Avstriyaning Zaltsburg universiteti doktori Dr. Sabine Hennig xonim Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari uchun ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib bordi

Evropa Ittifoqining Erasmus+ Key Action 1 dasturi doirasida 2017-2019 yillarga mo`ljallangan OTMlararo kelishuvga muvofiq 2018 yilning 3-noyabrdan 13-noyabrgacha Avstriyaning Zaltsburg universiteti Geoinformatika va GIS markazi (Geoinformatics _Z_GIS) kafedrasi doktori Dr. Sabine Hennig Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari uchun Introduction GIS and Story Maps mavzusida ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib bordi. Mashg`ulotlarda Geoinformatika va GIS dasturlari bilan ishlash masalalari atroflicha yoritildi va interfaol elektron ta`lim tizimi usullarida olib borildi.  Mashg`ulotlar yakunida talabalar olgan bilimlari asosida tayyorlagan loyixalari bo`yicha taqdimot o`tkazishdi va sertifikat bilan taqdirlandilar.


Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari