Geokimyo va mineralogiya kafedrasi

Mustaqil Respublikamizda ishlab chiqarish sanoatini oltin, kumush, mis va boshqa foydali qazilma xom-ashyolari bilan taminlashda geologiya sohasi muhim ahamiyatga ega.

Geokimyo va mineralogiya kafedrasi soha uzoq yillardan buyon boyicha kadrlar tayyorlab berish va pedagogik  faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraning shakllanishi va tuzilishi tarixini sharhlaydigan bolsak, u 1918 yilning bahorida Turkiston Xalq universitetining tuzilishi yangi davrgacha bolgan 100-yillik oz ichiga oladi.

1920 yilda Turkiston Davlat universiteti tashkil etilganidan song uning nomi ozgardi: Orta Osiyo Davlat universiteti, Toshkent Davlat universiteti, keyinchalik Ozbekiston Milliy universitet deb nomlandi. Kafedra tarixi quyidagi davrlar ajratildi:

            I. 1920-1930yy - kafedraning tashkil etilishi va respublikada birinchi geolog mutaxassislar etishib chiqish davri.

            II. 1936-1949yy - Orta Osiyo Davlat universitetining geologiya fakulütetida mineralogiya kafedrasining tashkil etilishi, petrografiya va litologiya kafedrasining ochilishi (1942 y).

            III. 1949-1999yy -pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatning rivojlanish davri.

            IV. 2000-2017- bakalavr va magistr mutaxassislarni tayyorlashdagi yangi tizim.

            1920 yilda Moskva Davlat Universiteti bitiruvchisi A.S.UklonskiyMineralogiya kafedrasining asoschisi, 1942 y. V.I.Popov petrografiya va litologiya kafedrasini asoschisi hisoblanadi.Boshlangich davrdan hozirgacha ushbu kafedralarning bitiruvchilari V.I.Popov, I.X.Xamrabaev, T.N.Dalimovlar mineralogiya, geokimyo, petrografiya ixtisosliklari boyicha akademik unvonlariga ega boldilar, 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi, bulardan R.I.Koneev, A.A.Koldaev, A.A.Kustarnikova, L.N.Lordkipanidze X.D.Ishbaev va b., 100 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bitiruvchilar orasida aksariyati ishlab chiqarishda etakchi mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedradan etishib chiqqan bitiruvchilar universitetda rektorlik lavozimlarida (akad.T.N.Dalimov), prorektor, dekan lavozimlarida (X.D.Ishbaev, E.E.Igamberdiev), kafedra mudiri (T.N.Dalimov, X.D.Ishbaev, R.I.Koneev, A.Z.Umarov i dr) lavozimlarida ishlab keldilar va ishlab kelmoqdalar.

Kafedragi shunday yuqori malakali katta tajribaga ega bolgan professor oqituvichlarining ilmiy salohiyati natijasida ilmiy maktablar shakllandi.

Otgan asrning 27-yillarida Orta Osiyodagi rejali geologik tadqiqotlarning boshlanishi, er qaridagi qazilma boyliklarni aniqlash va sanoatga mineral xom-ashyo bazasini yaratish bilan bogliq holda milliy geologik kadrlarni tayyorlash masalasi turdi. 1920 yildayoq Turkiston Davlat universitetida (TurkDU) Orta Osiyo va Ozbekistonda geologik xizmat  uchun asos solindi. Universitet tizimida Mineralogiya va petrografiya kafedrasi faoliyat olib borgan vaqtlarda uning strukturaviy holati birnecha bor ozgardi.

1920 yilda fizika-matematika fakulütetining tabiiy fanlar bolimida geologiya fakulüteti tashkil etildi, aniqroq aytganda, geologiya sohasida oliy malumot olishning boshlanishi bolib, yangi kafedralar (mineralogiya va b.) tashkil etildi.

Mineralogiya kafedrasining tashabbuskori 1920 yilda MDU ning fizika-matematika bolimini tugatgan, mutaxassisligi boyicha geolog-mineralog A.S.Uklonskiy boldi.

1920-21 yilda birinchi bor uncha kop bolmagan talabalar qabul qilindi. 1921 yilda kafedra TurkDU ning texnika fakulütetida tuzilgan tog-konchilik bolimiga otkazildi, 1922 yilda qayta tashkillashtirish tufayli, yana fizika-matematika fakulütetida ochilgan geologiya va tabiiy fanlar bolimiga otkazildi.

Kafedraning pedagogik tarkibi: Uklonskiy Aleksandr Sergeevich kafedra asoschisi, 1927 yildan professor, kafedra mudiri (1972yilgacha); Golubkova Yuliya Mixaylovna (1920-1928g) Peterburg shahridan kelgan, kafedraning tashkil etilishiga komaklashgan, radiometriyadan dars olib borgan; Berger Nikolay Karlovich (1920-1922), Kievdagi universitetni tugatgan, kafedraga taklif qilingan, A.S.Uklonskiyning birinchi assistenti; Bekzdeka I.I. (1921-1928), Moskva shahridan kelgan, kristallografiyadan mashgulot olib borgan; Pomirdagi qorgoshin va boshqa konlarni organgan ilk tadqiqotchilardan; Kulüchitskiy A.M. (1921-1926), Moskvadan kelgan, Turkiston suvlarining gidrogeokimyosini organish bilan shugullangan, 1926 yildan geologiya kafedrasi mudiri; Kulütiasov S.V. (1923-1930 y), A.S.Uklonskiyning birinchi shogirdlaridan biri, TurkDU bitiruvchisi, assistent; Tsibishev P.V. (1923-1926) A.S.Uklonskiyning birinchi shogirdlaridan biri, TurkDU bitiruvchisi, assistent.

Dastlabki 10 yil ichida oqituvchilar etishmasligi tufayli fizika-matematika fakulütetining geologiya bolimida A.S.Uklonskiy mineralogiya, petrografiya, geokimyo, foydali qazilmalar boyicha, kimyo bolimida mineralogiyadan, texnika fakulütetining tog-konchilik bolimida mineralogiyadan maruzalar oqidi.

Dastlabki yillardagi qiyinchiliklar TurkDU ning moddiy tomondan yomonlashuvchi, jihozlar olish uchun mablag etishmasligi, ekspeditsiyalar, oqituvchilarga oylik maoshlarini oz vaqtida tolay olmaslik kabilarni oz ichiga oldi; osha vaqtda tif kasalligi kuchayganlidan va ikkita oqituvchi vafot etdi, A.S.Uklonskiy ogir kasal boldi. Oqituvchi va talabalar universitetda va boshqa tashkilotda oqish bilan ishni birga olib borishgan.

            1930 yilda OODU ning geologiya bolimidagi barcha kafedralari ajralib chiqib, mustaqil OOGQI boldi, keyinchalik Intustrial deb qayta nomlandi (ToshDTU). Shu tariqa OODU tarkibidan ajralib chiqdi. Ammo hayot universitet kesimida geolog-geoxaritlovchi, mineralog, petrograf, litolog mutaxassislarni etishtirib chiqarishga ehtiyoj borligini korsatdi. 1936 yilda tuproqshunoslik-geologiya-geografiya fakulütetida yangi mineralogiya kafedrasi tashkil etildi. Uni yana A.S.Uklonskiy tashkil qildi. 

            Urushdan keyingi yillar geologik ishlarning jadal rivojlanishi, yangi konlarning ochilishi, geologik-razvedka, geologik-xaritalash, qidiruv ishlari bilan namoyon boldi. Ularning sifatli bajarilishi uchun mineralogik va petrografik tadqiqotlar talab qilindi. Davlat miqyosida konlardan kompleks foydalanish, Pb, Zn, Cu, Mo va boshqa madanlardan nodir va tarqoq elementlarni ajratib olish masalalari kotarildi. Geokimyoviy, gidrogeokimyoviy va biogeokimyoviy qidirish usullari keng qollanildi. Mineralogiya va boshqa kafedralarda Ozbekiston Fanlar akademiyasining Geologiya instituti, ishlab chiqarish korxonalari: Ozbek geologik boshqarmasi, Tsvetmetrazvedka va boshqalar bilan uzviy aloqada katta ishlar, shuningdek, nazariy va amaliy ahamiyatga molik oquv, ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari olib borildi.

Kafedra tashkil topganidan buyon 35 yillik faoliyati boyicha A.S.Uklonskiy shunday deb yozadi: Ozbekistonda qisqa muddat ichida geologiya boyicha oliy malumot beruvchi muassasa bolmagan joyda ijodiy ishlarga qodir bolgan yangi kadrlar tarbiyalandi, ular tog sanoatida misli yoq quloch yoydi. Bunda mineralogiya kafedrasining hissasi katta, chunki, geologiya fakulütetining barcha bitiruvchilari Kafedraning oqituvchilarining maruza va amaliy mashgulotlaridan otdilar.
            Mineralogiya kafedrasining rahbarlari (1950-1999 yy). Kafedrani 50 dan ortiq professor, akademik, g.-m.f.d Uklonskiy Aleksandr Sergeevich (1920-1972 yy.) boshqardi, songra kafedraga dotsent g.-m.f.n. Vasilevskiy Boris Fedorovich (1974-1984 yy.), dotsent, g.-m.f.n. Kushmuradov Ochil Kushmuradovich (1985-1999 yy.), birmuncha qisqa muddatlarda: dotsent, g.-m.f.n. Enikeev Maxmud Raximovich (1972-1973 yy.), dotsent, g.-m.f.n. Rashidova Gulünara Sharafovna (1984-1985 yy.) rahbarlik qildilar. Har bir kafedra mudirining faoliyati, umuman olganda, A.S.Uklonskiy asos solgan anananing davomi boldi. Ammo ular tarixiy lahzalarga muvofiq holda mutaxassislarni tayyorlash masalalarida ozlarining tuzatishlarini kiritdilar. 1956 yilda ToshDU va SamDU geologiya fakulütetlarining birlashtirilishiga bogliq holda, kafedrada oqituvchilar tarkibi toldirildi. 1995 yildan boshlab ToshDU da Petrografiya va mineralogiya kafedralari birlashtirildi.
            1983 yildan Petrografiya va foydali qazilmalar kafedrasiga g.-m.f.d., Turabek Nugmanovich Dalimov mudirlik qildi.U 1987 yilda prorektorlik lavozimiga saylanganidan song ushbu kafedra mineralogiya kafedrasi bilan birlashtirildi va unga g.-m.f.n.dan O.K.Kushmuradov rahbarlik qildi.

            Kafedraning professor-oqituvchilari tarkibi:

A.S.Uklonskiy kafedra mudiri, OzR FA akademigi, 1943 yildan, xizmat korsatgan fan arbobi, g.-m.f. doktori, professor;

Yu.M.Golubkova g.m.f.n. dotsent;

M.Yu.Mirbabaev g.m.f.n., dotsent;

N.T.Vinnichenko assistent, g.m.f.n., 1947 yildan dotsent

Z.M.Protodyakonova assistent;

E.S.Libenzon aspirant, radioaktiv minerallar bilan shugullangan;

M.R.Enikeev aspirant (UVU frontidan qaytib kelgan);

I.M.Lifshits aspirant, rentgen-strukturaviy tahlil bilan shugullangan;

O.K.Shepelü assistent (qisqa muddatda ishlagan). 

Dalimov Turabek Nugmanovich g.-m.f.d, kafedra mudiri (1983-1987 gg.)¸ professor, OzR FA akademigi.

Kushmuradov Ochil Kushmuradovich dotsent, g.-m.f.n., kafedra mudiri(1987-...y.y.);

Musaev   Aidjan   Azizbaevich    dotsent, g.-m.f.n. (1967 yildan).

Ganiev Ibraximdjan Nabievich katta oqituvchi (1985 yildan), dotsent v.b. (1999 yildan).

Kadűrov Abdumalik Xafizovich dotsent, g.-m.f.n.

Shpotova Lidiya Viktorovna dotsent, g.-m.f.n.

Navruzov Said Sayfievich dotsent, g.-m.f.n.

Kupchenko Pavel Dmitrievich dotsent, g.-m.f.n. 1993yilgacha.

Ishbaev Xalbay Djangirovich 1989 yildan aspirant, 1994 y. g.-m.f.n, dotsent, g.-m.f.d.,professor.

            Jihozlar, priborlar. Polyarizatsion mikroskoplarning birmuncha yangi modellari sotib olindi: MIN-8, MIN-9 va POLAM. Shaffof va silliqlangan shliflar tayyorlash uchun shlif yasovchi ustaxona tashkil etildi, tog jinslari va minerallardan shlif yasash, silliqlash va arralash uchun anjomlar sotib olindi. Kafedra Skver yaqinidagi 4 qavatli binoda joylashgan.

            Asboblar va anjomlar (urushgacha olingan): mikroskoplar, binokulyarlar, lyuminoskop, kristall va kristall panjaralari shakllarining modellari (kristallografiya boyicha maruza va amaliy mashgulotlar olib borish uchun), kavsharlash naychasi toplamlari va boshqalar.

            1942 yilda mineralogiya kafedrasidan petrografiya kabineti mustaqil kafedra Petrografiya va litologiya sifatida ajralib chiqdi, talabalar esa muhandis-mineralog yoki muhandis-petrograf diplomlarini olishga sazovar bolishdi. Ammo kafedraning oziga hos jihatlaridan biri -talabalarning ishlashi mumkin bolgan kafedraning ilmiy ishlari va ishlab chiqarish hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqasi chambarchas bogliqligi saqlanib qoldi. 

            Kafedra bitiruvchilari va ularning yutuqlari

            Ushbu davrda (1989 y.) tog jinslaridagi chuqurlik ksenolitlari boyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan X.D.Ishbaev  songra doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (2007).

            Petrografiya va litologiya kafedrasi (1942-1952) Petrografiya va foydali qazilmalar kafedrasi qoshida (1952-1999) Petrografiya, vulkanologiya ixtisosligi boyicha aspirantura ochildi

            Yangi Magmatizm va geodinamika petrologik ilmiy maktabi yaratildi. (I.X.Xamrabaev, T.N.Dalimov, I.N.Ganiev, X.D.Ishbaev). 

Mirzo Ulugbek nomidagi Geologiya fakulüteti Mineralogiya va petrografiya kafedrasi (1999-2018 yy.)

Jadval 1

Mineralogiya kafedrasi, mudiri (yillar)

Petrografiya kafedrasi, mudiri (yillar)

Birlashtirilgan kafedra Petrografiya va mineralogiya (1999-2004 yy.). Dotsent X.D.Ishbaev (1999-2002 yy.) ,dotsent A.A.Musaev (2002-2004 yy.)

Geokimyo va mineralogiya g.m.f.d. R.I.Koneev (2004-2008 yy.).professor v.b. O.K.Kushmuradov (2008-2010 yy.) .

Petrografiya va foydali qazilmalar g.m.f.d. (2008-2010 yy.)

Birlashtirilgan kafedra Geokimyo, mineralogiya va petrografiya ( 2010 dan. G.m.f.n. A.Z.Umarov).

OzMU Geologiya va geografiya fakulüteti (2014 y. 18 noyabrdan. Rektor buyrugi 01-402).

Birlashtirilgan kafedra Geokimyo va mineralogiya (2016y.), dotsent A.Z.Umarov


            Otgan 18 yil mobaynida yangi talim tizimida kafedraning statusi 3 marta ozgardi (kafedralar 1 marta ajratildi 2 marta birlashtirildi).

            Professor-oqituvchilar tarkibi:

1. Dalimov Turabek Nugmanovich g.-m.f.d., professor,OzR FA akademigi, ToshDU rektori (1994-2004 gg.), 2011yil oktyabrgacha dars olib bordi.

2. Koneev Rustam Ismailovich g.-m.f.d., 2001 yildan dotsent, 2004 yildan 2008 yilgacha Geokimyo va mineralogiya kafedrasi mudiri, 2008 yildan professor, 2014 yildan professor 0,25 stavkada.

3. Kushmuradov Ochil Kushmuradovich Geokimyo va mineralogiya kafedrasi mudiri (2008-2010 gg.), professor v.b, 2014 yildan professor v.b.

4. Ishbaev Xalbay Djangirovich Petrografiya va foydali qazilmalar kafedrasi mudiri (2008-2010 yy.), g.-m.f.d, 2014 yildan fakulütet dekani, 2014 yildan kafedra professori.

5. Musaev Aidjan Azizbaevich birlashtirilgan kafedra mudiri (1999-2002 yy.), dotsent (2012 y. gacha), g.-m.f.n..

6. Umarov Akramiddin Zaynidinovich (2010 y. dan) Geokimyo, mineralogiya, petrografiya kafedrasi mudiri, g.-m.f.n., 2016 yildan hozirgi vaqtgacha Geokimyo va mineralogiya kafedrasi mudiri;

7. Dunin-Barkovskaya Eleonora Ashatovna professor, g.-m.f.d., 2000-2007 yy. dars olib bordi, grantga rahbarlik qildi (2007-2008 yy.).

8. Ganiev Ibraximdjan Nabievich dotsent, 1999 yildan 2002 yilgacha fakultet dekani. Hozirda kafedra dotsenti;

9. Atabaeva Nasiba Erkinovna katta oqituvchi.

10. Xalmatov Rustam Abdixatovich aspirant, 2010 yildan, g.-m.f.n., dotsent (2010-2015yy.)

11. Xoshjanova Kamila Kenjabaevna g.-m.f.n., 2013 yilgacha oqituvchi, katta oqituvchi, 2014 yildan hozirgi vaqtgacha kafedra dotsenti v.b.

12. Ziyaeva Paraxat Nishanbaeva- 2016 yildan kafedra oqituvchisi.

13. Grigorenko Larisa Nikolaevna muhandis-fizik, elektron mikroskop bilan ishlaydi.

14. Xamdamova Nigora Asralovna fakulütet etakchi ish yurituvchisi.

            1999 yildan buyon davriy tarzda orindoshlik asosida ishlab kelayotgan professor-oqituvchilar:

1. Golovanov Igorü Mixaylovich g.-m.f.d. professor(1999y. dan 2008 yilgacha).

2. Tsoy Vladimir Denüevich - g.-m.f.d. professor (2010 yildan hozirgi vaqtgacha).

3. Koloskova Svetlana Maksimovna g.-m.f.n., dotsent.

4. Yusupov Rustam Gumerovich g.-.f.n., dotsent (1999y. dan 2010 yilgacha)

5. Axundjanov Raxmat Axundjanovich g.-m.f.d. professor (1999-2008 yy.)

6. Usmanov Axrol Islamovich g.-m.f.n., dotsent (1999-2013yy.)

7. Mamarozikov Usmanjan Dovronovich g.-m.f.n., dotsent (2010 yildan hozirgi vaqtgacha)

8. Borůeva Gulünara Ibraximdjanovna oqituvchi (2014-2015 yy.)

9. Pirnazarov Majit Maxkamovich- g.-m.f.d., professor (2010 yildan hozirgi vaqtgacha).

10. Dalimov Rustam Turabekovich- g.-m.f.n., dotsent ( 2013-2016yy.)

11.Samandarova Shoxida Yuldashevna-oqituvchi ( 2016-2017yy.)

11. Akbarova Zuxra Tashtemirovna oqituvchi 2017-yildan.

12. Shukurov Anvar Xamrakulovich-oqituvchi (2015-2016 yy.).

            Kafedradagi jihozlar, asboblar. Har yili katalog boyicha yangi modellarga buyurtma qilinadi :

1. Petrografiyadan oquv amaliy mashgulotlari MP-3 polyarizatsion mikroskoplari (ishga yaroqli holatda, eskirgan model 1950 y., LOMO, Leningrad).

2. Mikroskopű MIN-8 tadqiqot ishlari uchun.

3. Mikroskop POLAM - tadqiqot ishlari uchun.

4. Mineralogiyadan amaliy mashgulotlar va shlixli tahlil uchun MBS-1 va MBS-2 modelidagi binokulyar mikroskoplar.

5. Silliqlangan shliflarni organish uchun MIN-9 mikroskopi (modelü 1960-y.).

6. Barcha singoniyalar uchun yogochdan yasalgan kristall shakllari (kristallografiyadan amaliy mashgulotlar uchun).

7. Minerallarning optik hossalarini organish uchun Fedorov stolchasi (modelü 1950-y).

8. Kompüyuterlar, printerlar, skanerlar.

9. Raqamli fotoapparat.

10. Mineral va tog jinslari kollektsiyalari (oquv audidoriyalari va muzeyda).

11. Elektron mikroskop (eskirgan modeli, 1983 y.) ishga yaroqli holatda.

            Kafedrada otgan yillardan farqli ravishda grantlar hisobiga sotib olingan kompüyuterlar mavjud. Barcha pribor anjomlari eskirgan. Tadqiqot olib boruvchi oqituvchilar va talabalarning dissertatsiya ishlarini (magistrlik, doktorlik) tayyorlash uchun yangi anjomlar elektron mikrozond, mass-spektrometr va boshqalar zarur.Darslik va oquv qollanmalar. Songgi yillarda maruzalarni oqishda Moskvada chop etilgan petrografiya boyicha ( akademik Yu.A.Bogatikov hadya qilgan), mineralogiya, geokimyo boyicha (prof. R.I.Koneev tomonidan olib kelingan yakka ekzemplyarlar) yangi darsliklar qollanildi. Ammo fakulütetning ushbu adabiyotlarni talabalar kutubxonasi uchun sotib olishga imkoni bolmadi. Lekin, kafedra xodimlari ozlarining darslik va qollanmalarini tayyorlash ustida faol harakat qilishdi. Pedagogik faoliyat jarayonida va zamonaviy ilmiy tasavvurlarning shakllanishida T.N.Dalimov va V.I.Troitskiylarning Evolyutsionnaya geologiya, R.I.Koneevning "Mikro- i nanomineralogiya" monografiyalari, ayniqsa, O.K.Kushmuradovning ozbek tilida yaratgan darsliklari muhim ahamiyatga ega boldi. .

2018 yildan geokimyo boyicha kafedrada bakalavr mutaxassislarni tayyorlab chiqarish rejalashtirilmoqda.Magistrlar tayyorlash. Milliy universitetimizda oqitishning yangi tizimi yolga qoyilganidan buyon (1999-2017 yy.) petrografiya, geokimyo va mineralogiya yonalishlari boyicha magistratura mutaxassisliklarida oqishni davom ettirish orqali 100 dan ortiq magistr-mutaxassislar etishib chiqdi.Jumladan, petrografiya va vulkanologiya 6, mineralogiya, kristallografiya, petrografiya 26, mineralogiya va kristallografiya 9, ekspert mineralogiya 19, geokimyo 35.Kafedrada xorij olimlari bilan xalqaro loyihalar boyicha hamkorlik ishlari olib borildi (R.I.Koneev). Unda ishtirok etgan talabalar (bakalavr, magistrlar) va aspirantlar chet ellarga stajirovkaga, konferentsiyalarga va kongresslarga borib, ishtirok etib keldi: R.Xalmatov, Yu.Mun Angliyaga (Londondagi tabiat muzeyiga), Xalqaro kongresslarga - Italiya (U.Aripov), Avtraliya va Norvegii (R.Xalmatov, Yu.Mun, Ganev I.N., Umarov A.Z.) va b. Xalqaro loyihalarda petrologiya-geodinamia yonalishi boyicha kafedraning professor-oqituvchilari ishtirok etdi: akademik T.N.Dalimov, X.D.Ishbaev, dotsent I.N.Ganiev. Magistrlar, doktorantlarni ilmiy loyihalarga jalb qilish oz samarasini bermoqda.

Fakulütetlar
Matematika
Fizika
Biologiya
Kimyo
Iqtisodiyot
Ijtimoiy fanlar
Tarix
Geologiya va geoinformatsion tizimlar
Geografiya va tabiiy resurslar
Xorijiy filologiya
Jurnalistika
Taekvondo va sport faoliyati
Muhim
Evropa Ittifoqining ERASMUS+ DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura loyihasi doirasida doktorantlar (PhD), yosh olimlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun moljallangan tanlov dasturi
DSc.28.12.2017.Ped.01.09 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi
Dolzarb mavzular
Evropa Komissiyasi Erasmus+ Dasturining Ozbekistonda oliy talim jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish
Zamonaviy tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika NUU 2018 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari