Kanada ilmiy muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari


Amerika qit`asidagi eng yirik mamlakatlardan biri Kanada taraqqiyot borasida jahonda salmoqli o`rin tutadi. 
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurgan Kanadaning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi delegatsiyasi bilan o`tkazilgan muloqotda o`zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida so`z yuritildi



O`zMU Xalqaro hamkorlik bo`yicha prorektori Rasul Rahmonov xorijlik mehmonlarga Milliy universitetimiz tarixi va bugungi faoliyati haqida qisqacha ma`lumot berdi. 



Kanadaning Rossiya Federatsiyasidagi muvaqqat ishlar vakili Annik Gule va Kanada elchixonasining tijorat va iqtisodiy masalalar bo`yicha maslaxatchisi Stefani Luizo kelgusida O`zMU bilan ko`pqirrali hamkorlikni yo`lga qo`yish borasidagi takliflarini bildirdi. Jumladan, O`zMU professor-o`qituvchilari va talabalari uchun ingliz tili kurslarini tashkil etish, ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish borasida amaliy hamkorlik qilish kabi qator masalalar yuzasidan fikrlashib olindi. 

Gulbahor OLIMOVA, 
Xalqaro hamkorlik bo`limi mutaxassisi 

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari