Voqealar

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHCHILARNI TAYYORLASHNI KUCHAYTIRISH
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHCHILARNI TAYYORLASHNI KUCHAYTIRISH
18.02.2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) O‘zbekistondagi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan yaqin hamkorlikda mamlakatda ijtimoiy ishchilarni tayyorlashni kengaytirish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yangi dasturni ishlab chiqdi.

Batafsil Madaniy va ma’rifiy tadbirlar
O`zMU shahar tashqarisiga ko`chirilmaydi!
O`zMU shahar tashqarisiga ko`chirilmaydi!
17.02.2019

Ba`zi ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetlarining shahar tashqarisiga ko`chirilishi mumkin, degan xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bu gap-so`zlar asossiz ekanini ma`lum qildi! Yashasin poytaxt shahrimizning odil hokimi, deydi Donish domla. Bamisoli jannatga aylantirilayotgan Talabalar shaharchasi ham o`zimizga — ulug` ustozlar-u umidli yoshlarimizga buyuradi! Ular shunga yarasha ilmu ma`rifatni davom ettirib, to abad ona Vatanimizning yuksalishi, taraqqiy etishi yo`lida kurashaveradilar!

Batafsil Universitet
Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi
Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi
16.02.2019

O`tmishda o`nlab, yuzlab buyuk ajdodlarimizning biz uchun ham ibratli ishlari va ular qoldirgan boy meroslari haqida hamisha faxrlanib gapiramiz. 
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo`lida uzzu kun sergak bo`lib xizmat qilayotgan harbiy qismlardan birida o`tkazilgan ijodiy uchrashuvda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dotsenti, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyati a`zosi To`lqin Eshbekning Munavvar qori Abdurashidxonov hayot yo`li va ijodigi bag`ishlangan “Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi” mavzuidagi ma`ruzasi tinglovchilarda katta qiziqish uyg`otdi. 

Batafsil Universitet
Yaxshi taklif va tashabbuslar o`rtaga tashlandi
Yaxshi taklif va tashabbuslar o`rtaga tashlandi
16.02.2019

2019 yilning 16 fevral kuni poytaxtning 25 nafar professor-olimlari

respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining avtobusida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani aholisi bilan bevosita muloqotga otlandilar.

Batafsil Madaniy va ma’rifiy tadbirlar
2005 yil. “Vuzgorodok”. Shavkat Mirziyoev imkonsizlikda imkon topgan edi (1-qism)
2005 yil. “Vuzgorodok”. Shavkat Mirziyoev imkonsizlikda imkon topgan edi (1-qism)
15.02.2019

Xalq orasida “vuzgorodok” nomi bilan mashhur maskan poytaxtning mo`jazgina

joyini egallagan bo`lsa-da, uning dovrug`i mamlakatning har bir burchagiga etib borgan, desak, adashmaymiz. Zotan, bugun yurtimizda istiqomat qilayotgan aksariyat ziyolilarning taqdiri, katta hayotdagi dastlabki qadamlari, yorqin onlari aynan shu er bilan bog`liq.

Batafsil Universitet
Beruniy haykali haqiqiy joyini topdi!
Beruniy haykali haqiqiy joyini topdi!
13.02.2019

Beruniy oxirgi bekat…
Bugun Beruniy metro bekatining quyosh chiqish tarafidan tepaga ko`tarilsangiz, sizni ajib bir bunyodkorlik ishlari qarshi oladi. O`ng qo`l tomonda Abu Rayhon Beruniy haykali o`rnatilib, atrofida so`nggi harakatlar amalga oshirilmoqda: zarhal bezaklar, qadim moziyni yodga soluvchi zamonaviy ustunlar o`rnatilmoqda. Ulug`vor chinorlar bilan birga ravon yo`l sizni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tomon etaklaydi.

Batafsil Universitet
Ulug` shoirlar sabog`i
Ulug` shoirlar sabog`i
13.02.2019

Ma`rifatning mangu nuri abadul-abad yoshlar qalbini munavvar aylab, ularni munosib kamolga etkazadi. 
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti professor-o`qituvchilari poytaxt shahrimizdagi qator ta`lim muassasalari, maktablarda ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, davra suhbatlari o`tkazishi o`ziga xos an`anaga aylangan. 

Batafsil Madaniy va ma’rifiy tadbirlar
DEHLI UNIVERSITETI PROFESSORI NAVOIYXONLIK KECHASINING MEHMONI
DEHLI UNIVERSITETI PROFESSORI NAVOIYXONLIK KECHASINING MEHMONI
12.02.2019

12 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o’zbek mumtoz adabiyotining ikki zabardast vakili – g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil Madaniy va ma’rifiy tadbirlar
“Bir-birimizdan o`rganishimiz zarur...”.
“Bir-birimizdan o`rganishimiz zarur...”.
12.02.2019

Belorus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida tashkil etilgan XXU1-an`anaviy xalqaro kitob ko`rgazmasida jahonning o`ttizdan ortiq mamlakatlaridan kelgan  noshirlar o`z mahsulotlarini namoyish etdilar.

Batafsil Xalqaro aloqalar
BARHAYOT - NAVOIY
BARHAYOT - NAVOIY
09.02.2019

Dinu davlat homiysi, millat pushti panohi, turkiy adabiyotning  po‘lat darg‘adasi bo‘lgan hazrat Alisher Navoiy tavalludining  578-yilligi  universitet  maydoni uzra erta tongdan munojot kuyi  bilan boshlandi. Tashkiliy  aksiya, "Navoiy day", "G‘azal challange", turli uchrashuvlar, mushoira kechallari  shaklida davom etdi.

Batafsil Madaniy va ma’rifiy tadbirlar
 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari