OzMUda xorijlik talabalar

OzMUda xorijlik talabalar

O`qish jarayoni

O`zMUda o`quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi (02.09-30.06). O`quv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda tahsil olininshiga ko`ra turlicha bo`ladi. Bakalavriatura bosqichi - 4 yil, Magistratura bosqichi 2 yil, Doktorantura bosqichi 3 yoki 4 yil davom etadi (bu bosqichda yo`nalishdan kelib chiqib o`quv jarayoni davomiyligi belgilanadi).
Bizning universitetda barcha yo`nalishlarda o`qish jarayoni kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Universitetga o`qishga kirish kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.
Qo`shimcha ma`lumotlar uchun, iltimos universitetning Xalqaro aloqalar bo`limiga murojaat qiling (e-mail: foreign@nuu.uz, foreign.nuuz@umail.uz; tel.: +99871 2466358).
O`zMUda tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun rus va o`zbek tillarida amalga oshiriladi, shu sababli nomzodlardan rus tilidan mukammal bilim darajasi talab qilinadi.

O`qishga kirish

O`zMU O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan me`yoriy xujjatlar asosida chet el fuqarolarini o`qishga qabul qiladi.

Chet el fuqarolari universitetning Xalqaro alokalar bo`limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
 
  • O`zMUda o`qish uchun ariza;
  • Chet el fuqarolari uchun mo`ljallangan so`rovnoma;
  • Qo`lga kiritilgan darajalardagi yoki joriy vaqtdagi baholar qaydnomasi. O`zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringizni so`raladi:
  • Bakalavriatura bosqichiga: o`rta yoki o`rta maxsus ta`limi diplomi/shaxodatnomasi (sertifikat)
  • Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan xujjat
  • Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi
  • O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki o`zbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;
  • O`rnatilgan tartibdagi tibbiy ma`lumotnoma;
  • OITS kasalligi yo`qligini qayd etuvchi tibbiy ma`lumotnoma; 
  • Mavjud fuqarolik pasporti yoki O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish xuquqini beruvchi pasport;
  • 3.5 x 4.5 sm o`lchamdagi rasm (6 dona)
  • Chop etilgan rasmiy maqolalar va tezislarning umumiy ro`yhati (Doktorantura bosqichi va amaliy o`quv kurslariga topshirgan nomzodlar uchun)
  • Baholar qaydnomasining rus tilidagi tarjimasi O`zbekiston Respublikasidagi notarial idorasida yoki nomzodning o`z davlatida joylashgan O`zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan sertifikatlanishi zarur.
  • O`zMUda tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. O`zbeksiton Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar,  xorijiy universitetlar bilan tuzilgan o`zaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq kelib tahsil oluvchi xorijiy fuqarolar bundan mustasnodir.  

Barcha xorijlik fuqarolar suhbat asosida o`qishga qabul qilinadi.

Turar joy uchun ro`yhatdan o`tish hamda viza olish jarayoni

Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik ro`yhatdan o`tkazish oliy ta`lim muassasalarining O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan o`zaro kelishuvi asosida O`zbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning o`z davlatida joylashgan O`zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan yoki Toshkentdagi xalqaro aeroportda ham taqdim qilinishi mumkin.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari