O`zMU Xalqaro loyihaning O`zbekistondagi koordinatori

4-6 mart kunlari O`zMU delegatsiyasi Berlin texnika universitetida bo`lib o`tgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida NICOPA Aniq qishloq xo`jaligida yangi va innovatsion kurslar loyihasi bo`yicha dastlabki uchrashuvda qatnashdi.



Loyihaning asosiy maqsadi OTMlarda qishloq xo`jaligini aniq va maqsadli tashkil etish bo`yicha tayyorlanayotgan kadrlar o`quv dasturlarini yangi va innovatsion kurslar bilan boyitish va modernizatsiya qilish, Evropa kredit tizimini joriy qilish va talabalarni Evropa OTMlarida akademik mobillik orqali o`zaro bilimlarini almashishga keng imkon yaratishdir.



Mazkur loyihada Evropaning Berlin texnika universiteti (Germaniya), Plovdiv nomidagi qishloq xo`jalik universiteti (Bolgariya), Chexiya qishloq xo`jaligi universiteti (Chexiya), Markaziy Osiyoning S.Seyfulin nomidagi Qozog`iston Agro texnika universiteti, S.Ualixanov nomidagi Kukshetau davlat universiteti, M.Kozibaev nomidagi Shimoliy Qozog`iston davlat universiteti, S.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo`jaligi universiteti, Turkman davlat arxitektura va qurilishi instituti, Turkman qishloq xo`jalik instituti, O`zbekistondan O`zMU, TATU, TIQXMI ishtirok etadi. O`zMU loyihaning O`zbekiston uchun umumiy koordinatori hisoblanadi. 



O`zMU delegatsiyasi uchrashuv doirasida Berlin TU va Engineering consulting and management for Space Technologies (ECM) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish bo`yicha muzokara olib bordi va yakunda shartnomalar imzolandi.



Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Nabijon Qosimov boshchiligidagi elchixona vakillari O`zbekiston va Germaniya OTMlari o`rtasidagi hamkorlikni yo`lga qo`yishda yaqindan amaliy yordam ko`rsatdi.

O`zMU matbuot xizmati

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari