O`zMUda Qozon Federal universitetining ofisi ochildi

Joriy yilning 27-30 sentyabr kunlari Qozon Federal universiteti (QFU) rektori professor Ilshat Rafkatovich Gafurovning Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga tashrifi bo`lib o`tmoqda.

Bugun, 28 sentyabr kuni universitet rahbariyati va Qozon federal universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbirda ikki OTM mas`ullari tomonidan o`z universitetlari haqida ma`lumot berildi.

O`zMUning AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Isroil kabi bir qator davlatlarning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygani ta`kidlandi.

O`z navbatida Qozon federal universiteti vakillari ham universitetning rivojlanish bosqichlari, fakultetlari, xalqaro hamkorligi, 2035 yilgacha mo`ljallangan strategik yo`li haqida batafsil ma`lumot berdi.

O`zMU va QFU o`rtasida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so`ng QFUning O`zbekiston Milliy universitetidagi ofisi tantanali ravishda ochildi.

Mazkur ofisda Rossiyada o`qishni istovchi yoshlarga maslahat va yo`llanmalar beriladi.
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari