Axborot xizmati

Eshbekov To`lqin Usmonovich
Axborot xizmati rahbari, Filologiya fanlari nomzodi dotsent
Qabul Dushanba-Shanba, 10:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +998909120963
Faks
e-mail tueshbek@mail.ru


O`zMU Axborot xizmati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi 203-sonli qarori ijrosiga yo`naltirilgan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2006 yil 16 oktyabrdagi 234-sonli bayrug`i hamda universitet Ilmiy Kengashining 2006 yil 31 oktyabrdagi 4-raqamli majlis qarorini bajarish maqsadida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti rektorining 2006 yil 18 noyabrdagi 01-665-sonli buyrug`iga asosan tashkil etilgan. 
Mazkur buyruqqa binoan Jurnalistika fakulteti Jamoatchilik bilan aloqalar nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Eshbekov To`lqin Usmonovich Axborot xizmati rahbari etib tayinlangan. U Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2009 yil 24 iyuldagi 87-01-513-raqamli xatiga binoan Vazirlik Axborot xizmatida jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatmoqda. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2018 yil 15 maydagi 435-sonli buyrug`iga binoan u Vazirlik Axborot xizmati huzurida doimiy asosda faoliyat ko`rsatadigan Ishchi guruhi rahbari, 2018 yil 31 maydagi 477-sonli buyrug`iga binoan Vazirlikda Axborot va murabbiylik soatini uslubiy qo`llanmalar bilan ta`minlash bo`yicha Ijodiy guruh a`zosi etib tayinlangan. 
O`zMU Axborot xizmati zamonaviy talablarga muvofik belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirok etadi, axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali hamkorlikni ta`minlaydi, universitet faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boradi, OAV bilan o`zaro hamkorlik qiladi, zarur payti ularni press-relizlar bilan ta`minlaydi. 
Tegishli axborotlarni O`zMU rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib boradi. Matbuot anjumanlari va brifinglarda ishtirok etadi. Teleko`rsatuv va radioeshittirishlarda O`zMU akademiklari, professor-o`qituvchilarining davra suhbatlarini tashkil etadi. 
O`zMU faoliyatiga oid xabar va maqolalar monitoringini olib boradi va tahlil qiladi, zarurat paydo bo`lganida ularga munosabat bildiradi. 
O`zMU faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilib, ular haqida O`zMU rahbariyatiga axborot berib boradi. 


Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari