IJODIY IMTIHON ONLAYN KUZATUVDA

IJODIY IMTIHON ONLAYN KUZATUVDA
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy ish (onalar va bolalar bilan ishlash, pensiya ta’minoti) yo‘nalishida ijodiy imtihonlar boshlandi. O‘zMU qabul komissiyasi ijodiy imtihonlarning shaffof va ochiqlik tamoyili asosida o‘tishishini ta’minlash maqsadida onlayn translyatsiyani yo‘lga qo‘ydi. Bu jamoatchilik va ota-onalarga ijodiy imtihon jarayonini bir vaqtning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyatini berayapti. 
Marg‘uba Obidxo‘jaeva: qizim Mehromova Dilnoza pensiya ta’minoti yo‘nalishida o‘tkazilayotgan ijodiy imtihonga kirib ketdi. Universitet ma’muriyati tomonidan ota-onalar uchun qulay sharoit yaratilgan. Ayniqsa, ijodiy imtihonda o‘tirgan qizimni bevosita kuzatib borish yangilik bo‘ldi. Imtihon qanday o‘tkazilar ekan, haqqoniylik tamoyillariga rioya qilinar ekanmi? degan savollar echimini topdi.
Dadanova Xalima: Farzandlarining kamolini ko‘rish har bir ota-ona orzusidir. Auditoriyada ijodiy imtihon topshirayotgan qizim Abdurahimova Tursunoyni ekran orqali kuzatib turibman. O‘tgan yili ham mana shu yo‘nalishga topshirgan edi. Jarayon qanday bo‘layotgan ekan deb hayajon bilan o‘tirganman. Barchani omadini berib oliy dargohlarda o‘qish nasib etsin.
Abiturient Madrasulov Omonboy: Ijtimoiy ish (onalar va bolalar bilan ishlash) yo‘nalishida ijodiy imtihon topshirdim. Auditoriyaga kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan ekan. Bilimlarimga tayangan holda savollarga javob berishga harakat qildim. Fikrimcha, boshqa abiturientlar ham shunday qilishdi deb o‘ylayman. Sababi shpargalkalardan foydalanish imkoni bo‘lgani yo‘q. Ijodiy imtihon yaxshi o‘tdi.
Ijodiy imtihon topshirgan abiturientlarning olgan ballari bugun kechki payt e’lon qilinadi. 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari