Jurnalistika

Dekan Mirsoatova Mahliyo Sobirovna
Dekan, Filologiya fanlari nomzodi
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-61-82
Faks
e-mail journalizm@nuu.uz

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dastlab 1949 yil O`rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida bo`limi sifatida ochilgan. 1967 yilda jurnalistika bo`limi fakultet maqomiga ega bo`ldi. Tarix fanlari doktori, professor Tugan Ernazarov jurnalistika fakultetining birinchi dekani etib tayinlandi. 1999 yilda fakultetning bakalavriat yo`nalishidagi ilk bitiruvchilari, 2001 yilda esa fakultetning magistratura mutaxassisligi ilk bitiruvchilari o`qishni tamomladilar. Fakultetda2001 yilga kelib raqamli va analog teleradiostudiya va mini-tipografiya, axborot-resurs markazi ish boshladi.

 

Jurnalistika fakulteti bakalavr yo`nalishi va magistratura mutaxassisliklari

Bakalavr

5220100 – jurnalistika (faoliyat turlari bo`yicha) ta`lim yo`nalishi

5220100 – jurnalistika (faoliyat turlari bo`yicha) 2-mutaxassislik maxsus sirtqi

Magistratura mutaxassisliklari

5A220101–jurnalistika (gazeta va jurnallar)

5A220103–televidenie va radioeshittirish

5A220104–noshirlik ishi va muharrirlik

5A220205–axborot xizmatlari texnologiyalari (axborot xizmatlari)

5A220101–jurnalistika (oliy jurnalistika kurslari)

 


•       
  Professor-o`qituvchilar 

 Fakultetda 4 nafar fan doktori va 17 nafar fan nomzodi faoliyat olib boradi.

Mahorat maktablari 

21 ta

Ilmiy maktab 

2 ta

 



Fakultet yutuqlari

2015 yilda  fakultetimiz 2 nafar dotsenti (M.I.Israil) va 2017 yilda (Z.T.Toxirov) “Oliy ta`lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichida “Eng yaxshi pedagog-ilmiy tadqiqotchi” nominatsiyasi bo`yicha g`olib bo`ldilar.

Professor H.I.Akbarov 2016 yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Fakultetimizning professor-o`qituvchilari va talabalaridan iborat “Jurfak online” guruhi 2016 yil noyabr oyida o`tkazilgan fiziklarning xalqaro simpoziumini respublika va xalqaro OAVda yoritishda faol ishtirok etdi.

Fakultet o`qituvchilari va talabalari tashabbusi bilan 2010 yildan buyon respublikaning nufuzli oliy o`quv yurtlari talabalarini birlashtiruvchi, Internet-jurnalistikaning dolzarb masalalari muhokamasiga bag`ishlangan An`anaviy Mediakonferentsiya tashkil etib kelinmoqda.

Moskva Davlat universiteti jurnalistika fakulteti va Sankt-Peterburgdagi mass-media va jurnalistika instituti bilan talabalar almashinuvi yo`lga qo`yilgan.

2015 yilda O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda “Yosh jurnalistlar klubi” tashkil etildi.

 

 DOTSENT AHMADJON MELIBOEV MAHORAT MAKTABI




Tajribali  ustoz Ahmadjon Meliboev rahbarligida tashkil etilgan “Mahorat maktabi” 13 yildan beri faoliyati yuritadi. Shu yillar ichida ushbu maktabda 150 dan ortiq iste`dodli talabalar saboq olishdi. Ular ichidan 3 nafari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining stipendiyasiga munosib ko`rildi, 22 nafari respublika miqyosida o`tkazilgan turli tanlovlarda g`olib chiqishdi.  4 nafarining kitoblari ustoz yordamida chop etildi.

O`tgan yili “Sharq” nashriyotida chop etilgan “Gullayotgan daraxt” to`plamiga ustoz 70 nafar shogidlarining  70 ta maqolasini kiritdilar.

 

“JURNALIST” o`quv gazetasi

•      “Jurnalist” o`quv gazetasi 1978 yildan chiqqa boshlagan;

•      Hozirgi paytgacha “Jurnalist” gazetasining 268 soni chop etilgan;

•      “Jurnalist” gazetasi yilda 4-5 marotaba chiqadi. 

Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari