Eduard Yakubov boshchiligidagi Xolon texnologik instituti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan UzMUda.


Eduard Yakubov boshchiligidagi Xolon texnologik instituti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan UzMUda. 

 

Bugun 14 noyabr kuni O`zbekiston Milliy universitetiga Eduard Yakubov boshchiligidagi Xolon texnologik instituti delegatsiyasi keldi.   Joriy yilning iyun oyida ushbu institut bilan hamkorlikda UzMU qoshida birinchi qo`shma fakultet ochilgan edi. 

Uchrashuvni UzMU rektori Maraximov Avazjon Raximovich quyidagi so`zlar bilan ochib berdi.  

O`zbekiston Milliy Universiteti bu bizning umumiy uyimiz biz sizlarni qadrdon universitetimizda ko`rishdan xursandmiz.   Men Eduard Yakubov bizning universitetning bitiruvchisi ekanligidan faxrlanaman.   Bunday qushma fakultetning ochilishi bu - mamlakatimiz yoshlari uchun xorijiy mutaxasislardan saboq olish uchun qulay imkoniyatdir.   Bu qo`shma fakultet O`zbekistonda ilm fanning rivojlanishiga o`z xissasini qo`shadi

Uchrashuvda Xolon texnologik instituti prezidenti Eduard Yakubov quyidagilarni so`zladi.   Men bu universitetga birinchi marta bundan 50 yil oldin kelgandim.   Bugun yana bu yerdaligimdan baxtliman.   Men bu universitetdan va uqituvchilardan va ushbu mamlakatdan juda minnatdorman! 

Bizning universitetimiz 30 davlatdagi 80 dan ortiq ilm dargoxlari bilan hamkorlik qiladi.   Lekin bizning eng katta yutug`imiz bu O`zMU bilan hamkorlikdagi fakultetning ochilishidir.   Bu yil biz Vena universiteti bilan xam qushma fakultet ochdik bundan Toshkent-Isroil-Vena xalqaro uchburchagi yuzaga keldi.   Men xoxlardimki bizning professorlarimiz O`zbekistondagi talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilishsa.   Men barcha xoxlovchi talabalarni Xolonda o`qishga taklif qilaman. 

O`z nutqlarining so`ungida Eduard Yakubov va Avazjon Maraximovlar bir birlarigi samimiy tilaklar bildirishdi. 

Uchrashuvdan so`ng delegatsiya a`zolari, jumladan, Xolon texnologik instituti professorlari qo`shma fakultet talabalari uchun bir qator ma`ruzalar o`qidilar.  

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari