Chet elda malaka oshirish stajirovka va stipendiyalar

Chet elda malaka oshirish stajirovka va stipendiyalar

LOYIHALAR, GRANT TANLOVLARI VA STIPENDIYaLAR

Hozirgi kunda O`zMU TWAS, MAGATE, MIKROKLIMA loyihalarida va Erasmus + loyihasining NURSLING, FSAMP, DSINGIS va CLASS dasturlarida ishtirok etmoqda.

HALQARO KREDIT ALMAShINUV DASTURI (ICM)

Loyiha doirasida qator Evropa universitetlari bilan (Germaniyadagi Gumbold va Vestfaliya universitetlari, Litvadagi Kaunas texnologiya universiteti, Ispaniyadagi Granada va Gran-Kanari universitetlari) hamkorlikda uchta yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

O`QUVChILAR VA XODIMLAR UChUN ALMASHINUV DASTURI

Evropa Ittifoqining Erasmus+ Key Action 1 dasturi doirasida 2017-2019 yillarga mo`ljallangan OTMlararo kelishuv (Avstriyaning Zaltsburg universiteti Geoinformatika va GIS markazi (Geoinformatics _Z_GIS) kafedrasi bilan O`zMU Geodeziya va kartografiya kafedrasi o`rtasida). Kelishuvdan ko`zlangan maqsad talaba, ilmiy xodim va profesor-o`qituvchilar almashinuvi

HALQARO YOZGI MAKTAB 2018

Qadimiy va zamonaviy O`zbeksiton dunyo yoshlari nigohida Halqaro ilmiy-amaliy yozgi maktabi 2-15 iyul, Toshkent.

KURS HAQIDA QISQACHA MA`LUMOT 2018

Ushbu ikki xaftalik intensiv ilmiy va madaniy dastur matematika, O`zbekiston tarixi va madaniyati bo`yicha o`qish imkoniyatini taklif qiladi. Yozgi maktab Toshkentda qisqa va intensiv ta`lim olish tajribasini izlayotgan horijliklar uchun mo`ljallangan. Ishtirokchilar maxsus akademik o`qitish, yaqin shaxarlarga ta`lim va madaniy safarlar va Samarqandning eng tarixiy joylariga ekskursiya qilish orqali o`zbek madaniyati va jamiyati bilan tanishadilar. Bizda oldindan tayyorlab qo`yilgan dasturlar mavjud, lekin ishtirokchilar o`zlarining tashabbuslari bilan muzeylarga, galereyalarga va do`konlarga borish orqali shaxar xayotida qatnashishlari mumkin.

IJTIMOIY DASTUR

Ijtimoiy tadbirlar va ekskursiyalar narxiga kiritilgan (Madaniyat kunlaridan tashqari) va dastur bo`yicha o`tadi. Biz Madaniyat kunini tashkillashtirishni rejalashtiryapmiz, bunda ishtirokchilar kursdagi do`stlariga o`zlarining vatanlari va madaniyatlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

YASHASH

Talabalar kampus xududida yashash joyi bilan yoki universitetdan unchalik uzoq bo`lmagan masofada yotoqxona bilan ta`minlanadilar. Talabalar to`liq jihozlangan oshxonani bo`lishadilar (yangi do`stlar orrtirish uchun qulay). Talabalar maydonchasi o`qish resurslariga (kutubxona, IT), kiyim yuvish xonasi, supermarket, restoran va kafe yaqin joyda joylashgan.

Bog`lanish uchun ma`lumotlar: Nodira Abduraximova

Mob. tel.: +998974239303

E-mail: isauzbekistan@gmail.com

abdurakhimova2893@mail.ru

100174, Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet ko`chasi 4- uy

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari