O`zbekiston yoshlari buzg`unchi g`oyalarga qarshi


Mirzo Ulug`bek nomidagi  O`zbekiston Milliy Universiteti  talaba-yoshlari orasida ijtimoiy-ma`naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish hamda ularda buzg`unchi g`oyalarga qarshi immunitetni yanada mustahkamlash maqsadida O`zbekiston musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan
O`ZBEKISTON YOSHLARI BUZG`UNCHI G`OYALARGA QARSHI mavzusidagi davra suhbati

2018 yil 4 oktyabr kuni universitet asosiy binosi Harakatlar strategiyasi targ`iboti zalida O`zbekiston yoshlari buzg`unchi g`oyalarga qarshi mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Unda universitet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor N.Qodirov, O`zbekiston musulmonlar idorasi xodimlar bo`limi mudiri E.Esanov, universitet murabbiylar Kengashi raisi A.Xidirov, barcha fakultet ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosarlari, 10 nafar professor hamda 120 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir talaba-yoshlarni turli buzg`unchi va vayronkor g`oyalardan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish hamda turli axborot xurujlari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi murosasiz bo`lishga chorlash maqsadida o`tkazildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar ham o`z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdi.

 

Asosiy korsatkichlar
899 -
6078 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
35 Talim yonalishlari