Innovatsion do`stona aloqalar


  Bugun Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga Fransiya hukumatidan delegatsiyalar tashrif buyurdi.   Ushbu uchrashuvda Fransiya elchisi Violaine de Villemeur ,   O`zbekistondagi Fransiya elchixonasining ta`lim yo`nalishi bo`yicha atashesi Sofi Jind,   Fransiyaning Tuluza shahri deputati Pier Kabare,   Madaniy va ma`rifiy ishlar bo`yicha Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Emili Dezormiyer,   universitet rektori Avazjon Marahimov hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Iroda Jo`raeva qatnashdilar.  

Ushbu uchrashuvdan maqsad Fransiya bilan O`zbekiston aloqalarini yanada mustahkamlash,   davlatlarimiz o`rtasidagi madaniy,   iqtisodiy,   eng asosiysi ta`lim yo`nalishidagi o`zaro hamjihatlikni hamda talabalar almashinuvini yo`lga qo`yishdagi masalalar haqida so`z bordi.  

O`zbekiston Respublikasi vakili sifatida O`zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov tadbirni ochdi.   Fransiya va O`zbekiston aloqalari O`zbekistonning birinchi prezidenti I.  A.  Karimov tashabbuslari bilan boshlanganini ta`kidlab o`tdilar.   Shu bilan bir qatorda,   muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O`zbekistonni rivojlantirishdagi reformalari,chet el davlatlari bilan aloqalari,   do`stona qo`shnichilik aloqalarini yo`lga qo`yayotganliklari haqida so`zlab o`tdi.  

Ikki davlat o`rtasidagi turistik aloqalarni yanada rivojlantirish,   o`zaro madaniy aloqalarni yuksaltirish uchun talabalar almashinuvini yo`lga qo`yish haqida o`z fikrlarini aytib o`tdi.   

Shu bilan bir qatorda,   O`zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov Yozgi maktablar ni ochishni taklif qildi.   Bunda Fransiya talabalari ushbu maktablarga kelib,   ham yozgi ta`tilni o`tkazadi,   ham bizning tarixiy obidalarimiz bilan tanishib,   ma`naviy ozuqa oladi.   

Bu taklifni Tuluza shahri deputati Pierre Kabare qo`llab-quvvatladi va mazkur proektni amalga oshirish mumkinligini aytib o`tdi.   Pier Kabare O`zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimovga Fransiya hukumati va frantsuz tilida o`tkazilayotgan islohotlarga tashakkur bildirdi.   

Deputat Tuluza shahrida joylashgan Tuluza universitetida ham aniq fanlar jadal rivojlanib borayotganini aytib o`tdi.   Tuluzada matematika,   biotexnika,   informatsion texnologiyalar rivojlanib borayotganligi haqida aytib o`tdi.   U O`zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda biotexnologiya kafedrasini ochish taklifini kiritdi va Tuluzada joylashgan Air Bus ofislarining O`zbekistonda ochishni rejalashtirayotganligini aytdi.  

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari