayoniga tadbiq etilishi:

            Davlat granti mavzusidan olingan yangi malumotlar professor-oqituvchilar tomonidan Umumiy geologiya, Litologiya, Tarixiy geologiya va boshqa fanlar boyicha maruzalarda hamda laboratoriya mashgulotlarida, shuningdek, magistr va bakalavrlarning maxsus fanlar boyicha darslarni ozlashtirishlarida keng qollanilmoqda.

         Kafedradagi professor-oqituvchilar tomonidan otgan ikki yil mobaynida 1 ta monografiya, Universitetimizning 100 yilligiga bagishlab xorijiy adabiyotlar tarjimasi asosida 3 ta oquv qollanma (Umumiy geologiya, Umumiy va tarixiy geologiya, Stratigrafiya asoslari) tayyorlanib chop etishga topshirildi,  4 ta uslubiy qollanma (Umumiy geologiya, geologiyaning hozirgi zamon muammolari, geotektonika va umumiy geologiya fanidan amaliy mashgulotlar uchun uslubiy qollanma) hamda xorijiy va respublika miqyosida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar elon etildi.

Fakultetlar
Matematika
Fizika
Biologiya
Kimyo
Iqtisodiyot
Ijtimoiy fanlar
Tarix
Geologiya va geoinformatsion tizimlar
Geografiya va tabiiy resurslar
Xorijiy filologiya
Jurnalistika
Taekvondo va sport faoliyati
Muhim
Evropa Ittifoqining ERASMUS+ DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura loyihasi doirasida doktorantlar (PhD), yosh olimlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun moljallangan tanlov dasturi
DSc.28.12.2017.Ped.01.09 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi
Dolzarb mavzular
Evropa Komissiyasi Erasmus+ Dasturining Ozbekistonda oliy talim jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish
Zamonaviy tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika NUU 2018 
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari