Yoshlar ittifoqi

                                            


Yoshlar etakchisi: Anvarov Shukurulloxon Maxsudxon o`g`li 

 telefon: 2460893.

 e-mail: yu@nuu.uz

O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQINING O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDAGI BOShLANG`ICh TAShKILOTINING

MAQSAD VA VAZIFALARI

Boshlang`ich tashkilotning asosiy maqsadi ta`lim muassasalarida yoshlarning ta`lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko`maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo`lib etishishiga munosib hissa qo`shishdan iborat.

Boshlang`ich tashkilot o`z oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi:

- yosh avlodni ona Vatanga muxabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g`oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;

- yoshlarga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarni mazmun-mohiyatini tushuntirish;

- oliy ta`lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta`lim sifati, fanlarni o`zlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o`rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko`rib chiqish va hal etishga ko`maklashish;

- yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o`rganishi va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo`naltirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish;

- iste`dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga ko`maklashadigan klub va to`garaklar faoliyatini tashkil etish;

- imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv ta`lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo`llab-quvvatlash;

- notinch oila farzandlari, tarbiyasi o`g`ir va nosog`lom muhitga tushib qolgan yoshlarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni ta`lim jarayoniga qaytarish, qizlar o`rtasida erta nikohlarning oldini olish bo`yicha tizimli ishlar olib borish;

- yoshlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

- yoshlar o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish, ularning kitobga bo`lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

- yoshlarda ommaviy madaniyat niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot hurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g`oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

- oliy ta`lim muassasasi yoshlar o`rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularni o`zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish;

- yoshlar, ayniqsa qiz bolalar o`rtasida sportni keng targ`ib etish, ularning sportga bo`lgan qiziqishini qo`llab quvvatlash va turli sport musoboqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;

- yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yo`llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ`ibot tadbirlarini tashkil etish;

- yoshlar o`rtasida ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ`ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarni qo`llab-quvvatlash;
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari