XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA


Joriy yilning 18 dekabr kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga Istanbul Texnika univeriteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Istanbul Texnika universiteti rektori Mehmet Karadja, O`quv ishlari bo`yicha prorektori Ali Faut Aydin va Turkiya elchixonasi mas`ul xodimlari ishtirok etdilar. Mazkur uchrashuvda O`zbekiston Milliy universiteti jamoasidan universitet o`quv ishlari bo`yicha prorektori Davlatyor Djumabaev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Abbosxon To`raev, Xalqaro ishlar bo`yicha prorektor Rasul Rahmonov va boshqalar qatnashdi.

 Mazkur tashrifdan ko`zlangan maqsad ikki universitet o`rtasida umumiy hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha shartnomalar imzolashdan iborat bo`lib, tomonlar turli yo`nalishlar bo`yicha hamkorlik qilish borasida muzokara olib bordilar. 
    Ta`kidlash joizki, rektor Mehmet Koradjaning e`tirof etishicha, Istanbul Texnika univeristeti dunyodagi birinchi muhandislar tayyorlaydigan universitet bo`lib. uning tarkibida 13 ta fakultet, fakultetlar ichida 39 ta bo`lim, 6 ta institut va 19 ta ilmiy tadqiqod instituti faoliyat olib boradi. Ularda 25 ta injenerlik yo`nalishi bo`lib, darslar jahon andozalari asosida 100% ingliz tilida olib boriladi. 

Uchrashuv doirasida universitetlar vakillari o`zlarining bugungi va kelajakdagi rejalari, inovatsion g`oyalar bilan ishlash printsiplari va ustuvor yo`nalishlari bo`yicha kelishib, o`zaro hamkorlikni amalga oshirish bo`yicha shartnoma imzolandi. 

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari