Geologiya kafedrasi

Geologiya kafedrasi 1996 yilda Geologiya fakultetining asosini tashkil etuvchi tortta kafedra - Umumiy geologiya, Paleontologiya, Litologiya va Aerokosmik tadqiqot usullari kafedralari bazasida tashkil etilgan. Kop yillar davomida bu kafedralarda nafaqat respublikada, balki uning tashqarisida ham taniqli olimlar akademik V.I.Popov, professorlar T.A.Sikstel, G.S.Chikrizov, S.X.Mirkamolova, O.I.Islomov, Sh.D.Davlatov, U.M.Rasulov, dotsentlar Z.F.Gorizdro-Kulchinskaya, V.G.Muxina, Yu.V.Stankevich, N.D.Arapova, S.N.Nurtaev, D.I.Xusanbaev, A.Yu.Zaprometov, A.A.Filippov, F.P.Korsakov, Sh.Sh.Shoraxmedov, A.A.Bogoyavlenskiy va boshqalar ishlagan.

Kafedra Ozbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi 5140800- Geologiya yonalishi boyicha kadrlar tayyorlaydi. Oqishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar bakalavr akademik darajasini oladi. Bakalavriatura yonalishi bazasida kafedrada 5A140801- Umumiy va xududiy geologiya (foydali qazilmalar geologiyasi), 5A140803- Litologiya, 5A140805- Paleontologiya va stratigrafiya, 5A140806- Geologik syomka, foydali qazilmalar konlarini qidirish magistratura mutaxasissliklari ochilgan. Ularda oqish muddati 2 yil, oqishni tamomlaganlar magistr akademik darajasini oladilar. Kafedrada Stratigrafiya va paleontologiya, Litologiya, Umumiy geologiya ixtisosliklari boyicha tayanch doktorantura ham ochilgan.

            Kafedra ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yakunlab himoya qilganlar:

1.Nurxodjaev A.K. ,1996 y., nomzodlik,

2.Kushakov A.R. ,1999y., nomzodlik;

3.Raxmonov U. ,2001y., nomzodlik;

4.Mirzaev A.U. ,2012y., doktorlik;

5.Stelmax A.G.,2010y., nomzodlik;

6.Karabaev M.S. ,2017y., doktorlik;

7.Sultonov P.S., 2017y., Doktorlik.

            Doktorlik ximoyaga tayyorlanayotganlar;

1.Kushakov A.R.

2.Stelmax A.G.

            Malumki, bakalavriat yonalishlari boyicha kadrlar tayyorlashning asosiy bosqichi bolgan talabalar amaliyoti 2 qismdan iborat bolib, birinchi qismi Ozbekiston Milliy universitetining Oqsoqota dala oquv amaliyot poligonida otiladigan dala oquv amaliyoti bolsa, ikkinchi qismi - bu ishlab chiqarish amaliyotidir. Ishlab chiqarish amaliyoti Ozdavgeolqomita, Navoiy tog-metallurgiya, Olmaliq tog-metallurgiya, Ozbekneftegaz Milliy Xolding kompaniyasi hamda OzRFA tizimidagi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarida, ekspeditsiyalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda otkaziladi.

Oqishni tugatgandan keyin bitruvchi yuqoridagi tashkilotlarga yollanma bilan ishga joylashishadi. 

            Rahbar lavozimlarda ishlayotganlar:

1. Mirzaev A.U. OzR FA Navoiiy filiali prezidenti;

2. Raxmonov U 3. - Kitob Davlat geologik qoriqxona direktori;

3.Nurxodjaev A.K. - Erni masofadan zondlash va GIS texnologiyalar markazi DK direktori. Davlat mukofotiga sazovorlar: Chiniqulov Xoldor geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent, Shuhrat medali bilan taqdirlangan.

Muxim sanalar:

1. 2013 yilning 15 sentyabrida Oxangaron tumanida joylashgan Objaz qishlogi yaqinida kechki kaynozoy yotqiziqlari orasida janubiy mamontning qoldiq suyaklari topildi (A.R.Kushakov, X.A.Toyichev va boshqalar).

2. 2013 yil 10 may kuni akademik T.N.Dolimov xotirasiga bagishlangan va ular nomidan Geologiya oquv muzeyining ochilish marosimi bolib otdi.

Geologiya kafedrasi va uning qoshida faoliyat korsatib kelayotgan Chokindi jinslar geologiyasi muammolari laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yonilishlari quyidagilardan iborat:

-     Garbiy Tiyon-Shon devon, erta karbon sedimentatsion havzalari yotqiziqlarining rudogenezi va mineragenezi;

-     Garbiy Tiyon-Shon tokembriy va paleozoy chokindi va metamorfik formatsiyalari geodinamik va paleogeografik rekonstruktsiya asosi ;

- mahalliy xom-ashyodan yangi immunomodul va adaptogen preparatlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali litodorivor xom-ashyolar konlaridagi dorivor substantsiyalarni organish.

            Yuqorida qayd qilingan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yonalishlariga mos holda, kafedra va laboratoriyada 2012-2014 yillarda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qomitasining 3 ta granti boyicha ish olib borildi va 2014 hisobotlar yozilib, ular muaffaqiyatli himoya qilindi.

            Qorabogut istiqbolli maydonining (Ovminzatov) madanlari va madanboyi jinslari ozgarishlarini mineral-petrografik organish mavzuida 11/62 xojalik shartnomasi bajarildi. Ilmiy rahbar - g-m.f.n. M.S.Karabaev, jamoa azolari- A.R.Kushakov, A.M.Musaev, R.N.Abdullaev, A.Abduvaxobov, A.X.Shukurov, R.I.Koneev, R.Xolmatov, A. Jumanov. Xojalik shartnomasi boyicha 2016 yilda hisobot yozilib, muafaqiyatli ximoya qilindi.

            Galabulak uchastkasidagi karbonatli va kremniyli tog jinslaridagi oltin madanlarining hosil bolish sharoiti va xarakterli belgilari (Qizilturuq madan maydoni) 7/12 mavzudagi xojalik shartnomasi bajarildi. Ilmiy rahbar - A.R.Kushakov, R.N.Abdullaev-g-m.f.d, professor, I.V.Pleshenko-g-m.f.n, dotsent, A.M.Musaev-k.g-m.n,dotsent, A.Abduvaxabov-oktuvchi,A.Shukurovaspirant,S.A.Romanovbakalavr, Yo.T.Pirnazarov -magistr, G.Sobirova ilmiy xodim, M.O.Odilov - bakalavr, B.A.Axmedjonovbakalavr, X.Berdieva laborant, N.Qobilova - laborant. Mazkur xojalik shartnomasi boyicha 2016 hisobot yozilib, muaffaqiyatli himoya qilindi.

Qushtepa uchastkasidagi karbonatli va kremniyli tog jinslaridagi oltin madanlarining hosil bolish sharoiti va xarakterli belgilari (Qizilturuq madan maydoni) 9/12 xojalik shartnomasi mavzusi. Ilmiy rahbar - A.R.Kushakov, X.D.Ishbaev - g-m.f.d, professor, M.S.Karabaev-g-m.f.n,dotsent, X.Chinikulov -k.g-m.n,dotsent, M.B.Ashirov-k.g-m.n,dotsent,R.Kobilovlaborant,X.Karabekov-laborant, A.U.Raxmonov-bakalavr, X.B.Xudayarov-bakalavr, G.S.Norsoatov -bakalavr, G.Sobirova ilmiy xodim, A.I.Turakulov - laborant, X.Berdievalaborant.Shartnoma boyicha 2016 hisobot yozilib, muaffaqiyatli ximoya qilindi.

            Byudjet mavzularini (OT F6-064, 5-011,5-020.xd 1162) bajarish natijasida olingan yangi malumotlar professor-oqituvchilar tomonidan Umumiy geologiya, Litologiya, Tarixiy geologiya va boshqa fanlar boyicha maruzalarda hamda laboratoriya mashgulotlarida, shuningdek, magistrlar uchun maxsus kurslar boyicha darslar otkazishda keng qollanilmoqda.

Kafedra professor- oqituvchilari tomonidan oxirgi 20 yil davomida 5 ta monografiya, 8 ta darslik, 15 ta oquv qollanma, 30 dan ortiq oquv-uslubiy qollanma, 2 ta patent, 25 ta ilmiy hisobotlar, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilingan. Kafedra professor-oqituvchilari Ozbekiston Milliy entsiklopediyasida muntazam oz maqolalari bilan qatnashganlar. Shuningdek ular 1:500000 masshtabli Ozbekiston geologiya xaritasini tuzishda qatnashdilar.

Fakultetlar
Matematika
Fizika
Biologiya
Kimyo
Iqtisodiyot
Ijtimoiy fanlar
Tarix
Geologiya va geoinformatsion tizimlar
Geografiya va tabiiy resurslar
Xorijiy filologiya
Jurnalistika
Taekvondo va sport faoliyati
Muhim
Evropa Ittifoqining ERASMUS+ DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura loyihasi doirasida doktorantlar (PhD), yosh olimlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun moljallangan tanlov dasturi
DSc.28.12.2017.Ped.01.09 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi
Dolzarb mavzular
Evropa Komissiyasi Erasmus+ Dasturining Ozbekistonda oliy talim jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish
Zamonaviy tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika NUU  
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari