O‘zbekiston va Turkiya universitetlari o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Turkiyaning 4 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan memorandum navbatdagi umidbaxsh qadamlardir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 2017 yil 25-26 oktyabrü kunlari Turkiyaga davlat tashrifi davomida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan natijalar bosqichma-bosqich o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ikki mamlakat hamkorligini yangi, strategik bosqichga ko‘tarishga zamin yaratadigan qo‘shma bayonot imzolanishi, fan, ta’lim, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilishi hayotimizda yangi sahifalar ochilishiga zamin yaratdi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Turkiya oliy ta’lim bo‘yicha kengashi (Y?K) qator loyihalarni amalga oshirishga kirishgani haqidagi axborotlar keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, unga hamohang hamqadamlar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

Tashrifdan asosiy maqsad Milliy universitetimizning Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy hamkorligini yanada kengaytirishdir, deydi O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rasul Rahmonov. Turk hamkasblar bilan uchrashuvlar keng qamrovli bo‘ldi. Kars shahrida joylashgan Kafkas universiteti rektori professor Sami Ozjan o‘z oliy ta’lim muassasasi haqida so‘z yuritar ekan, ulkan salohiyatga ega O‘zbekiston Milliy universiteti bilan yo‘lga qo‘yiladigan hamkorliklar ijobiy samara berishiga umid bildirdi. Qator istiqbolli loyihalar xususida o‘tkazilgan suhbatlar, kelishuvlar ikki tomonlama manfaat keltirishi alohida ta’kidlandi. Ilmiy, fan va madaniyat festivali doirasida ilmiy va madaniy hamkorlik memorandumi imzolandi. Ibn Xoldun universiteti rektori, professor Rejep Shenturk bilan o‘tkazilgan suhbatda tarixi, tili, dini, milliy qadriyatlari bir-biriga payqasta bo‘lgan o‘zbek va turk yoshlari o‘rtasida do‘stlik aloqalari, yosh tadqiqotchilarning ilmiy hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish oliy maqsadimiz bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Turkiyaning iqtisodiyot, menejment va tadbirkorlik sohasida etakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Istambul Tijorat universitetida ham qator loyihalar haqida fikrlashib olindi. Istambul shahrida joylashgan Fotih Sulton Mehmet universiteti va Ibn Xoldun universitetlari bilan hamkorlikni yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan muzokaralarda eng muhimi, kutilgan natijalarga erishish lozimligi ta’kidlandi. Fotih Sulton Mehmet universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha rektor maslahatchisi Bedia Tekin xonim va prorektor Yujel Ogurlular bilan suhbatlarimizda ham asosiy e’tibor kelajak bunyodkorlari hisoblanmish talabalarimizning zamon talablariga mos kadrlar, komil insonlar etib kamolga etkazish masalalariga qaratildi. Mazkur universitetlar bilan ham o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Shunday qilib O‘zMU delegatsiyasi to‘rt kunlik safari mobaynida Turkiyaning Kafkas universiteti (Kafkas universiteti), Istambul Tijorat universiteti (Istambul Ticaret universiteti), Fotih Sulton Mexmet universiteti (Fatih Sulton Mehmet universiteti) va Ibn Xoldun universitetlari (Ibn Haldun universitet) bilan istiqbolli rejalar belgilab olindi. Mazkur rejalarga asosan O‘zMU hamda Turkiyaning 4 ta universiteti o‘rtasida talabalar va professorlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, O‘zMU professor-o‘qituvchilari Turkiya universitetlarida o‘zbek adabiyoti, matematika va boshqa fanlardan saboq bersalar, o‘z navbatida turkiyalik olimlar bizning talabalarimizga zamonaviy fanlardan saboq beradilar. Hamkorlikda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa anjumanlar o‘tkaziladi. Ikki davlat ilmiy jurnallarida maqolalarimiz yoritiladi. Shu bilan bir qatorda bir guruh talabalarimiz har yili Turkiya universitetlarida va o‘z navbatida turk talabalari O‘zMUda ma’lum muddat tahsil olib, bilim va mahoratlarini oshiradilar. Bunday hamkorliklar qator ilmiy, istiqbolli loyihalar, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Shu o‘rinda aytish joizki, xorijlik talabalarni, tadqiqotchi va professor-o‘qituvchilarni munosib kutib olish, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston Milliy universitetida zarur shart-sharoitlar etarlidir. Shu o‘quv yilining o‘zida AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalaridan kelishgan talabalar O‘zMU ilmiy maktablarini, zamonaviy laboratoriyalarini, ilg‘or texnologiyalar-u tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarini, ularga saboq bergan akademiklar, professorlar faoliyatini yuksak baholab ketdilar. Bir necha kun mobaynida o‘zbekistonlik tengqurlari bilan hamnafas bo‘lishgan xorijlik talabalar Yoshlik shaharchasining fusunkor manzaralari, sog‘lomlashtirish maskaniga aylangan zamonaviy sport inshootlari, Suv sporti saroyiga havas bilan qaraganlarini kuzatish o‘zi maroqli edi.

Navbatda Isroil va Turkiya davlatlarining universitetlari bilan ana shunday hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi.

Bularning barchasi asr tengdoshi bo‘lgan O‘zMUning xalqaro nufuzini dunyo qadar ko‘tarishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.

To‘lqin Eshbek, 
O‘zMU Axborot xizmati rahbari 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari